Lipidlar haqida asosiy tushuncha


Yog`larning organizmlardagi lokalizatsiyasi



Download 39 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi39 Kb.
#470052
1   2   3
Bog'liq
Lipidlar

Yog`larning organizmlardagi lokalizatsiyasi.
Tirik organizmlarda lipidlar erkin va bog`langan holda, oqsillar bilan kompleks birikma hosil qilgan holda: lipoproteidlar va proteolepidlar holida bo`ladi. Lipidlarning biokimyoviy va fiziologik funktsiyalari juda xilma-xil bo`lib, hali to`la o`rganilmagan .
Yog`lar asosan triatsilglitserinlardan tashkil topgan bo`lib, ularning tarkibida yo`ldosh moddalar sifatida boshqa lipidlar ham bo`ladi. Barcha ma`lum lipidlar ichida yog`lar eng katta guruhni tashkil etadi.
Yog`lar boshqa lipidlar kabi asosan organizmlarning to`qima hujayralari va ularning suyuqliklari (hujayra shirasi) da joylashgan (to`plangan) bo`ladi. Tarkibida glitseridlar yig`ilgan hujayralar guruhi yog` to`qimalarini tashkil qiladi. Odatda hujayrada glitseridlar juda yaxshi dispersiyalangan holda bo`lganligi sababli, ularning tomchilar sifatida yig`ilgan formalarini (zarralarini) hatto optik mikroskoplarda ham sezish juda qiyin. Shunday yaxshi dispersiyalanganligi sababli, glitseridlar boshqa ko`pgina moddalarning juda katta umumiy yuzasi bilan ta`sirlasha oladilar, shu jumladan glitseridlar boshqa lipidlar bilan ham ta`sirlashuvi natijasida bu lipidlar glitseridlarda erigan holda bo`ladi. Shu sababli to`qimalardan glitseridlarni ajratib olish texnologik jarayonida (presslash, qovurish, ekstraktsiyalash kabi) ularning tarkibida yo`ldosh moddalar sifatida erigan holda boshqa lipidlar ham ajralib chiqadi. Ajratib olingan yog` tarkibida odatda 95-97% atsilglitserinlar bo`ladi.
Tabiatda yog`lar juda keng tarqalgan. O`simliklarning asosan urug`larida, ba`zi bir o`simliklarning esa mevasi yoki tana po`stlog`ida yog`lar to`planadi. Tarkibida yog` miqdori ko`p bo`lgan o`simlik urug`lariga yog`li (yoki moyli) urug`lar deb aytiladi. Bunday urug`lar yog`-moy sanoati uchun asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:


Urug`lar Tarkibidagi yog` miqdori %
paxta chigiti 17-29
kanakanop 58-70 (meva po`stlog`isiz)
raps (indov) 36-40
kunjut (zig`ir) 35-58
Mevalar
pal`ma kokosi:
kopra 65-72
yong`oqining mag`zi 51-67
zaytun mevasi mag`zi 23-49
kungaboqar (urug`i mag`zi) 29-65
o`rmon yong`og`i 58-60
kanop 30-38

O`simlik xom ashyosidan olinadigan yog`larga o`simlik moylari (ba`zi hollarda o`simlik yog`lari) deb ataladi. Ular asosan yuqori molekulyar yog` kislotalarining glitseridlaridan iborat bo`lib, neftni haydash natijasida olinadigan va uglevodorodlardan tashkil topgan mineral moylardan aynan shu bilan farq qiladi. Efir moylari tarkibida ham yog` kislotalarining glitseridlari bo`lmaydi. Ular asosan al`degidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar va kichik molekulyar yog` kislotalarining efirlaridan tashkil topgan bo`ladi.


O`simlik urug`larining ko`pchiliklarida yog`lar odatda bir me`yorda taqsimlanadi. Ammo donlarning asosan murtagida yog`lar kontsentrlangan bo`ladi.
Hayvon va baliqlarda yog`lar asosan ularning teri osti yog` to`qimalarida yoki bo`lmasa organizm faoliyatida juda faol ishtirok etuvchi organlarni o`rab oladigan yog` to`qimalarida to`planadi. Ba`zi bir dengiz hayvonlari va baliqlarining jigari ham yog`larga juda boydir.
Miya va nerv to`qimalarida ko`pgina glitseridlar, fosfolipidlar va boshqa lipidlar to`planadi.
Qoramol, qo`y, echki kabi uy hayvonlari yog` to`qimalarining 87-90% ni, kit teri osti yog` to`qimalarining 92-94% ni yog`lar tashkil etadi. Yaxshi boqilmagan yoki kasal hayvonlar yog` to`qimalarida yog` miqdori kamayadi.
Hayvon organizmi suyuqliklarida yog` odatda kam bo`ladi. Hayvon suti tarkibida yog` miqdori quyidagicha, (% hisobida): sigir sutida 3,7 ga yaqin; echki sutida 4,8; bug`u sutida 17, fil sutida 20, kit sutida 46.
Organizmda yog`lar birinchi navbatda zahira rolini o`ynaydi. Yog`larning energetik qiymati uglevod va oqsillarning energetik qiymatiga nisbatan katta.
Yog`larning kaloriyaviyligi 37,6x106 dj/kg, uglevodlarniki 16,7x106 dj/kg, oqsillarniki 18,8x106 dj/kg.
Teri osti yog` to`qimasi o`zining yomon issiqlik o`tkazuvchanligi sababli organizmni sovuqdan saqlaydi. Faol organlarni (yurak, buyrak, ichaklar va h.k.) o`rab oladigan yog` to`qimalari bu organlarni zarbalar ta`siridan saqlab, o`ziga xos amortizatorlar rolini o`ynaydi.


Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish