Lingvistik tadqiqot asoslari



Download 351,86 Kb.
bet2/45
Sana03.09.2021
Hajmi351,86 Kb.
#163059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
majmua lingvistik oxirgi — копия

OQUV MATERIALLARI

1-AMALIY MASHGULOT

MAVZU: Lingvistik tadqiqotlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni



Reja:

  1. Ilm-fanni egallashning bosh maqsadi.

  2. Bilish, ilmiy bilim va ilmiy tadqiqot tushunchalari.

  3. Lingvistik tadqiqotlarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati.

Ilmiy tadqiq metodikasi deganda tadqiq manbayi (o‘rganish manbayi) haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish usullari (yo‘l-yo‘riqlari) tushuniladi.Shuning uchun falsafa bo‘yicha darsliklarda ham, "O‘zbek tilining izohli lug‘ati [O‘TIL]"da ham "metodika" biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisidebta’riflanadi.

Ilmiy tadqiq metodikasi bir necha tarkibiy qismlarni o‘zichiga oladi: Bunda eng muhim qismlardan biri tadqiqotchining izlanishga qanday yondashishi, o‘rganish ob’ektini qanday tushunishi,unga qaysi nuqtayi nazardan turib yondashishidir. Mana shu omillar ilmiz tadqiqot metodologiyasini tashkil etadi. Metodologiya tadqiqotchiga narsada (o‘rganish obyektida) nimalarni izlashi, topishi, izohlashi, ochib berishi lozimligini ko‘rsatib turadi. Buuning yo‘lchi yulduzi, qayerga borishi va kelishi lozimligini ko‘rsatib turuvchi mayog‘idir.

Tadqiqotchida va izchil tadqiqotda metodologiya hamisha bitta bo‘lib, u olimning dunyoqarashini tashkil etadi.Shuning uchun juda ko‘p hollarda metodologiya, tadqiqotchining bilish nazariyasi tamoyillari (gnoseologik prinsiplari), tadqiqotchining dunyoqarashi, tadqiqotchi (tadqiqot) mantiqi (logikasi)kabi shaklan har xil tushunchalar bir xil ma’no va vazifada – sinonimlar sifatida bemalol qo‘llanilaveradi va bunda hech qanday xatolik yo‘q. Haqiqatdan ham, bular o‘zaro juda yaqin tushunchalardir.

Istagan tadqiq manbayi serqirradir. Chunonchi, Zuhraxon degan ayol, turli kimsalarga nisbatan turli xil mohiyatga ega va har bir kimsaga munosabati mustaqil, alohida me’yorlar bilano‘lchanadi.

Tadqiq manbayining ma’lum bir qirrasini (tomonini) o‘rganishga ("o‘lchashga") xoslangan usullar (yo‘l-yo‘riqlar, mezonlar) tadqiq metodlari deb aytiladi. Bitta tadqiq manbayi minglab qirralarga (tomonlarga) ega bo‘lganligi sababli minglab metodlar bilan o‘rganilishi mumkin.Shuning uchun metod deganda ko‘pincha "Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli" (O‘TIL,1,461), tadqiq manbayining ma’lum bir qirrasi (xususiyati, tomoni)ni o‘rganishga xoslangan usullar tushuniladi.1 Bizda odatda O‘TILda izohlangandek tushuniladi va bu to‘g‘ri emas. Chunki bunday talqinda "metod" va "metodika" o‘zaro aralashib ketadi. O‘TILda berilgan tavsif "Tabiat va jamiyat hodisalarining ma’lum bir xususiyati (tomoni)ni bilish, tadqiq qilish usuli" deb muayyanlashtirilishi lozim. O‘TILda keltirilgan namunaviy misol ham (dialektik metod, qiyosiy metod) izohtalabdir va biz buni kursimizning maxsus bo‘limida sharhlaymiz.

Tadqiq mavzusini, uning tanlanishini, o‘rganilish tarixini, mavzuning dolzarbligini, muammolarini, yechimlari farazini, ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslash, mavzu bo‘yicha material yig‘ish, tajribalar o‘tkazish, natijalarni sistemalashtirish va nihoyat ilmiy ishni yozish-u xulosalash ham ilmiy tadqiq metodikasining tarkibiy qismlari bo‘lib, tadqiq bosqichlari va jarayonnini belgilaydi.

Bundan xulosa chiqarish mumkinki, ilmiy tadqiq metodikasi uch asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi. Bular

1) tadqiq metodologiyasi,

2) tadqiq metodlari,

3) tadqiq bosqichlari (jarayoni)

Bulardan birinchi va ikkinchilari tadqiqotchining ilmiy-nazariy va falsafiy- metodologik tayyorgarlik darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, shu malaka va ko‘nikmalar asosida tadqiqotchi ma’lum bir manba ustida ilmiy o‘rganishni amalga oshiradi. Mana shuning uchun mustaqil ilmiy tadqiqot olimdan

a) fan asosini, shu fan bilan bog‘liq bo‘lgan yondosh fanlarni chuqur bilishni,

b) ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni;

d) axborot manbalarini, ular ichida o‘ziga zarur va mavzuga aloqador ishlarni tez topish yo‘llarini bilishni;

g) uqilgan, onglilik va izchillik bilan tatbiq etila olinadigan metodologik tamoyillarga (aniq falsafiy dunyoqarashga) ega bo‘lishni

talab etadi.Shunday tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassisgina o‘z faniga doir ma’lum bir mavzu (manba) ustida mustaqil ilmiy tadqiqishiga kirisha oladi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Lingvistik tadqiqotlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati qanday?

2. Ilmiy tadqiqotlarni yaratishdagi asosiy omillar qaysilar?

3. “Lingvistik tadqiqot asoslari” fanining dolzarbligi nimada?


Download 351,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish