Linuxda Sodda shell skriptlarini yozish.
Shell qobig‘i buyruq interpretatori va yuqori sath dasturlash tili hisoblanadi.
Buyruq interpretatori sifatida shell komandalar
qatoriga kiritilgan
komandalarni qayta ishlaydi. Yuqori sath dasturlash tili sifatida shell scripts
nomli faylda saqlanuvchi buyruqlarni qayta ishlaydi. Boshqa tillar kabi shell
o‘zgaruvchilar va oqimni boshqarish buyruqlariga ega(masalan, for sikllari va
if shart operatori). Shellni buyruqlar qatori interpretatori sifatida
foydalanilganda ishlaydigan muhitingizni sozlashingiz mumkin. Siz o‘z
displeyingizda joriy katalog nomini, funksiya yaratishni yoki cp psevdonimini
qo‘yishingiz, aspektlarni o‘zgartirish uchun kalitso‘zlardan
foydalanish va
boshqalarni amalga oshirish mumkin. Siz bundan tashqari hisobotlar
to‘plamini ishga tushuruvchi uzun script uchun qiyin buyruqni saqlovchi ish
bajarilgandan so‘ng sizga chop etishni va yuborishni eslatishdan iborat shell
ssenariysini yozishingiz mumkin. Boshqa
ssenariylar dasturlar hisoblanib, ular faqatgina dasturni ishga tushurmaydi.
Ko‘pchilik shell ssenariylari Bourne Again Shell
ostida ishga tushurilish
uchun yozilgan. Bir foydalanuvchili rejimda tizim yuklanishini yoki tizimga
texnik
xizmat ko‘rsatishni, ma‘murlashni yoki ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish
shell
bilan tanishishni eng yaxshi usuli hisobalandi.
Linuxda Parametrlar va o'zgaruvchilar.
Shell ichida foydalanuvchi foydalanishi mumkin bo‘lgan qiymatlar shell
parametrlari bilan bog‘liq. Shell parametrlarining bir necha ko‘rinishlari
mavjud.
Harflardan, raqamlardan va pastki chiziq simvolidan iborat nomli parametlar
odatda shell o‘zgaruvchi yoki oddiy o‘zgaruvchi deyiladi. O‘zgaruvchi nomi
raqam
bilan emas, balki, harfdan yoki pastki chiziq simvolidan boshlanishi
kerak.
Masalan, A76, MY_CAT va _____ nomlaridan foydalanish mumkin va 69-
ko‘cha
(raqam bilan boshlanish) va MY-NAME (defisdan iborat) dan foydalanib
bo‘lmaydi. Siz nomlovchi va qiymat o‘zlashtiruvchi shell o‘zgaruvchilar
foydalanuvchi
tomonidan yaratilgan o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Foydalanuvchi
tomonidan
yaratilgan o‘zgaruvchilarni istalgan vaqt o‘zgartirish mumkin yoki ularni
faqatgina
o‘qish uchun qilib qo‘yishingiz mumkin,
shunday uni qiymatarni
o‘zgartirishingiz
mumkin emas. Siz foydalanuvchi tomonidan yaratilgan o‘zgaruvchilarni
global
qilib qo‘yishingiz mumkin. Global o‘zgaruvchilar barcha qobiq va dasturlar
uchun ochiqdir. Bourne Again Shell o‘zgaruvchi qiymati o‘zlashtirish
sintaksisi quyida
keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: