MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………….2
I BOB. LOGARIFMIK TENGSIZLIKLARNI O’QITISH METODLARI
1.1. Aqliy xujum metodi…………..………….……………………………….4
1.2. Analiz, sintez va ko’rgazmali metodlari....................................................8
II BOB. LOGARIFMIK TENGSIZLIKLAR VA TENGSIZLIKLAR SISTEMASINI YECHISH USULLARI
2.1. Logarifmik tengsizliklarni yechish usullari……………………………….15
2.2. Logarifmik tengsizliklar sistemasini yechish usullari…….………………18
XULOSA…………………………………………………………………………23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….25
K I R I SH
Metod so'zi grekcha so'z bo'lib, «yo'l ko'rsatish» demakdir. «Ta'lim metodi»
tushunchasi esa hozirgi zamon metodika va didaktika fanlaridagi asosiy tushunchalardan biridir, ammo bu tushuncha yaqin vaqtlarga qadar har xilmetodik adabiyotlarda turli mazmunda qo'llanib kelinar edi. XIX asrga qadar bo'lgan metodik adabiyotlarda «metod» tushunchasi matematika kursining asosiy mazmunini bayon qiluvchi mavzuning tavsifi sifatida ishlatiladi. Masalan, «Sonlarni o'rganish metodi», «Geometrik figuralarni o'rganish metodi» va hokazo.
Ma'lumki, matematika fanini o'rganadigan obyekti materiyadagi narsalarning
fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu shakllar orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida matematiklar izlanishning ilmiy metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar. Matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iboratdir. 1Tajriba va kuzatish. 2. Taqqoslash. 3. Analiz va sintez. 4. Umumlashtirish. 5. Abstraksiyalash. 6. Aniqlashtirish. 7. Klassifikatsiyalash.
Mаktаb mаtеmаtikа kursidа, shаrtli rаvishdа, tа’riflаnmаydigаn eng sоddа
tushunchаlаr qаbul qilinаdi. Jumlаdаn, аrifmеtikа kursidа sоn tushunchаsi vа qo‘shish аmаli, gеоmеtriya kursidа esа tеkislik, nuqtа, mаsоfа vа to‘g‘ri chiziq tushunchаlаri tа’riflаnmаydigаn tushunchаlаrdir. Bu tushunchаlаr yordаmidа bоshqа mаtеmаtik tushunchаlаr tа’riflаnаdi. Tа’rif dеgаn so‘zning mа’nоsi shundаn ibоrаtki, bundа qаrаlаyotgаn tushunchаlаrni bоshqаlаridаn fаrqlаshgа, fаngа kiritilgаn yangi tеrmin mаzmunini оydinlаshtirishgа imkоn bеruvchi mаntiqiy usul tushunilаdi. Tushunchаning tа’rifi tа’riflаnuvchi tushunchа bilаn tа’riflоvchi tushunchаlаr оrаsidаgi munоsаbаtdаn hоsil bo‘lаdi.
Kursishining maqsadi. Talabalarga logarifmik tengsizliklar mavzusini o’qitishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy tahlil etib xulosalash va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kursishining obyekti. Talabalarga logarifmik tengsizliklar mavzusini o’qitishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini tahlil etish jarayoni.
Kursishining predmeti. . Talabalarga logarifmik tengsizliklar mavzusini o’qitishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini shakllantirishning mazmuni, shakl, usul va vositalari.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 bolim, foydalanilgan adabiyotlar va xulosadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |