3. Logistika konsepsiyasini tashkil etuvchi tamoyillar
Logistika - transport va mol, axborot oqimini yoʻlga qoyadigan, optimalshtiradigan va boshqaradigan soha. Demak,u axborot, materiallar va inson oqimlarini to'g'ri boshqarish,xarajatlarni minimallashtirish va materiallar va inson resurslarini etkazib berish muddatini optimallashtirishdir.
Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi: — integratsiyalashuvchi — tovar harakati jarayonini bir butun jarayon sifatida tashkil etadi; — tashkillashtiruvchi — tovar harakati qatnashchilarini o ‘zaro kelishilganligini ta’minlaydi; — boshqaruvchi — material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini belgilangan chegarada ushlab turadi.
Konsepsiya — bu yondashishlarning tizimi, hodisalarni, jarayonlarni u yoki bu tarzda tushunishdir. Moddiy oqimlarni boshqarishni ratsionallashtirish yo‘li bilan xo'jalik faoliyatini takommillashtmshga yondashuvlar tizimi logistikaning konsepsiyasini xarakterlaydi.
Bu konsepsiyaning tashkil etuvchiiari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — logistika masalalarini yechishda tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish; — iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish; — butun logistik zanjir davomida xarajatlami hisobga olish; — logistikaga korxonalaming raqobatbardoshligini oshimvchi omil sifatida yondashish.
Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish. Logistikada tizimli yondashish xo‘jalik yurituvehi subyektlami o‘zaro bogliq tizim ostilar kompleksi — ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish bo'linmalari sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi, ular tashqi muhitdan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlar asosida boshqariladi. Logistik tizimlarning faoliyati murakkab «asos — natija» aloqaiarining ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan munosobatlarida vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
Misol. Korxonaning boshqaruv bolimi shakarni qog‘oz paketlarga joylashtirish haqida qaror qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar harakati tizimi hosil boladi
Iqtisodiy kompromiss (kelishuv)lar asosida qarorlar qabul qilish —bu kelib tushishining hajm i, tezligi va unga ketadigan xarajatlardagi ko'rsatkichlarning o ‘zaro bog'liq holda ko'rib chiqilishi, xaridlar m iqdori haqida qarorlar esa buyurtmalarni bajarishga ketadigan xarajatlar va zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar hisobiga olingan holda qabul qilinishi zarurligini bildiradi.
Butun logistik zanjir davomida xarajatlar hisobi. Logistikaning asosiy maqsadlaridan biri — moddiy oqimning birlamchi xomashyodan to oxirgi iste’molchigacha yetkazib borishga ketadigan xarajatlarni boshqarishdir. Lekin tovar harakati jarayonida xarajatlarni boshqarish faqatgina to ‘liq hisobot amalga oshirilsagina mumkin bo'ladi, Logistik jarayonlar va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimi, logistik funksiyalami amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni ajratishi, eng muhim xarajatlar hamda ularning o'zaro ta’siri haqida m a’lumotlarni shakllanishhi zarur. Bu shart bajarilsa logistik tizim ning optim al shaklining asosiy mezonini ishlatish imkoniyati vujudga keladi butun logistik zanjir davomida eng kam xarajatlar yig'indisi hosil bo'ladi.
logistikaga korxonaning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifalida yondashish, Logistikaning raqobatbardoshlikning omili sifatida ko'rib chiqilishi shu sohada qabul qilinayotgan qarorlar, mahsulot sotishdan tushadigan fovdaga ko'rsatadigan ta ’siri nuqtayi nazaridan baholanishi zarurligini ko'zda tutadi. Shuning uchun logistikani korxona ishining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko rsatkichlar bilan bog'liqligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarini qidirish masalasi yuzaga keladi.