Гуруппъ: гурупповой режим(guruhli rejim) – siz uchta guruhli rejimlardan birini tanlashingiz mumkin:
Guruhlar yo’q – talabalar guruhlarga bo’linmaydi, ular bitta katta jamoa hisoblanadi.
Alohida guruhlar – har bir guruh talabasiga o’zining guruhi yagona hisoblanadi, ularga boshqa guruhlar ko’rinmaydi.
Ruxsat etilgan guruhlar – har bir guruh talabalari faqat o’zining guruhi chegarasida faoliyat yuritadi, ammo boshqa guruhlar ishini ko’rishi mumkin.
Har bir kursni yaratib, uni internet tarmog‘iga joylashtirganda, kursning qulayliklari haqida, kursda o‘rgatilayotgan mavzular haqida tashrif buyuruvchilar xabardor bo‘lgandan so‘nggina bu kursga a’zo bo‘lishadi. Shu sababli kursda mehmon sifatida ishtirok etish imkoniyatini berish kerak. Mehmon kursga kirishi, barcha bilimlar bilan tanishishi mumkin, ammo kursdagi savol- javoblarda ishtirok eta olmaydi. Mehmonning tashrif buyurishi uchun parol qo‘yiladi.
Kursni tashqi ko’rinishini yaratish uchun barcha bandlar qo‘yilgandan so‘ng, сохранить tugmasi bosiladi va quyidagi rasmdagi kurs oynasi ochiladi.
Bu yerda kursni tahrirlash, fan modullari va ma’ruza darslarini tashkillashtirish uchun avval oynaning yuqori qismida joylashgan Настройки belgisidan Режим редактирования bandini tanlaymiz bu bizga tahrirlashni imkonini beradi.
Bu imkonyatdan foydalanib kursimizni qismlarga ajratamiz.Agar yana qismlarga ajratish yoki ortiqchasini olib tashlash uchun tugmalaridan foydalanamiz va “ТЕМА” ustiga sichqoncha tugmasi bilan bir marta bosamiz va 1-Modul,2-Modul va shu tartibda qismlarga ajratilib chiqiladi.
Ma’ruza dars o’quvchilarga yangi mavzuni mustaqil o’rganishni va shu mavzularni o’zlashtirish imkonini beradi. Ma’ruza darslarini tayyorlashda avvalambor uning qanday ko’rinishda o’tish kerakligini aniqlovchi blok sxemani chizib olish kerak. Kursning ma’ruza qismi o’quv materialini bir necha qismga bo’lib o’tish va o’quvchining mavzularni o’zlashtirish darajasini nazorat savollari yordamida belgilab borish uchun ancha qulayliklarga ega. Mavzu bo’yicha beril-gan savollarga o’quvchi noto’g’ri javob bersa, u holda yana o’quv materialini qayta o’zlashtirish uchun yuboriladi.
“Multimedia tizimlari va texnalogiyalari” fani bo’yicha yaratgan kursimizga ma’ruzalar joylashtirishimiz uchun Добавить елемент или ресурс bandini tanlaymiz u yerdan Лекция ni belgilab Добавиь tugmasini bosamiz. 2.2.11.Chizma.
Bu yerda Название qismiga ma’ruza nomi yoziladi.Masalan:1-MA’RUZA.Описание bandiga esa birinchi ma’ruza qisqacha izoh yozish mumkin. Сахранить tugmasi bosiladi.
Ma’ruza darslarini tashkillashtirish uchun avval oynadan ma’ruza bandini ustiga kelib, sichqoncha tugmasi bilan bir marta bosiladi va taxrirlash oynasini ochib olinadi.
Bu oynadan добавит информатсионную странитсу/оглавление раздела bandi tanlanadi. Bu bizga ma’ruzaning rejasini va rejalar asosida yaratiladigan tugma uchun kerak bo‘ladi.Biz ma’ruzamizni rejalar asosida yaratamiz ya’ni ma’ruza tanlanganda rejalar ko’rinib turadi va bu yerdan istalgan rejaga o’tish mumkin bo’ladi.
Заголовок страницъ bandiga mavzu nomi yoziladi Содержание страницъ qismiga esa Reja deb yoziladi.2.12.Chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |