21-mavzu: Gap murakkab tuzilma
Gapni aktual bo‘laklarga ajratish. Gap va uning shakliy tuzilma. So‘z (leksemashakl), so‘z birikmasi (birikmashakl) va gap (gapshakl) mustaqil sintaktik birliklar. Matn sintaksisi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, blis,insert, SWOT tahlil.
22-mavzu: Gap bo‘laklari
Gap bo‘laklarining shakliy tuzilishi. Gap bo‘laklarninig mazmuniy tuzilishi. Gap bo‘laklarining shakli va ma’nosi o‘rtasidagi munosabat. Gapning mazmuniy tuzilishi. Gaplarni aktual bo‘laklarga ajratish.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, blis, aqliy hujum.
Do'stlaringiz bilan baham: |