Logika 1-masala - 1,4,7,10 va 13 sonlari ushbu kvadratchalar ichiga yozilsin. Natijada Gorizantal va Vertikal tomondagi sonlar yig’indisi teng bo’ldi. Bu yig’indining eng katta qiymatini toping?
2-masala - Rasmda to’rt va to’qqizta plitkadan iborat pol berilgan. 25 ta qora plitkadan iborat polda nechta oq plitka bo’ladi?
3-masala - Rasmni kvadratga to’ldirish uchun nechta plitka kerak bo’ladi?
4-masala - Rasmdagi shaklning perimetri 42 sm. Bu shakl 8 ta bir xil kvadratdan tashkil topgan. Ushbu shaklning yuzini toping.
5-masala - Johnning bog’ida 5 ta yaproqli lekin guli yo’q va 2 ta yaproqli gulli o’simliklar bor. O’simliklarda jami 6 ta gul va 32 ta yaproq bo’lsa Johnning bog’ida nechta o’simlik bor?
6-masala - 0,1,2,3,4,5 va 6 raqamlari kvadratchalarga yozildi. Natijada hisob to’g’ri bo’ldi. Qizil katak o’rnida qaysi raqam bor?
7-masala - 1,2,3,4 va 5 raqamlaridan to’rttasi bulutchalar ichiga yozildi. Yulduzcha turgan joyga qaysi raqam yozilgan?
1-MASALA - Kamilla va uning onasining yoshlari yig’indisi 36 ga teng. Onasi va Buvisining yoshlari yig’indisi 81 ga teng. Kamilla tug’ilganda Buvisi necha yoshda bo’lgan?
K+O=36 B+O=81 B-K=45 2-MASALA - Peter 5 kunga sayohatga chiqdi. U sayohatini dushanbadan jumagacha rejalashtirdi. Har kuni u oldingisidan 2 km ga ko’p yurdi. Hammasi bo’lib u 70 km yo’l yurgan bo’lsa, payshanbada nech km yo’l yurgan?
M x Tu x+2 W x+2+2 Th x +2+2+2 F x+2+2+2+2 5x+20=70 x=10 3-MASALA - Poyezdga 756 ta chiptaning hammasi sotildi. Yo‘lovchilarning 36 kishini tashkil etuvchi bir qismi 9 ta kupeli vagonda, qolganlari esa 8 ta platskart vagonda ketadigan bo‘ldi. Har bir vagonda nechta yo‘lovchi bor?
4-MASALA - Do‘konda bir kunda 24 kg olma murabbosi va 40 kg behi murabbosi sotildi. Agar bankalar bir xil bo‘lsa va behi murabbosi 8 banka ortiq sotilgani ma’lum bo‘lsa, har qaysi murabbodan necha bankadan sotilgan?
5-MASALA - Ota va ikki o‘g‘il 24 tup ko‘chat ekishdi. Ota ikki o‘g‘li qancha ko‘chat ekkan bo‘lsa, shuncha ko‘chat ekdi. O‘g‘illar esa o‘zaro teng sonda ko‘chat ekishdi. Har qaysi o‘g‘il nechtadan ko‘chat ekkan?
- Ota 2x
- Muhammadjon x
- Ibrohimjon x x=6
6-MASALA - MUHAMMADJON reja bo‘yicha 21 ish kunida jami 945 ta detal tayyorlashi kerak edi. Lekin u rejani muddatidan oldin 15 ish kunida bajardi. Ishchi har kuni rejadagidan nechta ortiq detal tayyorlagan?
7-MASALA - Ikki haydovchi yuk mashinalarida qum keltirishdi. Birinchisi 7 marta, ikkinchisi 4 marta qatnadi. Birinchi haydovchi 96 t ko‘p qum keltirdi. Har bir haydovchi qancha qum keltirgan?
- 12*0=00
- 12*1=12
- 12*2=24
- 12*3=36
- 12*4=48
Do'stlaringiz bilan baham: |