Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet7/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Yangi davr tilshunosligida tillarning kelib chiqishi xaqidagi nazariya.



Yangi davr lingvistlari (Vojl, Menaj) tildan mantiqiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan normativ
qoidalarga asoslangan holda foydalanish haqida so‘z yuritishadi. Shuningdek, ular barcha tillarga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlashga harakat qilishadi. Lekin bu tillar ro‘yxati cheklangan bo‘lib, bular eng avvalo lotin, frantsuz va ayrim hollarda yunon va qadimgi ivrit tillaridir. Nemis, ispan va italyan tillari ikki-uch marta eslatib o‘tilsa, vallon tilidan keltirilgan misol faqat bir marta uchraydi. Shu nuqtai nazardan frantsuz tili beixtiyor muayyan ustunlikka ega bo‘ladi. Tadqiqotchilar kelishik kategoriyasini hamma tillardan izlashga harakat qilishadi. Bunga ular kelishik kategoriyasining lotin tilida borligini asos qilib ko‘rsatishadi. Lekin bu ko‘pgina qarama
-qarshi fikrlarning vujudga kelishiga olib keladi.


Yangi davr tilshunosligida «Yangi fan» asari muallifi Dj.B.Viko (1668-1744)ning kontseptsiyasi muhim o‘rin egallaydi. Bu asarda tillarning kelib chiqishi xaqidagi nazariya keltirilgan. Vikoning fikriga ko‘ra, avval tovushga taqlid, keyin undov so‘zlar, keyin yuklamalar paydo bo‘lgan va natijada ular mustaqil so‘z turkumlarining vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan. Viko til taraqqiyotining uch bosqichi haqidagi fikrni ilgari suradi. Birinchisi - «Xudolar tili» bo‘lib, uni Viko «ieroglif yoki muqaddas» deb atagan. Bu bosqich odamlar xali nutqdan foydalana olmagan davr uchun zarur bo‘lgan. Ikkinchisi - «Qahramonlik yoki poetik» bosqich tili bo‘lib, u ham birinchisi kabi ovozsiz, lekin yozma shaklda bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Uchinchisi - «Epistolyar» omma tili bo‘lib, u amaliy muloqot uchun xizmat qilgan. Vikoning fikricha, bu uch til va yozuvning uch turi bir vaqtda paydo bo‘lgan.
Turli xalqlarga xos bo‘lgan har xil tillarning mavjudligini Viko ob-havo sharoiti, urf-odatlar va zamondagi farqlar bilan tushuntiradi.
Viko qarashlarini lingvistik nuqtai nazardan baholash uchun uch masalani farqlash zarur: ushbu qarashlarning XVIII asrdagi ahamiyati, ularning ta’siri va umumnazariy ahamiyati. Birinchi masala bo‘yicha salbiy javob berish mumkin, Viko komparativistikaga hech qanday ta’sir ko‘rsatgan emas, biroq uning adabiyot, stilistika va estetika sohalarida Italiya madaniyatiga qo‘shgan hissasini unutmaslik kerak.

  1. asrda barcha sohalar vakillari (shoirlar, faylasuflar, siyosatchilar, iqtisodchilar va h.k.) til haqida biror narsa yozishga urinishgan. Eng katta hajmdagi ish olib borilgan yagona soha fonetikadir. Shu davrda orfografiya haqida ham bahslar davom etadi. Angliyada Stil ritm va intonatsiya haqida kitob chop qiladi. Grammatik tadqiqotlar davom etadi va tobora keng ko‘rinish ola boradi. Tadqiq qilingan tillar ro‘yxati ham o‘sib boradi. 1786 - 1787 yillarda P.S.Pallas Peterburgda Evropa va Osiyoning 200 tilidagi 285 ta so‘zdan iborat bo‘lgan lug‘atini chop etadi.

Ushbu falsafiy asrning eng ilg‘or vakili sifatida Kondelyakni ko‘rsatish mumkin. Uning tilning erkinligi haqidagi nazariyasi aloxida qiziqish uyg‘otadi. Keyinchalik Breal ushbu nazariyani juda yuqori baholagan va bu fikrni Sossyur ham qo‘llab-quvvatlagan.

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish