Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet60/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

ishtirokchi bitta guruhga biriktiriladi va har bir guruh bir xil sharoitda sinaladi. Shunday jarayonda nazorat guruhi ham bo‘lib, u guruh manipulyatsiya qilinmaydi. Ishtirokchilar ichidagi (within the subjects) jarayonda har bir ishtirokchi turli sharoitlarda bir necha marta sinaladi. Mazkur ikki jarayon birlashtirilishi mumkin. Turli ishtirokchilardan tashkil topgan ikki guruh bir xil sharoitga qo‘yiladi.
Ishtirokchilar ichida o‘zgaruvchilar o‘zgaruvchining har bir darajasida har bir ishtirokchini sinash orqali manipulyatsiya qilinadi: har bir ishtirokchi birinchi son so‘z turkumi ishtirokidagi gaplarni va ikkinchi son so‘z turkumi ishtirok etgan gaplarni o‘qiydi (ikkita son so‘z turkumining semantikasidagi farqlar o‘rganilayotganda va ulardan birining semantikasi ikkinchisinikiga qaraganda murakkabroq tuzilishga ega deya gipoteza qo‘yilgan eksperimentda). Ishtirokchilar orasida o‘zgaruvchilar esa har bir darajada turli ishtirokchilarni sinash orqali manipulyatsiya qilinadi: ishtirokchilarning yarmi birinchi son so‘z turkumi ishtirokidagi gaplarni o‘qisa, ularning qolgan yarmi ikkinchi son so‘z turkumi ishtirok etgan gaplarni o‘qiydi. Bu ikkala ishtirokchilar turidan qaysi birini tanlash eksperiment loyihasiga bog‘liq. Mazkur sharoitda ishtirokchilar ichida o‘zgaruvchilarni tanlash maqsadga muvofiq. Zero, har bir ishtirokchi o‘rtasidagi farq turli xususiyatlarga ko‘ra farqlanishi mumkin va bunday xususiyatlarning ko‘pchiligi eksperiment diqqat markazida bo‘lmasligi mumkin. Bunda agar shart-sharoitlar o‘rtasida farq topilsa, bu eksperiment gipoteza qilayotgan son so‘z turkumidan birining semantik tuzilishidagi murakkablikning bir sababi bo‘lishi mumkin yoki gipotezaga kiritilmagan boshqa bir o‘zgaruvchi tufayli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, ishtirokchilarning o‘qish tezligidagi farqlar va bu farqlarning ishtirokchilar reaktsiya vaqtiga ta’siri boshqa noma’lum bir o‘zgaruvchi tufayli bo‘lishi mumkin.
Muhokama. Ishtirokchilar orasidagi va ishtirokchilar ichidagi jarayonlarning afzal va noafzal tomonlari muhokama qilinadi. Ulardan birini qo‘llash taqozo etilgan holatlar muhokama qilinadi.
Stimul. Stimul – har bir tajriba-sinovning o‘zgaruvchilaridir. Stimul eksperiment sharoitlarini faollashtiradi. Har bir stimul har bir mustaqil o‘zgaruvchining alohida qiymatini ko‘rsatadi. Barcha o‘zgaruvchilar to‘liq namoyon etilishi zarur: alohida/davomiy o‘zgaruvchilar: keng turdagi qiymatlar yoki bir guruhga birlashtirilgan qiymatlar (past, o‘rta, yuqori); kategoriyali o‘zgaruvchilar: darajalarning barcha kombinatsiyalari. Har bir shart-sharoit uchun bir xil sondagi stimulatorlar ishlatilishi zarur. Quyidagi misolga e’tibor qaratamiz: masalan, bitta so‘zni bilish uchun ketgan vaqt: so‘zning etimologiyasi, korpus chastotasi va morfologik murakkabligi nuqtai nazardan tahlil qilinishi mumkin. Stimul tanlash yoki yaratish tilning o‘zi tomonidan chegaralanishi lozim: masalan, yuqori chastotali uch morfemali so‘z. Tashqi o‘zgaruvchilar nazorat va e’tiborga olini zarur: masalan, so‘z uzunligi doimiy nazoratga olinib, ma’lum muvozanatda saqlanishi talab etiladi.
Ishtirokchilar. Tadqiqot sub’ektlari vakillari bo‘lib, ular kompensatsiya kurs krediti, naqd pul, tilxat, lotereyada qatnashish kabi rag‘batlar ko‘rinishida mukofotlanadi. Sub’ekti inson bo‘lgan tadqiqotlar odatda chegaralangan. Qonunchilik asoslari davlatga bog‘liq bo‘ladi. Ruxsat so‘rash talab etiladi. Etiketning uchta tamoyiliga amal qilinadi: xavfsizlik, xabardorlik va maxfiylik.
Etiket tamoyillari. Xavfsizlik: ishtirokchilarga moddiy va ma’naviy zarar etmaslik zarur. Xabardorlik: ular eksperiment haqida to‘liq xabardor bo‘lish lozim, ya’ni ular nima ish qiladi yoki ko‘radi. Ular odatda o‘z roziliklarini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekadilar. Maxfiylik:
ishtirokchilar anonim tarzda rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilar haqida hech qanday shaxsiy ma’lumotlar oshkora ifodalanmaydi. Ishtirokchilarni tanib olishda identifikatsion raqamlardan foydalaniladi.
Eksperimentni baholash. Eksperimentga doimiy tanqidiy nazar bilan qaralish va uning potentsial kamchiliklaridan voqif bo‘lish talab etiladi. Natijalarning ishonchliligi (reliability). Natijalar qay darajada ishonchli? Agar u izchil va takrorlanuvchi natijalarni qo‘lga kiritsa (test-sinovlari va kuzatuvlar ishonchliligi), u ishonchli bo‘ladi. Natijalarning asoslanganligi (validity). Nazarda tutilgan natijalarga erishildimi, eksperiment ko‘zda tutilgandek natija berdimi? Uning quyidagi turlari bor: konstruktsiya (struktura) asosliligi, ekologik, ichki va tashqi asoslanish. Konstruktsiya asosliligi. Bu eksperimentda tadqiqot ob’ektining faollashuvi bilan shug‘ullanadi. Topshiriq o‘rganilayotgan xulq-atvorni mos ravishda yarata oladimi? O‘zgaruvchilar mos ravishda sinaladimi yoki tekshiriladimi? Ekologik asoslilik. U loboratoriyadan tashqari holatdagi xulq-atvorning qay darajada vakili hisoblanadi. Eksperimentdagi topshiriq juda ham sun’iy bo‘lmasligi zarur. Ichki asoslilik. Barcha tushuntiriluvchi o‘zgaruvchilar tartibli ravishda aniqlandimi yoki nazorat qilindimi? Muqobil izoh/sharhlar jiddiy ravishda muhokama qilindimi yoki e’tiborga olindimi? Tashqi asoslilik. Natijalar qay holda butun aholiga nisbatan umumlashtiriladi?


  1. Download 125,96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish