Lim vazirligi



Download 1,41 Mb.
bet21/49
Sana21.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#396113
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
Ареал мажмуа янгиси 11.01.20202

Tayanch tushunchalar: shevalar ta`siri, nutqdagi tebranish, vibratsion (tebranish) hududiga oid matnlar, dialektal matnlar.

Mustаqil O’zbеkistоnimizdа fаn vа mаdаniyatning taraqqiyoti аdаbiy til mаvqeini kundаn kungа oshirmoqdа. Buning natijasida mаhаlliy til - shevalаmmg fonetik, leksik vа grаmmаtik tаrkibidа o`zgarishlar, tora-yishlar sodir bo`lmoqdа. Shuning uchun dielekt аа shevalаrgа xos fonetik-fonologik хususiyatlаmi qаyd qilish, bаrсhа lingvistik tоmоnlаrini chuqur tаvsifiy-qiyosiy, qiyosiy-tаriхiy, mеntаl tamoyillar аsosidа atroflicha o’rganish, tаdqiq qilish hozirgi zаmon o’zbek tili taraqqiyotini vа shu til egаsi bо‘lgаn xalqlar tаrixi, tili etnografiyasini о‘rganishda muhim nazariy va аmаliy mаlumоtlаr beradi. Zero, ...odаmzod borki, аvlod аjdodi kimligini, nasl-nasabini, o`zi tug`ilib voyaga yetgan qishloq,shahar, xullaski, Vatanimizning tarixini bilishni istaydi56. Til har qanday millatning jonli, tirik tarixidir.

Shevalarni o’rganish tilshunoslarga til yuragining qanday urishini o’z quloqlari bilan eshitishga imkon beradi (G. Ostgov, K. Brutman), degan fikrni bildirgan olimlar juda ham haqlidirlar. Chunki shevashunos bevosita xalq orasida yurib, u bilan birga nafas olib, o’z imkoniyati, iqtidori va kuch-qudratini ishga solib,... xalq og‘zidan shevaga xos so’zlarni yozib olib, unga sayqal berib, kelgusi avlodga qoldirishga harakat qiladi57.

Xalqning jonli tili - shevalarini o’rganish, bir tilning o’ziga xos boshqa tillarda uchramaydigan jihatlari yoki ularni bir-biri bilan tutashtiruvchi nuqtalarini topish tilning ontologik tabiatini ochib berishga yordam beradi. O’zbek adabiy tili taraqqiyotida ichki omil sifatida belgilangan hamda uning takomillashishida alohida o’rin tutuvchi o’zbek shevalarning lisoniy xususiyatlarini ilmiy o’rganish har qanday me’yor-lashgan adabiy tilning barcha sathlaridagi nazariy va amaliy qonuni-yatlarini to’laqonli aniqlash, ular haqidagi mukammal va aniq qoida, ta’rif, xulosalar chiqarishda asosiy va muhim vazifalarni bajaradi. Shu nuqtai nazardan, o’zbek adabiy tilining taraqqiyotida muhim rol o’ynagan o’zbek shevalari sistemasida janubi-g‘arbiy Namangan shevalarining tutgan o’rnini lisoniy jarayonlar orqali belgilash hamda ular orqali asosli xulosa va to’xtamlarga kelish mumkin.

Janubi-g‘arbiy Namangan shevalari o’zbek shevalarining kichik bir bo’lagi hisoblanadi. Sheva vakillari bir hududda yashashlariga qaramasdan, har bir shoxobcha o’ziga xos fonetik, leksik va morfologik xususiyatlarga ega. Sheva areali umumo’zbek shevalarining fonetik, leksik, grammatik strukturasidagi umumiy o’xshashliklarga mos ko’rinishlarga ega bo’lsa-da, ulardan ayrim quyidagi fonetik-leksik xusususiyatlari bilan farqlanadi:

  1. qipchoq lahjasiga mansub shevalar guruhida: a) “y”lovchilar: \yүr\ yur,

\yыlᴐn\ ilon, [y’p\ ip, \yumͻlͻ] dumalamoq, [shǝydǝ] shu еМа va b.;

b) “j” lovchilar: \jүr\ yur, \jǝnǝ//jenga] yanga, \shүyt’p] shunday qilib, \j ’:pkett ’i//j ’g ‘bkett ’] chiqib ketdi va b.;

  1. qarluq lahjasiga mansub shevalar guruhida: \man] men, \ninozn\ yaxshi, tuzuk, \sͻrpǝ//sǝrpǝ] sarpo, sep, \a:sh ’] ana shu, \shedǝ] shu erda, |yaңа\ yanga, \mabү//mab ’] mana bu va b.;

  2. aralash shevalarda so’zlashuvchilar guruhida: \теца//тэцэ] menga, \ninͻzn//bir chiroyli] yaxshi, tuzuk, \bo’g‘cha//bɵxcha//tүyүn] ayollar narsa soladigan tugun, \sarmsͻq//sͻmsͻq] sarimsoqpiyoz va boshqa bir qancha shu kabi ko’rinishlar bilan farqlanishini kuzatishimiz mumkin.

Shevalarining fonetik-fonologik tabiati so’zlarda, grammatik shakl-larda jilolanadi. Muayyan sheva arealning boshqa shevalardan farqlaydigan lisoniy qirralari uning leksik qatlamida ko’proq ko’zga tashlanadi. Janubi-g‘arbiy

Namangan shevalari so’z - terminlari va ular anglatgan ma’nolar turfa, rang- barang. Lekin ularning barchasi hali mukammalroq to’planib, o’rganilgani yo’q. Shuni nazarda tutib, JG‘N shevalari leksik qatlamini fonetik-fonologik strukturasidagi belgilarga ko’ra, quydagi guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Faqat shevaga xos so’z va terminlar , qo’shma so’z va birikmalar.

  1. Adabiy tilda uchramaydigan, faqat shevaga xos so’z - terminlar:


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish