1. Logistikani boshqarishning mohiyati va vazifalari.
2. Logistik boshqaruvning vazifalari.
3. Boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmalari.
4. Korxonada logistika bo`limining vazifalari.
Logistikani boshqarishning mohiyati va vazifalari.
eng kam xarajatlar
raqobatbardosh xizmat
marketing va ta’minot xizmatlari,
Boshqaruv tizimining vazifasi - ziddiyatlarning bartaraf etilishini va tovarlar harakatiga sharoit yaratilishini ta’minlovchi qarorlami qabul qilishdadir.
Logistik boshqaruvning vazifalari.
Logistik boshqaruv vazifalari uch guruhga bo’linadi:
logistik jarayon ishtirokchilari faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish, olingan buyurtmalarni bajarish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tartibga solish va materiallar oqimi harakati ustidan nazorat qilish.
Rejalashtirish va muvofiqlashtirish
Rejalashtirish va muvofiqlashtirish vazifalarini tadbiq etish jarayonida materiallar oqimi harakati rejasi va jadvali tuziladi, bo‘limiar mahalliy rejalarini bir-biri bilan bog‘lash amalga oshiriladi, boshqaruvning maqsadi ishlab chiqiladi va ularga erishishning baholash mezoni shakllanadi, belgilangan rejalar va jadvallarni bajarish yuzasidan korxonaning barcha bo`limlari faoliyati muvofiqlashtiriladi.
Tartibga solish
Tartibga solish jarayonida materiallar oqimi harakati kuzatiladi, rejadan va jadvaldan og‘ishlar yuzaga kelgan hollarda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko`riladi, materiallar oqimi harakati uchun mas’ul bo‘lgan barcha bo‘limlar ishi bir-biri bilan bog‘lanadi, yuzaga keladigan tartibsizliklami bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Nazorat
Nazorat vazifalari tadbiq etilganda ishlab chiqarishning materiallar bilan ta ’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanilishiga baho beriladi, tovar harakati bilan bog‘liq xarajatlar tahlil etiladi, logistik boshqaruv samarasini oshirish yuzasidan qarorlar ishlab chiqilishi tashkil etiladi.
Boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmalari.
Korxonalarda materiallar oqimini boshqarish maxsus tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish va faoliyatini ta’minlash asosida amalga oshiriladi.
Marketing
marketing xizmati bozorni o‘rganadi hamda ehtiyoji katta bo‘lgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlami to ‘playdi;
Moddiy-texnik ta’minot
moddiy-texnik ta’minot xizmati material resurslarini sotib olishni tashkil etadi va ularning korxona ichidagi iste’molchilarga yetkazilishini ta’minlaydi;
iqtisodiy-rejalashtirish
korxonaning iqtisodiy-rejalashtirish bo`limi mahsulot ishlab chiqarish rejasini shakllantiradi;
Ishlab chiqarish
ishlab chiqarish bo‘limlari mahsulot ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshiradilar;
transport xizmati
korxonaning transport xizmati korxonada, korxona ichida va iste’molchilarga yetkazishda yuklar harakatini tashkil etadi;
ombor xo‘jaligi
ombor xo‘jaligi material resurslarining saqlanishini va ishlab chiqarishga berilishini ta’minlaydi.
sotish va moliya
sotish xizmati va moliya bo‘limi tashqaridagi iste’molchilarga mahsulot sotilishini tashkil etadi.
Korxonada logistika bo`limining vazifalari.
1) logistika tizimini shakllantirish va rivojlantirish — loyihalashtirish va korxonada logistik tizimni amalda tadbiq etish, mavjud tizimni vaqti-vaqti bilan qayta ko'rib chiqish hamda tashqi va ichki sharoitlarning o'zgarishiga qarab qayta tuzish;
2) firmani bozor sharoitiga mos ravishda savdo, investitsiya, kadrlar sohasida logistika strategiyasini rivojlantirish;
3) ma’muriv jihatdan boshqarish tizimi — bo`lim xodimlari korxonada bo`lib o`tayotgan barcha logistik jarayonlarga rahbarlik qiladilar hamda logistik jarayonlarni tadbiq etishda qatnashayotgan korxona bo`limlari faoliyatini muvofiqlashtiradilar.