Empirik tadqiqot dastlabki bosqich bo‘lib, uning jarayonida oddiy kuzatish yoki tajriba yo‘li bilan dalillar to‘planadi va tizimlashtiriladi. Ushbu maqsadda bajariladigan tadqiqotning asosiy metodi induktsiyadir. Lekin bu holatlarda induktiv tahlil ma’lum darajada yashirin deduktsiya ko‘rinishida kechadi, chunki bu tahlilning amalga oshirilishi voqelikning yaxlitligi va undagi aloqalar umumiyligini inobatga olinishini taqozo etadi.
Nazariy tahlilda esa boshqacha yo‘l tutiladi. Bu tahlil yo‘nalishi alohida tushuncha va tamoyillarga asoslanib, voqelikning yakka hodisalari haqida xulosalarga kelinadi.
Induktivvadeduktivbilishusullarianalizvasintezamallaribilanbog‘liq.
Analiz – ob’ektni tajribada yoki fikran qismlarga ajratish va ularning xususiyatlarini aniqlash amalidir. Demak, bu amal yakkaning xususiyatlari asosida umumiylik, yaxlitlikni bilish uchun zamin yaratadi (masalan, kimyoda murakkab moddaning molekulyar tarkibi tahlili yoki tilshunoslikda so‘z morfem tuzilishi tahlili). Ammo u yoki bu ob’ektning mohiyatini to‘liq ochish uchun uni qismlarga ajratish va alohida xususiyatlarni o‘rganish etarli emas. Bunda qismlar va ularning alohida xususiyatlari o‘rtasidagi munosabat, aloqalar tartibini aniqlash lozim bo‘ladi va bu holda analiz amali bevosita sintezga borib taqaladi.
Sintezhammantiqanyokitajribajarayonidabajariladiganamaldir.Uningbajarilishijarayonida analiz usulida ajratilgan qism va xususiyatlar bir butunlikka to‘planadilar va ob’ektni yaxlit hodisa sifatida o‘rganish sharoiti tug‘iladi. Sintez usuli yaxlitlik tarkib topishining ichki mexanizmini aniqlash imkonini beradi.
Faraz – tadqiq etilayotgan predmet qismlari va bo‘laklarining botiniy munosabatlarini yaxlit tasavvur qilishdir. Ushbu munosabatlar tajribadan oldin, fikran tasavvur etiladi va mantiqiy e’tirof asosida biz real voqelikni oldindan bashorat qilish va izohlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Farazlar vositasida voqelikni bilish jarayonida tug‘iladigan savollar, vazifalarni echishga harakat qilamiz. Lekin faraz faqatgina ehtimollardan iborat va bu ehtimollar tadqiqot jarayonida o‘z tasdig‘ini topishi yoki inkor etilishi mumkin. Qo‘yilgan muammo haqida faraz to‘g‘ri va isbotli bo‘lishi uning mavjud dalillarga mos kelishi bilan bog‘liq. Dalillar asosida isbotlangan faraz
ilmiy nazariya yoki g‘oya shaklini oladi. Lekin farazning dalillarga mos kelishini o‘ta oddiy tasavvur etmaslik kerak.
Ayrim hodisalar cheksiz va doimiy o‘zgarishdagi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligi inobatga olinsa, barcha turdagi xususiy hodisalarning barcha belgi-xususiyatlarini bir xilda o‘rganishning imkoniyati chegaralanadi. Shu sababli ilm sohalarida ideallashtirish yoki approksimatsiya (lat. – yaqinlashish) amallari ham mavjud. Bu amal vositasida real borliqda mavjud bo‘lmagan, faraz qilinayotgan ob’ekt (aniqrog‘i, ushbu ob’ekt haqidagi tushuncha) fikran shakllantiriladi. «Ideallashtirish yordamida shakllangan tushunchalardan keyinchalik real ob’ektning in’ikosi sifatida izlanishlar olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlar mavhum sxemalarini tuzishda keng foydalanish mumkin». Ideallashtirilgan ob’ektlar taxdili natijasida voqelik hodisalari haqida ishonchli ma’lumotlar to‘plash imkoniyatidan tadqiqotchilar keng foydalanib kelmoqdalar.
Tadqiqotob’ektiniideallashtirishharakatimavhumlashtirishvamantiqiitajribaharakatlaribilan hamkorlikda bajariladi. Mavhumlashtirishning eng keng tarqalgan turlaridan biri tenglashtirish (o‘xshatish)dir. Tenglashtirish bilan bog‘liq mavhumlashtirishda biz kuzatilayotgan predmetlarning ayrim individual xususiyatlarini «unutib», ulardan umumiylikni izlaymiz va shu umumiy belgilar asosida ularni bir xil, hatto ba’zan yagona bir predmet sifatida qabul qilamiz.