2022- yil 16- fevral :
Bu kuni o’quv fan dasturlari haqida ma’lumot to’pladim. Oʻquv dasturi bu – taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Tizimli usuldagi oʻquv dasturlarida oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketma-ket joylashtiriladi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi.
Kafedrada o’qitiladigan qator mutaxassislik fanlaridan (TKI, O’qish va yozish amaliyoti, TAA, Nazariy grammatika, Chet tili o’qitishning integrallashgan kursi, Tillar o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari, Nazariy fonetika, TO’MA, …) o’quv fan dasturlari mavjud bo’lib, ular tayanch OO’Yu tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan va taqdim etilgan.
Bundan so’ng o’zimga biriktirilgan 11-1 fra-19 guruhiga bordim. Talabalar fanlardan yakuniy baholanishlari qanday ketayotganligini so’radim. Aytishlaricha, barchalari fanlardan yaxshi o’zlashtirish ko’rsatkichlarini qo’lga kiritishadi.
2022- yil 17- fevral :
Bu kun ham ko‘zda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun kafedraga keldim. O’quv jarayonini amalga oshirishda zarur me’yoriy hujjatlardan yana biri bu ishchi dasturdir. Bo’limda darslar ketayotgani va aksariyat ishchi dasturlar o’qituvchilarning qo’llarida bo’lganligi munosabati bilan kafedrada mavjudlarining rasmiylashtirilishini ko’zdan kechirdim. Masalan, CHTUIK fanining ishchi dasturi : (fan o’qituvchisi N.B.Kuldasheva)unda fanning maqsadi, vazifalari, fanni oʻqish natijasida talabalarning egallaydigan kompetensiyalari, auditoriya mashg’ulotlarining turlari (ma’ruza, amaliy, seminar, kurs ishi, mustaqil ta’lim) mavzular kesimida, talabalar bilimini baholash mezonlari o’z ifodasini topgan.
Shu kabi ishchi dasturlardan yana bir nechtasini o’rgandim. Ularning ham shakli, tarkibi, mazmun-mohiyati shunday. Kafedra o’qituvchilari N.N.Abdullayeva, N.B.Kuldashevalar bilan ishchi dasturlar borasida fikrlar almashdik.
Amaliyot davrida tayyorlanishi zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlashni boshladim.
Shu bilan bugungi amaliy faoliyatim yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |