Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1358
w
www.oriens.uz
May
2021
istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga, bizni umumbashariy
ulug’ ma’naviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va dunyoqarashimiz
o’zbek nutqi madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon talablariga mos
holda o’rganish barchamiz uchun zarurdir.
Biron tilning so’z tarkibi hali u tilning to’liq tarkibini belgilab bermaydi.
O’zlashgan so’zlar mazkur tilda qurilish manbasi singari aks etadi. Tilda ikki yoki
undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot
almashishidan iborat bo`lgan o`zaro ta’siri -muloqotni ifodalaydi.Muloqot odobi
muammosini milliy xarakter, millatning o’ziga xos qadriyat, urf-odatlari, va
an’analarini hisobga olmasdan turib, o’rganish mumkin emas. Chunki muloqot xulqi
millat xarakterining uzviy bir qismi bo’lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.
Bunda hurmat kategoriyasining o’z o’rni bor.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Til jamiyatda ijtimoiy harakterga ega va u kishilarning ijtimoiy mehnat
jarayonida yuzaga kelgan o’zaro aloqa bog’lash, fikr almashishga xizmat qiluvchi
vositadir. Shuningdek, u millatning ma’naviy qiyofasini ham o’zligini ifoda etuvchi
muhim ramzlardan biri, insoniyat tafakkurining bebaho ko’zgusi hamdir.
Tilshunoslikda lingvopoetika konsepti mavjud bo’lib, u tilshunoslik va
adabiyotshunoslik oralig`ida shakllangan soha hisoblanadi. Lingvopoetikaning
boshqa sohalaridan farqi shundaki, uning manbai badiiy asarlar hisoblanadi.
Adabiyotni til jihatidan o`rganiladi. Lingvopoetika badiiy asarlarda qo`llanilgan
lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini
o`rganadi. Badiiy til keng qamrovli obyekt sifatida funksional darajalangan qismlarga
fragmentlarga bo`linish xususiyatiga ega. Ammo, amalda ushbu obyektning
fragmentlarini badiiy nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha
bo`lib badiiy asar tili badiiy nutqning bir ko`rinishidir. U tilning ekspressiv vazifasini
o`z ichiga olgani uchun til sistemasining barcha sath birliklarini qamrab oladi.
Shundan kelib chiqib, lingvopoetika fonopoetika, leksopoetika, sintaktik poetika kabi
turlarga bo`linadi. Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida o`rganib,
ularning o`zaro munosabatini yoritib berishdir.
Lingvopoetika tushunchasini o’rganar ekanmiz, “lingvo” lotin tilida lingua- til
va poetika yunoncha “poietike” — poetik sanʼat ya’ni lingvopoetika tilning poetik
san’ati ma’nosini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |