Kurs ishining dolzarbligi: Ushbu kurs ishida arab mamlakatlari, shu jumladan Livan adabiyotining paydo bo`lishi, XIX asr boshlaridan XX asr oxirigacha bo`lgan davr tarixini qamrab oladi. Mazkur davlatdagi adabiy hayot ijtimoiy jarayon bilan talqin etilib, bu murakkab jarayoni va Botrus Bo`stoniy boshchiligidagi marifatchilik va uning ijodiyoti, asarlari haqida fikr yuritilgan.
Kurs ishining maqsadi: kurs ishi arab tili va adabiyotini o‘rganayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademik litseylar o‘quvchilari va yangi davr arab adabiyoti bilan qiziquvchi kitobxonlarga Yevropa mamlakatlari adabiyoti ta’sirida vujudga kelgan adabiy jarayonning shakllanishi, mahalliy an’analarning adabiy jarayondagi o‘rni, voqelikning badiiy in’ikosi usullari, ijodiy metodlar, badiiy adabiyotdagi inson konsepsiyasi va shu kabi masalalar borasida ko`proq ma’limot berish. Livanlik mashhur ijodkorlar, shu jumladan, Botrus Bo`stoniy ijodini kengroq o`rganishga qaratilgan.
Kurs ishing o`rganilishi: Yangi arab adabiyotining o‘rganilishiga I. Yu. Krachkovskiy, A. Ye. Krimskiy, K. V. Ode-Vasilyev, A. Sultonov, A. A. Dolinina, V. Borisov, N. K. Usmonov, A. B. Xolidov, V. N. Kirpichenko, S. V. Projogina va boshqa olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Arab tadqiqodchilaridan Mahmud Amin al-Alim, Abbos Mahmud al-Akkad, Muhammad Mandur, Jamil Salib, Mustafo Shokir, Husayn Muravvalarni ko‘rsatib o‘tish lozim. Ayniqsa, akademik I. Yu. Krachkovskiy asarlarini alohida e’tirof etish kerak.
Kurs ishining hajmi: 1 Bob, 4 ta qism, xulosadan tashkil topgan. 15 bet.
ASOSIY QISM. LIVANLIK MA’RIFATPARVAR: BOTRUS BO`STONIY IJODIY FAOLIYATI
Arab adabiyoti yangi davr bo`sag`asida
Yevropa ta’siri, iqtisodiy rivojlanish yo‘liga kirish bu davrning eng muhim xususiyatidir. Bu jarayon, o‘z navbatida, sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi, ozodlik harakatlarining o‘sishi, ma’naviy hayotdagi ma’lum siljishlar bilan bog‘liq edi. Arablar bu davrni «An-Nahda» («Uyg‘onish») deb ataydilar.
Arab «Uyg‘onish»i Yevropa Renessansining sinonimi emas. Bu o‘rinda so‘z, avvalo, arablarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalaridagi shon-shuhrati va qudratini tiklash haqida ketayapti. «An-Nahda» mafkurachilari uyg‘onishning asosiy yo‘li xalqning asriy qoloqligini yengib o‘tish, ma’rifatni keng targ‘ib etish, diniy ixtilof va bid’atlarni yo‘qotish, shuningdek, iqtisodiy islohatlarda deb bildilar.
Ammo bu jarayonning boshqa tomoni — Yevropa sivilizatsiyasi, fani, adabiyoti yutuqlarini o‘zlashtirish masalasi ham bor edi. Arab ma’rifatparvarlik tafakkuri asosi bo‘lgan madaniy an’analar sintezi ana shu tarzda yuzaga kelgan edi.
Fanda qabul qilingan an’analarga binoan «Renessans» atamasi Mumtoz o‘tmish davrini qayta tiklash ma’nosini anglatadi. Bu istiloh mana shu ma’noda Italiyada 14-15 asrlarda paydo bo‘lgan. Keyingi davrlarda bu atama nafaqat qadimgi yunon madaniyatining qayta tiklanishini, balki ayrim sharq mamlakatlarida yoki umuman Sharqda qadimgi madaniyatni qayta tiklash ma’nosida tobora ko‘proq ishlatilmoqda. Ba’zi hollarda «uyg‘onish» atamasi umumiy ravishda madaniy ko‘tarilish ma’nosida va nihoyat, maxsus ma’noda o‘rta asrlar va yangi davrni o‘zaro bog‘lab turadigan zamon madaniyati atamasi sifatida qo‘llanmoqda.
“Musulmon modernizmi” nomi bilan mashhur bo‘lgan diniy oqim arab mamlakatlari ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynadi. Islomda XIX asr tarixiy taraqqiyoti yuzaga keltirgan tub o‘zgarish yetilib kelayotgan edi.
O‘rta asrlarda shakllangan ortodoksal musulmon huquqiy maktablari allaqachonlar eskirib bo‘lgan, XIX asr ehtiyojlari va intilishlariga mos kelmas edi.
Modernistlar islom barcha xalqlar, davrlar va madaniy sharoitlarga mos keladigan dunyo dini, u zamonaviy madaniyatga zid bo‘ladigan qusurlardan xoli, degan aqidaga suyanar edilar. Ular Qur’ondan ijtimoiy taraqqiyot uchun asos bo‘ladigan o‘rinlarni topdilar.
Islomdagi yangilanish adabiyotda ham o‘z aksini topdi. Yangi ta’limotga suyangan publisistlar arablarga tarixiy xizmatlarini eslatgan holda, ijtimoiy o‘zgarishlar, siyosiy ozodlik uchun kurashdilar. Bu g‘oyalar nasr va dramaturgiyada tarixiy roman, tarixiy tragediya janrlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, she’riyatda ham tarixiy va vatanparvarlik mavzulari kuylandi, shoirlar arablar va islomning o‘tmishdagi shuhratini madh etdilar.
Livanda marifatchilikning boshlanishi
XIX asr o‘rtalarida Livan ham Misr singari yangi adabiyotning vujudga kelish markaziga aylandi. XIX asrning 40-60 yillarida Livanda feodalizm negizlari kurashi tezlashdi, shahar va qishloqda kapitalistik munosabatlar shiddat bilan o‘sdi, ingliz va fransuz mustamlakachilarining siyosiy va iqtisodiy jihatdan mamlakatga kirib kelishi kuchaydi.
Livan ma’rifatparvarligi boshida ikki shaxs: Nasif al-Yazijiy (1800-1871) va Butrus al-Bo‘stoniy (1819-1883) turgan edilar. Nasif al-Yazijiyning kitobga mehri barvaqt uyg‘ondi.
O‘smirlik chog‘idayoq u Qur’onni, al-Mutanabbiy devonini yod bilardi. Nasif al-Yazijiy Bayrutda yozuvchilik va muallimlik faoliyati bilan shug‘ullandi, grammatika, poetika, mantiq bo‘yicha kator darsliklar yaratdi. Shoir sifatida u al-Mutanabbiy ta’sirida bo‘ldi, umr bo‘yi uning asarlarini sharhlash uchun material yig‘di.
Sharqda va Yevropada al-Yazijiy «maqoma» adabiy janrining so‘nggi yirik vakili sifatida shuhrat qozondi. U hozir ham mashhur bo‘lgan «Majma ul-bahrayn» («Ikki dengiz qo‘shilishi») maqomalar to‘plamining muallifidir. Bu to‘plam filologik jihatdangina emas, etnografik materialga boyligi bilan ham diqqatni jalb qilgan edi. Konservativ dunyoqarash egasi bo‘lganiga qaramay (unga Yevropa ta’siri begona edi) al-Yazijiy yangi arab adabiyotining yuzaga kelishiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. O‘z she’rlari va maqomalari bilan ko‘hna «al-arabiyya la tatanasar» («arab tilini nasroniylashtirish mumkin emas») tamoyili eskirganini anglatdi. Uningcha har bir arab 7 tilida so‘zlashuvchi nasoro (masihiy), arab millati vakili sifatida o‘z vatanining yangilatishda ishtirok etishi lozim. Butrus al-Bo‘stoniy xam Livanda tug‘ildi, Amerika maktabida tahsil oldi. 1863 yilda u Bayrutda milliy maktab («al-madrasa al-vataniya») ochdi. Bu maktabning maqsadi ta’limni din va chet el ta’siridan xalos qilish edi. Garchi milliy maktab uzoq yashamagan bo‘lsa ham (u 1876 yilda yopilgan) bu o‘quv maskani arab madaniyatining ko‘pgina arboblarini tarbiyalab yetishtirdi. Gomer «Iliada»sining arabcha tarjimasi muallifi Sulaymon al-Bo‘stoniy, arab tilining izohli lug‘ati «Muhit al-muhit» («Okean okeani»), yevropacha andoza bilan tuzilgan, barcha fanlar bo‘yicha materiallarni qamrab olgan ko‘p jildlik arab qomusi «Doirat al-maorif» («Bilimlar doirasi») muallifi al-Bo‘stoniylar shular jumlasidandir. 1870 yildan boshlab Butrus al- Bo‘stoniy Bayrutda ilm-fanni targ‘ib etuvchi, badiiy adabiyot masalalariga ko‘p o‘rin ajratgan «al-Janna» («Jannat») gazetasini, «al-Jinon» («Jannatlar») jurnalini nashr eta boshladi.
Livan adabiyoti hozirgi zamon arab adabiyotining ajralmas qismidir. O‘z geografik holatiga ko‘ra Livan bir tomondan dengiz orqali G‘arb bilan aloqada bo‘lsa, ikkinchi tomondan sahro yo‘lidan Sharq xalqlari bilan bog‘liq. Shu bois Livan madaniyatida ikki unsur sharqona va g‘arbona xususiyatlar uyg‘unlashgan.
Livan Birinchi jahon urushiga qadar Turk sultonligi tarkibiga kirar edi, Livan va Suriya xalqlari turk istibdodidan qutulish, o‘z istiqlolini qo‘lga kiritish uchun birgalikda kurash olib bordilar. Ularni ko‘pdan beri Yaqin Sharq xalqlarini bo‘ysindirish, qul qilishga intilib kelayotgan mustamlakachilikka qarshi kurash birlashtirib turar edi.
Turk sultonligining asriy zulmi, undan keyin mustamlakachiliklarning surbetlarcha xo‘jayinchilik qilishi, ular tomonidan xalqning tahqirli qashshoqlikka mahkum etilishi bir zamonlar yuksak va mashhur bo‘lgan Livan va Suriya arablari madaniyatini tushkunlikka olib keldi.
Mustamlakachilar ko‘p yillar davomida Livan madaniyatini boshqa arab mamlakatlaridan chegaralab turishga harakat qildilar va ma’lum darajada bunga erishdilar ham. Usmonli saltanati qulagandan so‘ng Livan va boshqa arab xalqlari madaniyati orasidagi uzilish tobora ko‘proq sezila boshladi.
XIX asrda Nasif al-Yazijiy, Butrus al-Bo‘stoniy, Adib Ishoq va boshqalar kabi livanlik yozuvchilar asos solgan madaniyat arboblari orasidagi ma’naviy yaqinlik deyarli butunlay yo‘qqa chiqdi. Shunga qaramay, Livanda fransuzlar, Iroq, Falastin va boshqa arab mamlakatlariga inglizlar arab xalqlari orasidagi tarixan shakllanib kelgan aloqalarni butunlay uzib tashlay olmadilar. Bunday og‘ir sharoitda Livan adiblari orasida, ayniqsa, o‘z milliy madaniyatiga bo‘lgan qiziqish kuchaydi, uni hozirgi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, asrlar davomida yaratilgan eng yaxshi jihatlarini saqlab qolish va rivojlantirish istagi paydo bo‘ldi.
XIX asr Livan adabiyotining asosiy mavzusi milliy masala bo‘lib, ozodlik harakati unda deyarli o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa, XX asrning boshlariga kelib, ayniqsa, Birinchi jahon urushidan keyin ahvol butunlay o‘zgardi. Bu davrda adabiyot mustaqillik uchun olib borilgan kurashga tobora ko‘proq murojaat qila boshladi. Shu bilan birga milliy masala talqini ham borgan sari haqiqatga yaqinroq bo‘la bordi.
Arab xalqlari, adiblari shuni tushunib yetdilarki, millat xorijiy xo‘jayinlar hukmidan ozod bo‘lib, o‘z moddiy, ma’naviy manfaatlarini himoya qilish yo‘liga qadam qo‘ygandagina qaddini rostlab olishi mumkin. Bu vazifa, birinchi navbatda, adabiyot ijodkorlari zimmasiga tushadi.
Nashriyot ishlari boshqa arab mamlakatlariga nisbatan Livanda yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan. «As-Saqafa al-Vataniya», «at-Tariq» ijtimoiy-adabiy jurnallari katta tirajda chop etiladi. Bu jurnallar sahifalari orqali yosh adiblar o‘z iqtidorini sinab ko‘rib, adabiyot shoh ko‘chasiga qadam qo‘yadilar.
Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda arab mamlakatlarida g‘oyaviy-siyosiy kurash avj pallasiga qadam qo‘ydi. Bu davrda, ayniqsa, arablar birligi g‘oyasi hammaning diqqatini o‘ziga jalb etdi, adabiyotga yangi, ilg‘or kuch kelib qo‘shildi, eskilik va yangilik orasida kurash avj oldi, yozuvchining jamiyatdagi roli haqida bahs yuritildi, «progressiv realizm» va «sof san’at» tarafdorlari orasida keskin kurash boshlandi, milliy-ozodlik g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan publisistik va badiiy asarlar yaratildi, xalq demokratik yo‘nalishidagi adabiyot shakllana boshladi.
Botrus Bo`stoniy hayoti va ijodi
19-asr arab maʼrifatparvarlarining yirik namoyandalaridan biri, adib, pedagog va mutafakkir. Suriyadagi dastlabki maʼrifatparvarlik jamiyati ("Suriya fan va sanʼatni oʻrganish jamiyati", 1847-yil tashkil etilgan) asoschisi. 1863-yilda Livanda arab tilida Yevropa usulidagi birinchi milliy maktab ("alMadrasa alvataniya") ochdi va unda dars berdi. 60—70-yillarda turli nomlarda gaz. va jur.lar chiqargan. Qomusiy asar — "Doirat almaorif" ("Bilim doirasi") kitobini tayyorlagan. Asarning 6 jildi uning rahbarligida, qolganlari Botrus vafotidan soʻng shogirdlari tomonidan nashr etilgan. B. 1867—70 yil larda ikki jildli arab tili izohli lugʻati "Muhit almuhit" ("Okeanlar okeani") ni nashr etdi. B. oʻz ilmiy adabiy faoliyati bilan 19-asr arab madaniyati va adabiyotining rivojlanishida jiddiy rol oʻynagan va boy meros qoldirgan.
“Muhid al-muhid” asari haqida
Bo`stoniyni ko`pchilik Suriyalik deb o`ylaydi . Bunga birinchi navbatda u hayoti davomida guvoh bo'lgan arab-Suriya jamiyatidagi mazhablararo to'qnashuvlar sabab bo'lgan. Unga chuqur ta'sir qilgan muhim voqealardan biri 1860 yildagi Livan tog'ida va Damashqdagi fuqarolar urushi edi. Al-Bustoniy oʻz qarashlariga erishish uchun arab tili va madaniyatini qayta tiklashga chaqirdi, chunki Bou Ali taʼkidlaganidek, “til millatning koʻzgusidir” va “XIX asrda til va til falsafasi boʻyicha munozaralar avj oldi. Bou Alining soʻzlariga koʻra, al-Bustoniyning “Muhit al-Muhit” lugʻati tilni oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun osonlik bilan o`rganish maqsadida tuzilgan va nashr etilgan boʻlib, ular oʻz maqsadlariga tezroq erishish uchun undan foydalanishlari mumkin”.
Bu maqola Muhit al-Muhitning zamonaviy arab lug‘atshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasiga qaratilgan. Unda al-Bustoniy ijodi nafaqat proto-milliy loyihaning bir qismi sifatida, balki umuman zamonaviy arab lug‘aviy tafakkuri, xususan, al-Bustoniy qarashlari taraqqiyotidagi hal qiluvchi bo‘g‘in sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Muxit al-Muhit klassik arab tilini arab millati ehtiyojlariga moslashtirilgan “jonli” tilga aylantirishda muhim pedagogik bosqich bo‘ldi. Bu mumtoz arab lug‘aviy merosidan zamonaviy qo‘llanishga o‘tishdagi muhim harakatlardan biri bo‘ldi.
al-Bustoniyning lug‘aviy va grammatik hissasiga bag‘ishlangan yaqinda e’lon qilingan maqolalarida, u grammatik jihatdan konservativ bo‘lsa-da, lug‘at jihatidan novator ekanligini ko‘rsatgan edik. U o‘z ensiklopediyasida mumtoz arabcha so‘zlarni qayta ta’riflab, zamonaviy leksik birikmalarni kiritganini ko‘rsatiladi. U buni tarixiy, psixologik, sotsiologik, ilmiy va diniy tushuntirishlar orqali ularning ma'nosini kengaytirish orqali amalga oshirdi. Ushbu leksik yutuq tayyorgarlik bosqichini talab qilgan bo'lishi mumkin. Ushbu lug'atni sinchiklab o'rganish shuni ko'rsatadiki, u ikkita asosiy farq bilan Lison al-'Arab kabi klassik lug'atlarga taqlid qiluvchi klassik lug'at bo'lib qolmoqda. Birinchisi, mumtoz arab lug'atiga xos bo'lgan tipik xususiyatlarni, masalan, Qur'on oyatlari va she'riy misralarni misol qilib keltirish kabilarni yo'qotish yoki qisqartirishdir. Ikkinchisi qisqacha zamonaviy maʼnolarni oʻz ichiga oladi.
Al-Bustoniy kirishni Qur'onga ta'rif berishdan boshlaydi va musulmonlar uchun kitob osmondan Payg'ambarga yuborilganligini yozadi. Ibn Manzurga o'xshab,al-Bustoniy kirishning qolgan qismini etimologiyaga bag'ishlaydi. Qur'on so'zining kelib chiqishi bo'yicha ixtilof borligini aytadi:
(a) Bu kalom Allohga "Xudoning qilichlari" ga ishora qiluvchi o'ziga xos ismdir. Qolaversa, bu so‘zda hamzain yo‘q, shuning uchun bu ot qrʾ(qrạ̱ạ̱̱t) o‘zasidan olingan emas.
(b)U qārana“u bog‘ladi, qo‘shdi, bog‘ladi” fe’lidan olingan, chunki suralar va oyatlar birikkan. .
(c) u qaraʾīn“bog'lanishlar” (qarina ko'p.) so'zidan olingan.
(d)Yuqoridagi uchtasida ham nun (Qur'on so'zidagi) harfi o'zaga mansub.
Biroq, o'zagi ahamzani o'z ichiga olishi ham mumkin, shundayki Qur'on so'zi arabcha kelib chiqishi bo'lib, qaraʾa “o'qidi” fe'lidan olingan og'zaki otdir. Shunday qilib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning samoviy kitoblari Qur'on deb nomlanadi, chunki u o'qilishi mumkin.
(e) Ba'zilar bu so'z "yig'ish" degan ma'noni anglatuvchi qar' so'zidan olingan fu'lon qolipiga asoslangan sifat, deyishadi.
(Muhid al- muhid kitobidan)
Xulosa
Bu talqinlarning barchasini klassik lug'atlarda topish mumkin va aslida al-Bustoniy hammasini takrorlaydi. Garchi Qur'onga kirishda al-Bustoniy nima uchun mumtoz ma'noni saqlab qolgani tushunarli bo'lsa-da, hatto zamonaviy nahdis kursi uchun muhim bo'lgan keyingi "qavmand vatan" yozuvlarida ham al-Bustoniy faqat ularning klassik ma'nolarini sanab o'tgani ajablanarli. -Muhit ko'p jihatdan "Lison al-'Arab"da topilgan ta'rifga asoslanadi.
Al-Bustoniy hal qilmoqchi bo'lgan muammolardan biri arab tilini odamlarga yanada qulayroq qilish edi. Muhit al-Muhit o'quvchilarning yozma tilga kirishini osonlashtirishga qaratilgan birinchi urinish bo'ldi (bu vaqtda asosan yangi paydo bo'lgan burjua o'rta sinfiga). Va arab tilini modernizatsiya qilish haqidagi qarashlarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan. Bu asar mumtoz arab lug‘atlari kishanidan xalos bo‘ldi va Muhit al-Muhit boshqalardan farqli o‘laroq, zamonaviyroq edi.
Klassik tildan zamonaviy ko'rinishga o'tishga asosan mumtoz tilga asoslangan Muhit al-Muhitsiz erishib bo'lmaydi. Ushbu lug'at uchta asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi, bu esa ushbu transformatsiyani amalga oshirdi va klassik tilga rivojlanish uchun moslashuvchanlikni berdi. Al-Bustoniy mumtoz maʼnolarni hali ham tilda qoʻllanilganligi uchun butunlay yoʻq qila olmasligini tushungan va arab sifatida ularni oʻz madaniyatining ildizi, deb hisoblagan. Biroq, u Qur'on va she'riy oyatlar kabi ba'zi xususiyatlarni qisqartirgan. Shuningdek, u arab kitobxonlari orasida singib ketadigan ba'zi zamonaviy ma'nolarni kiritish kerakligini tushundi va ularni o'zining zamonaviy ensiklopediyasini o'zlashtirishga tayyorlaydi. Muhit al- muhid bugungi kunda al-maʼaniy kabi har qanday onlayn lugʻatdagi yozuvlar Qurʼon yoki sheʼriy oyatlar, lugʻatshunoslarning ismlari yoki morfologik tahlillarisiz ham klassik, ham zamonaviy maʼnolarni oʻz ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Адам Мец. Мусульманский ренессанс. Перевод с немецкого. Предисловие, библиография и указатель Д.Е. Бертельса. – Москва: Наука, 1966.
Ал-Джахиз. Книга о скупых. Перевод с арабского, предисловие и примечания Х.К. Баранова. – Москва, 1965.
Ал-Фахури Х. История арабской литературы. - Т. 1-2. 1959, 1961.
Баранов Х.К. Арабско-русский словарь. – Москва: Русский язык, 1977.
Беляев Е.А. Арабы, ислам и арабский халифат в раннее средневековья. – Москва, 1960.
Гибб Х.А.Р. Арабская литература перевод с английского А.Б. Халидова. – Москва: 1960.
Гиргас В. Словарь к арабской хрестоматии и Корану. – Казан: Типография императорского университета, 1881.
Грюнебаум Г.Е. Основные черты арабо-мусульманской культуры. Статьи разных материалов. – Москва, 1961.
Иброҳимов Н.И. Арабский народный роман. – Москва: Наука, 1984.
Каххаров. А.С. “Масал” в книге “Китаб ал-Хаяван” ал-Джахиза. Автореферат. – Тошкент, 1993.
Крачковский И.Ю. “Реторика” Кудами ибн Джаъфара. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 373-387.
Крачковский И.Ю. Ал-Мутанабби и Абу-л-Ала. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 63-114.
Крачковский И.Ю. Арабская поэзия в Испании. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 470-525.
Крачковский И.Ю. Арабская поэзия. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 246-265.
Крачковский И.Ю. Арабская поэтика в IХ в. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 360-372.
Крачковский И.Ю. Аш-Шанфара, Песни пустыни. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 238-245.
Крачковский И.Ю. Китаб ал-бадеъ. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1960.
Крачковский И.Ю. Поэзия по определению арабских критиков. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 52-62.
Крачковский И.Ю. Поэтическое творчество Абул-Атахии. изб.соч. - Москва-Ленинград, 1956. - Т.2 с. 15-51.
Do'stlaringiz bilan baham: |