Lisoniy imkoniyat va nutqiy vaziyat


O‘zbek tili lisoniy imkoniyatlarining nutqiy vaziyat



Download 71,42 Kb.
bet2/13
Sana30.12.2021
Hajmi71,42 Kb.
#194666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
toza variyant

O‘zbek tili lisoniy imkoniyatlarining nutqiy vaziyat.

Davr o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy umumiyliklarning nutqiy vazuyatni tekshirishga, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qo‘llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishishni talab qilmoqda. Bu yangi asr tilshunosligi zimmasiga yuklatilayotgan ijtimoiy buyurtmadir. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch” asarida alohida ta’kidlaganlaridek, “ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.”4 Bu esa lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqelanishi, undan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek amaliy tilshunosligining sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, lingvokognitologiya, lingvokulturologiya, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi zamonaviy fan yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, XXI asr axborot texnologiyalari va globallashuv asri ekan, o‘zbek tilining global til korpuslariga qo‘shiluvini ta’minlash ham tarixiy zarurat sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda taraqqiyot o‘zbek tilshunosligi fanidan aniqlangan lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini tekshirishga, ona tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligini ta’minlash muammosi bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishishni taqozo etmoqda. Yangi asr fani zimmasiga yuklatilayotgan bu ijtimoiy buyurtma tilni yangi – substansial-pragmatik (“imkoniyatdan voqelikka”) tamoyillar asosida tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi.

Tilshunoslikning yangi yo‘nalishini ifodalovchi substansial-pragmatik terminining tarkibiga kirgan pragmatika so‘zi yunoncha pragma, pragmatos so‘zidan olingan va “ish”, “harakat” ma’nolarini bildiradi, tilshunoslikda til birliklarining qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganishni anglatadi. Substansial-pragmatik yo‘nalish muayyan til imkoniyatlarini egallab undan amalda foydalanuvchilarning ushbu birliklar sistemasiga ongli, amaliy munosabatini tekshiradi. Pragmatika haqidagi g‘oya dastlab amerikalik olim Charlz Pirs tomonidan fanga kiritilgan. Boshqa bir amerikalik olim Charlz Morris uning g‘oyalarini rivojlantirgan. O‘zbek tilshunosligidagina til birliklaridan foydalanish masalasi lisoniy imkoniyatlar bilan uzviy bog‘langan holda tadqiq qilinadi, shu boisdan yo‘nalish mazkur nom bilan yuritilmoqda.

Ko‘rinadiki, substansial-pragmatik yondashuv o‘zbek fanida shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi sifatida lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning muloqot jarayonidagi o‘zaro munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati, so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqadi.

Yangi asr o‘zbek tilshunosligining asosiy vazifalari Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagicha umumiy tarzda belgilab berilgan:



  1. оna tilini avaylab-asrash;

  2. tilimizni boyitish ustida tinimsiz ishlash;

  3. оna tilidan amaliy foydalanish samaradorligiga erishish;

  4. о‘zbek tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llanishini kengaytirish.

Bu vazifalar markazida ona tilidan amaliy foydalanish samaradorligiga erishish muammosi turadi.

Demak, shakllanajak o‘zbek substansial-pragmatik tilshunosligi oldida turgan o‘zbek tilining XX asrda ochilgan lisoniy imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligini tadqiq qilish vazifasi ijtimoiy ehtiyoj, davr talabidir, bu vazifaning bajarilishi esa o‘zbek milliy tilshunosligi fani hamda ona tili ta’limini amaliy jihatdan samarador bo‘lgan yangi sifat bosqichiga ko‘taradi.

Til ta’limida pragmatik layoqat o‘quvchilarning til imkoniyatlaridan nutq sharoiti, vaziyatiga mos ravishda foydalanishini bildiradi. Nutqiy faoliyatda nutq uslublari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi, taktikasi kabilar bevosita real nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ravishda reallashadi. Ona tilining pragmatik ta’limida til bo‘yicha bilimlar o‘quvchi kundalik hayotida duch keladigan aniq hayotiy vaziyatlar bilan bevosita bog‘langan holda beriladi. Sodda qilib aytganda, o‘quvchi ona tilining qudratli imkoniyatidan aniq nutqiy vaziyatlarda, nutq uslublarida oqilona, samarali foydalana olish malakasiga ega bo‘lishiga erishish pragmatik ta’limning negizini tashkil etadi. O‘quvchilarning nutqiy vaziyatni to‘g‘ri, xolis baholay olishga doir tayyorgarlik darajasi (bilim, ko‘nikma, malakalari majmui) pragmatik layoqat hisoblanadi.

Bugungi kunda til ta’limiga pragmatik yondashuv davr talabiga aylanmoqda. U tilshunoslikda til birliklarining nutq sharoiti, vaziyatiga mos ravishda qo‘llanish xususiyatlarini anglatadi. Pragmatik tilshunoslik til hodisalarini muloqot vaziyati, sharoiti singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shu jihati bilan pragmatik tilshunoslik tilni insondan, jonli hayotdan xoli holda tadqiq qiladigan tilshunosliklardan, pragmatik ona tili ta’limi esa tilni nutq vaziyati, sharoitidan ajratib o‘qitadigan an’anaviy ta’limdan farqlanadi.

Har bir kishi muayyan muloqot vaziyatida o‘z maqsadiga muvofiq ravishda ko‘plab variantdosh til hodisalaridan ayni shu vaziyat uchun mosini tanlab qo‘llash malakasiga ma’lum darajada ega. Lekin ular qanday nutqiy vaziyatda, kimga nisbatan ishlatilishi, qanday samara berishi jihatidan keskin farqlanadi. Bunda so‘zlovchining ushbu sharoit, vaziyat uchun kamroq quvvat sarflab, ko‘proq samaraga erishishni ta’minlaydigan til birligini tanlash layoqati ishga tushadi. Boshqacha aytganda, kishida tilning “Yordam bering!” xazinasidan nutq vaziyati, sharoitiga muvofiq foydalanish layoqatining rivojlanganlik darajasi muloqot natijasi va samarasiga jiddiy ta’sir qiladi. Shu asosda aytish mumkinki, ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning til vositalarini aniq nutqiy vaziyat uchun samara nuqtai nazaridan tanlash hamda qo‘llashga tayyorgarlik darajasi uning pragmatik layoqati sifatida qaraladi.

Demak, ona tili ta’limida pragmatik layoqatni rivojlantirish o‘quvchida nutq vaziyatini to‘g‘ri baholashni, unga mos so‘zlash shaxsiy sifatlarini qaror toptirishni ko‘zda tutadi.


Tabiat kuchlarini bilish va egallashda juda qisqa vaqt maboynida g’oyat katta muvaffaqiyatlarga erishuvchi odamning hamma boshqa jonzotlar - hayvonlardan farqli tomoni ularda tilning mavjudligidir. O’zining ongi - tili va nutqi bilan inson hamma narsadan ustun turadi.

Yurtboshimiz I.Karimov o’z nutqlarida chet tillarni o’rganishning ahamiyati muhimligini ko’rsatish bilan birga yana shunday deydi: "Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish, minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmaligi lozim.

O’z fikrini mutloqo mutaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin1.

Til aloqa vositasi yoki qurolidir, nutq esa aloqa jarayonining o’zidir.



Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq faoliyati-odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.

Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. Sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir.

Sharqda, jumladan Movarounnahrda ham va’zxonlikka katta e’tibor berilgan. Va’zxonlik notiqlik san’atining o’sib borishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar ham mukammallashib boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Maxmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Kaykovus va boshqalar tilga, mantiqshunoslik va notiqlikka oid asarlar yaratdilar.

Kaykovus o’zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. "Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening suz bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar ...", deb yozadi alloma. U yana notiq xalq tilini, uning fikri va ruhiyatini bilishi kerak deydi.

Yusuf hos Xojibning "Qutadg`u bilig" asarida ham til odobi va notiqlik madaniyati haqida juda qimmatli fikrlar bayon etiladi. U qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha ko’proq ma’no yuklash haqida gapiradi. Til insonning qadr - qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin, deydi adib.

Omonlik tilasang agar sen o’zing,

Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing.

Qizil til qilar qisqa yoshli seni,

Omonlik tilasang avayla uni.

Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzish bayroqdoridir. U o’z ijodi bilan o’zbek adabiy tiliga asos soldi. Bu tilning boyliklarini namoyon etdi. Navoiyning "Muhokamatul - lug’atayn", "Mahbubul - qulub", "Nazmul javohir" asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. "Mahbubul qulub" asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi.

"Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz".

"Tilini tiyolgan odam - donishmand oqil;

so`zga erk bergan odam - beandisha va pastkash.

“Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi, til bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi”.

Navoiydan keyingi qator adib, allomalarimiz, jumladan jadid ziyolilari ham til va nutq, til va nutq madaniyati haqida o’zlarining muhim qarashlarini bayon etganlar.

Imo - ishora yuz harakatlari bilan ham ta’sir ko’rsatish mumkin. Bunda ham imo - ishoralar so’z - tovush nutqini to’sib qo’ymasligi kerak. Og’zaki ta’sir qilish mazmuni ta’sir ko’rsatishning aniq turiga bog’liq. Agar biz ta’sir qiluvchi nasihatdan foydalansak, nutqimiz nihoyatda muxtasar bo’lishi lozim. Ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish uchun o’ziga xos narsa faqat materialning mazmuni emas, balki nutqning ohangdorligi, bezagi hamdir.

Hatto oddiy nutqda ham agar kuchli ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish vazifasi qo’yilmasa, faqat axborotning mazmuni emas, gapiruvchining so’zlashish ohangi ham idrok etiladi. Nutq texnikasini takomillashtirish uchun o’z ovozini chetdan turib eshitish muhimdir. Bu o’rinda magnitafon o’qituvchilarga bebaho yordam beradi. Og’zaki ta’sir qilishning har xil turlarini magnit lentasiga bir necha marta yozib olib, eshitib ko’rish zarur, shunga erishish kerakki, u galdan bu galga ovoz ohangi tobora aniqroq bo’lib borsin, hal etilayotgan vazifaga tobora mos kelib, so’zlovchining individual xususiyatlarini juda mukammal ifodalaydigan bo’lsin.

Pedagogik jarayonda qo’llanadigan o’zaro fikr almashishining asosiy shakllari tahlil qilish va ularga ta’rif berish bo’lajak o’qituvchining kasb - koriga o’z - o’zini tarbiyalashi uchun ham, pedagogik muomala madaniyatini takomillashtirish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.

O’qituvchining nutqi adabiy til mezonlariga javob berishi va bolalarning yoshiga mos, ularga tushunarli bo’lishi kerak, o’qituvchi o’z nutqida ko’proq sinonimlardan antonimlardan foydalanishi kerak.

Buning uchun u shoshilmasdan, duduqlanmasdan, ona tilidagi hamma tovush so’zlarni to’g’ri, aniq, burro, orfografiya normalariga rioya qilib talaffuz eta bilishi kerak. O’qituvchi ko’pincha bolalarga berilgan savolni bir necha marta takrorlaydi, bu berilgan savolni to’g’ri tushunib olishga, vujudga kelgan pauzani to’ldirishga yordam beradi. Bu vaqtda o’qituvchi bolalarga birgina fikrning o’zi turlicha bayon etilishi mumkinligini ko’rsata olish imkoniga ega bo’lishi kerak.

Yosh avlodni tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlari bilan, kishilarning o’zaro axloqiy munosabatlari bilan tanishtirishda o’qituvchi nutqi katta rol o’ynaydi. Har bir o’quvchi o’z sevimli o’qituvchisining tovush, nutqiy xususiyatlari, o’quvchilarga murojaat qilish, savollarga javob berish usullarini doimiy eslay oladi.

Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.

Asl nutq ("tashqi nutq") bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻza-ki N.dan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang , mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogik (qarang Dialog) turlari mavjud.

Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. N.ning alohida koʻrinishi oʻqishdir.

Har bir kishining nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.

Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq, ilmiy nutq, rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.

Nutq quydagi uslubdan iborat.

Abduvahob Madvaliyev.[1] OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Download 71,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish