Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana25.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#509804
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida (1)

Germaniyada 
lizing mol-mulkini soliqqa tortishda iqtisodiy yondashish 
belgilovchi omil hisoblanadi: 

agar mol-mulkdan me’yoriy foydalanish muddati ijaraning asosiy 
muddatidan ahamiyatli darajada yuqori bo’lsa va ijaraga oluvchi uni uzaytirish 
huquqiga va sotish paytida ijara to’lovidan yoki sotib olish bahosidan ahamiyatli 
darajada kam miqdorda faqat yig’im to’lashi kerak bo’lgan opsion huquqiga ega 
bo’lgan taqdirda, moliyaviy lizing holatida mol-mulk bo’yicha soliqlarni odatda 
ijaraga oluvchi to’laydi; 

ijaradan foydalanish muddati va ijara vaqti taxminan bir-biriga mos 
bo’lgan taqdirda ham ushbu qoida qo’llaniladi; 

ijaraga oluvchi tomonidan soliq to’lash majburiyati faqat ijaraga 
oluvchi, xo’jalik mulkdori sifatida soliq imtiyozlariga ega bo’lgan investitsiyalar 
bo’yicha huquqdan foydalanishi mumkinligini ifodalaydi; 


30 

mol-mulk bo’yicha soliqlarni to’lash har bir holatning vaziyatlarini 
hisobga olgan holda lizingga beruvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Lizing haqiqatda ham g’arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlarini 
rivojlantirish, xalqaro bozorda ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun 
samarali omil bo’lib qoldi. Shuning bilan bir qatorda, g’arb tadbirkorlik 
amaliyotida mustahkam o’rin egallagan har qanday iqtisodiy hodisa, xo’jalik 
tizimini qayta qurish munosabati bilan O’zbekistonda ham o’z o’rnini 
topmoqda. Biroq g’arb mamlakatlari uchun xos bo’lgan, mamlakatimiznikidan 
ahamiyatli darajada va tarixiy farqlanadigan, o’zbek zaminida qo’llanish uchun 
keltirilgan iqtisodiy hodisalar o’ziga xos bo’lgan shakllarga ega bo’lib qolishi 
tabiiydir. 30-40 yillar muqaddam g’arb iqtisodiyotchilarining mohiyati bo’yicha 
lizingga jonli qiziqishi bizning zamondoshlarimizning qiziqishidan ahamiyatli 
farqlanadi. 
Jahon xo’jaligida ilmiy-texnikaviy inqilobning yuz berishi, iqtisodiy 
faollikning keskin rivojlanishi, iqtisodiyotning investitsiyaga bo’lgan ehtiyojlari 
keng ko’lamda o’sishi, iqtisodiyotni faqat an’anaviy yo’llar bilan 
moliyalashtirish va ishlab chiqarishni qayta texnikaviy qurollash hisobiga 
qondirib bo’lmaydigan xolisona vujudga kelgan iqtisodiy o’sishning ahamiyatli 
sur’atlari haqiqatdan ham o’z vaqtida g’arb davlatlarida lizing rivojlanishida 
navbatdagi, alohida turtkini olgan. O’sha vaqtdagi yanada ham 
keskinlashayotgan raqobatda lizing bitimlari ishlab chiqaruvchilar uchun 
iste’molchilar doirasini kengaytirish va yangi mol yetkazib berish bozorlarini 
o’zlashtirishda qo’shimcha eng dolzard manbalardan biri bo’lib qoldi. 
Xo’sh, mamlkatimizda lizing sohasidagi rivojlanish qanday kechmoqda? 
Albatta, Hozirgi paytda mamlakatimizda lizing sohasida o’sib borayotgan 
faollikni kuzatmoqdamiz, bu asosan iqtisodiy vaziyat holatidan kelib 
chiqmoqda. Bizningcha, lizingni rivojlantirish uchun quyidagi asosiy shart-
sharoitlarni keltirish mumkin: 


31 

ma’naviy eskirgan va jismoniy ishlab bo’lgan uskunalarning yetarli 
darajada ko’p miqdorda mavjudligi; 

ishlab chiqarish vositalari bilan savdo-sotiq zaif tashkil etilgan 
sharoitlarda sotilmayotgan tovar-moddiy boyliklar zaxiralarining mavjudligi; 

ishlab chiqarish va rentabellik uskunalarning qimmatligi oqibatida 
oddiy bank kreditidan foydalanilgan holda kichik va o’rta firmalar o’zlarining 
ishlab chiqarishini tashkil eta olmasligi; 

ko’p yillardan beri ish kuchi va xom ashyoning nisbatan kam 
baholanishi, shuningdek turli tovarlar eksport qilinishi. 
Lizing kompaniyalari tomonidan ushbu vaziyatlarni hisobga olish va 
amalga oshirish borasida ish olib borishi bizning lizing kompaniyalarimiz 
o’zlarining rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’tarilishiga imkon beradi deb 
hisoblaymiz. Bozorda yangi o’rinlarini topib va ularni to’ldirib, lizing firmalari 
bo’lg’usi va amaldagi tovar ishlab chiqaruvchilarga respublikaning umumiy 
ichki yalpi mahsulotining hajmiga o’z hissasini qo’shishda yordam beradi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish