1-variant.
"Lison ut-tayr" dostoni necha bob va misradan iborat?
193 bob, 3666 bayt
Asarda “Zunnurayn” laqabini olgan shaxs kim va nega unga shu laqab berilgan?
Usmon (r.a) Sababi payg‘ambarimizning 2 qizini olganlar.
Uqob , tazari qaysi qushlar?
Burgut, tustovuq
Payg‘ambarimiz buroq otida 3 -osmonga qadam qo‘yganlarida qaysi yulduz musiqachilik qilib
kuylay boshlaydi?
Zuhra
Chahoryorlar kimlar?
To‘rt xalifa: Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali (r.a)
Qaysi xalifa davrida Qur'on mustah bo‘lgan? (Alohida kitob shakliga keltirilgan)
Usmon (r.a)
ATTOR so‘zining ma‘nosi
Xushbo‘y do'kon egasi
Yusr (dengiz o’simligi) tasbehini
bo'yniga solib olgan qush qaysi edi?
Qumri
Istig‘no vodiysida qaysi hikoyat keltirilgan?
Shatranj o'yini bilan bog‘liq hikoyat.
Mansur Halloj hikoyat nechanchi vodiyda keltiriladi?
Beshinchi tavhid (birlik) vodiysida
2-variant.
Muqaddima necha bobdan iborat va unda qaysi masalarga to‘xtalgan?
13 bob 1-4 hamd, na‘t, munojat, Rasullulloh (s.a.v)madhi, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali (r.a) haqida
va ular haqida hikoyatlar, Fariddin Attor haqida to‘xtalib o‘tiladi.
Asar qaysi vaznda yozilgan?
Ramali musaddasi mahzuf
Payg'ambarimiz buroq otida 2 osmonga qadam qo‘yganlarida kimning qalamidan durlar
sochiladi?
Atorud
Payg‘ambarlar shohining izdoshi, din nazoratida og‘lini o'ldirgan odil shaxs? Umar (r.a)
Madoyin shahri bilan bog‘liq voqealar?
1.Umar( r.a) Madoyin shahrini egallaganlarida uning boyliklariga ko‘z qirrini ham solmasdan
tarqatib yuboradilar.
2. Xusrav shahri
Makka tomidan hubal buti tushirilayotganda egni hazratning oyog'iga zina bo‘lgan shaxs?
Ali (r.a)
Navoiy 13-bobda Attorning qaysi asarlarini sanab o‘tadi?
Musibatnoma
Ilohiynoma
Ushturnoma (Tuyanoma)
Lujjai hiloj ( urar bulog‘i)
Mantiq ut-tayr
1.Kalog', 2. Zog‘, 3.Xod, 4.Yurtachi ushbu qushlarning hozirdagi nomi ?
1-olaqarg'a
2-go’ngqarg'a
3-kalxat
4-o’laksaxo’r
Simurg‘ning yana bir nomi va u qayerda edi?
Anqa, Qof tog‘ida
Simurg‘ning oldiga borish uchun kimning umri ham ozlik qiladi deyilgan?
Karkas umri
3-variant.
Qushlar necha vodiyni bosib o‘tadi?
7ta
Fano vodiysida oxirida necha qush qoladi?
30 ta
Shayx San‘onning 400 shogirdi har biri kimlarga teng kelar edi?
Junayd va Boyazid
Og'zi g'ayb sirlaridan nishona berar, ammo o'zi g'ayb ahli kabi benishon edi. Labi
xasta jonlar uchun malham bo'lar, nutqida Isoyi Ruhulloh dami bor edi.Uning kayf
beruvchi labi yoqut kabi qizil rangda bo'lib, uning shirin so'zlaridan xasta jon oziq olardi.
Gap kim haqida?
Shayx San‘on
Tarso qizi Shayx San‘onga qanday shartlar qo‘yadi?
-may ichishi, mast bo'lib, zunnor
bog'lashi, Qur'onni o'tda kuydirishi va butparastlar diniga kirmog'i.
Va yana 2 shart: Ulardan birinchisi - bir yil davomida
xinzirboqarlik(cho'chqa boqish)qilish bo’lsa, ikkinchisi - shu davr mobaynida otashgoh o'tining
parvonasi
bo‘lishi, ya'ni otashgohda o't yoqishi.
Ishq bir osmondir, ammo
juda yuksakdir. Unda qaysi yulduz charxni teskari qiladi deyilgan?
Eng kichik Suho yulduzi
Sulaymonning ko‘zi tushgan qush qaysi edi?
Hudhud
Asarda hudhud murojaat qilgan qaysi qush boshqa qushlar singari uzr so'ramaydi?
Durroj (qirg‘ovul)
Qaysi qush haq timsoli?
Simurg‘
Shayx San‘on ishqning Qaysi yo‘lida edi?
Sukra (behushlik)
Asarda Navoiy qaysi taxallusini qo‘llaydi?
Foniy
Do'stlaringiz bilan baham: |