Lizing investitsiya jaryonini moliyaviy ta`minlashda istiqbolli yo`nalish hisoblanadi. Lizing korxonaga nisbatan kam mablag` bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin to`lash imkoniyatlarini yaratadi. O`zbekistonda birinchi Lizing kompaniyalari 1994 y.dan boshlab tashkil etila boshladi. 2003 y.da 6 ta Lizing kompaniyasi ishladi. O`zbekiston Respublikasida Lizing munosabatlari O`zbekiston Respublikasining 1999 y. 14 apr.da kabul qilingan "Lizing to`grisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. Lizing bo`yicha amaliy ishlarni olib boradigan "O`zbeklizing Interneyshnl" (1995), "O`zqishloqxo`jalikmashlizing" aksiyadorlik kompaniyalari respublikadagi yirik Lizing kompaniyalari hisoblanadi. Lizing ob'yekti sifatida quyidagilar bo`lishi mumkin:
mini zavodlar,
xom ashyo va materiallarni qayta ishlaydigan sexlar;
aholi iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish asbob-uskunalar;
qishloq xo`jlaik va qurilish texnikasi;
transport, aloqa vositalari;
boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari va mol-mulklar.
Lizing sharsnomasini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi: Bank tomonidan lizingga ariza qabul qilinishi va lizing oluvchi bilan muzokaralar olib borish; lizing oluvchining to'lov qobilyati va uning loyihasining samaradorligi tog“ risida xulosa chiqarish; lizing shartnomasini tayyorlash va tuzish; lizing beruvchi bank tomonidan uskunalar etkazib berilishi uchun sotuvchiga buyurtma-naryad jo'natish; lizing ob’ektini sotib olish-sotish to'g'risidagi shartnomani imzo lash; lizing uskunalarini foydalanishga qabul qilib olishni amalga oshirish; lizing oluvchi va sug'urta kompaniyasi o'rtasida lizing ob’ektini sug'urtalash to'g'risidagi shartnomani imzolashni talab qiladi.
Lizing bo'yicha mablag' oluvchilar banka to'lov qobilyati va o'z loyihasining samaradorligi tog'risidagi xulosa tayyorlanishi uchun bulg'usi lizing oluvchi va lizing obektini o'z egaligi va foydalanishiga olishni xoxlagan shaxslar quyidagilarni taqdim etishlari lozim: Oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi; o'z moliyaviy - ishlab chiqarish imkoniyatlarining tahlili; lizingning butun muddati uchun pulning kelib tushishi prognozi ko'rsatilgan biznes reja. Lizing shartnomasi tuzilganidan so'ng lizing beruvchi sotuvchiga uskunalami etkazib berishi uchun ishlaming bajarilishi shart-sharoitlarini belgilab beruvchi texnik topshiriqlar va boshqa hujjatlar ilova qilingan buyurtma naryadni jo'natadi. Lizing beruvchi va sotuvchi o'rtasida lizing ashyosini sotib olish -sotish shartnomasi tuziladi. Lizing ob’ekti sotuvchisiga to'lov lizing beruvchi tomonidan qonunchilikka binoan, sotib olish -sotish shartnomasiga muvofiq shakl va muddatlarda amalga oshiriladi.
Banklarda lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi Lizing bitimi lizing ob’ektini foydalanishga qabul qilish bayonnomasi imzolanib, mulkka egalik huquqi lizing beruvchiga o'tganidan so'ng amalgan oshirilgan hisoblanadi. Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi, kelishuvda qatnashayotgan barcha tomonlar: lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolanadi. Lizing shartnomasiga binoan, lizing oluvchi lizing ob’ektiga butun lizing muddati davomida egalik qilish va foydalanish huquqini oladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganidan so‘ng lizing ob’ekti, agar shartnomada boshqa narsaga kelishib olingan bo'lmasa, bankka bu mol-mulkning qoldig' qiymati to'langanidan so'ng lizing oluvchining mulkiga o'tadi.
Lizing to'lovlarining summasi amortizatsiya ajratmalari, lizing stavkasi (kredit foizi), komission to'lovlar va ko'rsatilgan qo'shimcha xizmatlar uchun haqdan tashkil topadi. Lizing to'lovi tarkibiga lizing shartnomasi shartlariga muvofiq lizing beruvchi tomonidan sug'urta obekti uchun to'langan sug'urta to'lovlari ham kiritilishi mumkin. Lizing stavkasi kredit uchun foiz to'lovi hisob-kitobi kabi aniqlanadi.
Lizing to'lovlari lizing oluvchi tomonidan jadval asosida to'lanadi. Jadval taraflar kelushivi bilan tuzilib, lizing shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Lizing to'lovi lizing pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilganda lizing oluvchi lizing to'lovini amortizatsiya ajratmalari, foizlar, komission va qo'shimcha to'lovlar alohida ajratib ko'rsatish bilan aniqlashtirib berilishi shart. Lizing to'lovi kelib tushgandan so'ng ajratib ko'rsatilgan alohida to'lovlar bo'yicha bank tomonidan tegishli buxgalteriya o'tkazmalari amalga oshiriladi: lizing uchun foizlar, komission va boshqa to'lovlar tijorat banklari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga muvofiq bank daromadiga yoziladi.
Lizing shartnomasi bo'yicha mol etkazib beruvchiga mablag'lami o'tkazganda:
Dt 15600- «Lizing (moliyaviy ijara) tegishli hisobvarag’,
Kt 20200- “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” — hisobvarag’i.
Lizing bo'yicha foiz stavkasi hisoblanganda esa:
Dt 16323- «Lizing bo'yicha hisoblangan foizlar (moliviy ijara) hisobvarag'i,
Kt 45100- «Lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlar» tegishli hisobvarag'i.
Agar, mijoz (lizing oluvchi)dan lizing to'lovi kelib tushganda,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 15600- «Lizing (moliyaviy ijara) tegishli hisobvaraqlari,
Kt 16323- «Lizing bo'yicha hisoblangan foizlar (moliviy ijara),
Kt 45100- «Lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlar» tegishli hisobvaraqlar.
Agar, lizing to'lovlari vaqtida to'lanmasa 45117- «Muddati o'tgan lizing bo'yicha foizli daromadlar» hisobvarag'iga o'tkazilidi va mablag' kelib tushishi natijasida undirilishi kutib turiladi.