Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet44/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Ushbu metod so‘zning lug‘aviy ma’nosidagi semalarni tahlil qiladi. Unga ko‘ra, so‘zning ma’nosi semalardan tashkil topadi. Bu semalar ma’noni farqlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Ushbu metod tilning leksik sathida qo‘llaniladi. M.T. Irisqulovning e’tirof etishicha, ushbu metodning ikki xil turi bor: so‘zning lug‘aviy ma’nosini tahlil qilish va ko‘p pog‘onali definitsion tahlil. Birinchi turiga binoan, so‘zning asosiy ma’nosi uning lug‘aviy ma’nosida eksplitsit ifodalanadi. Ya’ni, so‘zning asosiy ma’nosi oshkora bayonga ega bo‘ladi. Ikkinchi turda esa, so‘zning asosiy ma’nosi uning lug‘aviy ma’nosida implitsit tarzda ifodalangan bo‘ladi va shu bois bu ma’no farqlovchi sema (tahlil qilinayotgan sema) tahlilning 4-5-pog‘onalarida yoritiladi. Hozirgi kunda ushbu tahlil tarjima nazariyasi va amaliyoti, frazeologiya, leksikografiyada keng qo‘llanilmoqda.
D.U. Ashurova qayd etishicha, ushbu metod til birliklarining semantik strukturasini (mazmunini) tahlil qilish bilan shug‘ullanadi va leksik ma’no kichik semantik komponentlar (semalar)ga bo‘linadi degan tamoyilga asoslanadi. Bu metod assotsiativ maydon va ko‘p bosqichli definitsion (ta’riflovchi) tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. Dastlab mazkur metod so‘zning semantik strukturasi, so‘zning struktural munosabatlari, leksikografik tavsiflash, so‘zning sintagmatik va paradigmatik aloqalarini tahlil qilish uchun ishlatilgan bo‘lsa, matn tilshunosligida ushbu tahlil metodi so‘zlarning kognitiv strukturasini tashkil etuvchi kontseptual xususiyatlarni yoritishda qo‘llanadi. Shuningdek, o‘zbek tilshunosi Z.T.Xolmonova ham mazkur tahlil metodi xususida quyidagi o‘xshash fikrlarni bildiradi: ushbu tahlil metodi so‘zning lug‘aviy ma’no ko‘lamini alohida ma’no qirralariga ajratib o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum bo‘ladiki, komponent tahlil metodiga berilgan mazkur ta’rifga ko‘ra, so‘zlarning lug‘aviy ma’nolarini va ularning turli qirralarini tahlil qilishda mazkur metod muhim o‘rin tutuadi.
Demak, komponent tahlil an’anaviy va zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda keng qo‘llaniluvchi, so‘zlarning semantik va kognitiv strukturasini tahlil qiluvchi metod sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Metodning qo‘llanilishi. So‘zlarning semantik tuzilishidagi tarkibiy qismlarni tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Sh.Iskandarova va M.Shokirovalar o‘z tadqiqotlarida ushbu metoddan foydalanib, “shaxs oti” semasiga kiruvchi “sport” sememali shaxs otlarni tahlil qiladi. Buni quyidagicha aks ettirish mumkin:
Jadval-1: O‘zbek tilidagi «shaxs» arxisemali sportga oid birliklar
Semalar Sememalar

Tur” semasi: sprinterchi (poyga musobaqalarida), pancher (boksda), yarim himoyachi (futbolda), gregar (velopoygada), laynsmen (futbolda) tarzidagi birliklar;


Mavqe” semasi: sardor, murabbiy, sport ustasi kabilar;

Muxoliflik” semasi: raqib; “G‘oliblik” semasi: chempion, g‘olib, mag‘lub, autsayder, peshqadam;


Bevosita ishtirok” semasi: keddi (golfda yordamchi), zaxiradagi o‘yinchi (futbol), dublyor, naparnik, sparring sherik kabilar. “Sport” sememali shaxs otlari: sportchi, kurashchi, gimnastikachi, futbolist, raqib, chempion, murabbiy, sardor, sport ustasi, hakam(sudya);
Ko‘rinadiki, komponent tahlilda so‘zning semantik tuzilishidagi komponentlar tahlil qilinadi va semalar va sememalarning o‘zaro munosabatlari, ma’no qirralari tahlil qilinadi.
Savollar:



  1. Oppozitsion tahlilning fonologik sath birliklarini ilmiy tekshirishdagi o‘rni qanday?





  1. Download 125,96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish