Livan davlati



Download 0,64 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#896847
Bog'liq
LIVAN DAVLATI ABDD

LIVAN DAVLATI

Tayyorladi Abdujalilova Diyora

  • LivanLivan Respublikasi (arabcha: الجمهورية اللبنانية, Al-Jumhuriya al-Lubnoniya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Maydoni 10,45 ming km². Aholisi 3,6 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bayrut shahri. Livan maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan.

Livan, Livan Respublikasi (arabcha: الجمهورية اللبنانية, Al-Jumhuriya al-Lubnoniya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Maydoni 10,45 ming km². Aholisi 3,6 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bayrut shahri. Livan maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan.
Davlat tuzumi
Livan — parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926-yil 23-mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1998-yildan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi.
Tabiati
Qirgʻoqlarining kupi past. Sohili tekislik. Sharqida Livan tizmasi mamlakatning katta qismini egallagan (balandligi 3088 m gacha). Togʻlar, asosan, ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tuzilgan. Temir rudasi va qoʻngʻir koʻmir konlari bor.
Iklimi subtropik, yozi quruq, qishi sernam. Sohilida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin sohilda 750–1000 mm, togʻlarda 1000 mm dan koʻp. Daryolari qisqa, yozda koʻpincha qurib qoladi. Yirik daryosi AlLitoni. Sohilida qoʻngʻir tuproq, togʻ yon bagʻirlarida boʻz-qoʻngʻir, yuqorirogʻida qoʻngʻir toshloq tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarining aksari butalar. Livan tizmasining yon bagʻirlarida eman, chinor, zarang, halab qaragʻayi oʻrmonlari bor. Hayvonlardan sirtlon, chiyaboʻri, gʻizol, har xil ke-miruvchilar va parrandalar yashaydi.
Aholisi
Aholisining 90% dan ortigʻi arablar, shuningdek, armanlar, kurdlar, cherkaslar, turklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Aholining 60% musulmon (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlar (moruniy, pravoslav, katolik). Aholining 83,7% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: BayrutTarobulus ash-ShomSaydo va Zahla.
Tarixi
Livan hududida odam quyi va yuqorii paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl (Jubayl), Tir (Sur), Sidon (Saydo), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan avvalgi 8—4-asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi 2-asrdan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy 4—6-asrlarda Livan Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-asr boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-asrlarda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.
Transporti
Avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. —7,4 ming km; temir yoʻl uz. — 417 km. Livan hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo, Juniya. Bayrutda aeroport bor.
Meʼmorligi[ Livanda miloddan avvalgi 5—4-ming-yilliklarga mansub toshdan qurilgan mudofaa inshootlari, turar joylarning qoldiqlari topilgan. Mamlakatga arablar kelgach (7-asr), masjid, minora, Madrasa, karvonsaroylar kurila boshladi. 12-asrda salibchilar tomonidan Bofor qasri, monastirlar, cherkovlar bunyod etilgan. Usmonli turk saltanati hukmronligi davrida toʻrk meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Livan mustaqillikka erishgach, shaharlar taʼmirlanib, koʻp qavatli turar joylar, kinoteatr, maktab, klinikalar qurildi. Mahalliy anʼanalar davom ettirildi, ravoqli, peshtoqli yirik bynolar qurishda koʻproq temirbetondan foydalanila boshladi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish