2.2Antonim lug’atlar va o’zbek tili antonimlari lug’atlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Antonimlarni o'rganish bilan bog'liq eng muhim masalalardan biri — tilimizdagi mavjud nazariy fikrlarni tahlil qilib so'zlarning antonimligini asoslagan holda, antonimlar lug'atini tuzish hisoblanadi. Antonimlar lug'ati tilshunoslikda, jumladan, lug'atshunoslikda katta ahamiyatga egadir. U har qanday lug'atlarni tuzishda, antonim so'zlarning leksik ma'nolari miqdorini aniqlashga, ko'p ma'noli so'zlardagi leksik ma'nolar tartibini belgilashga, so'zlarning yangi-yangi ma'nolarini ochishga yordam beradi. Ayniqsa, antonimlar lug'ati izohli lug'atlar uchun antonimik so'z ma'nolarini berishda, izohlarning bir xil bo'lishi va muntazamligini ta'minlashda, sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga molikdir. Bunday lug'at faqat tilshunoslik uchun emas, balki yosh shoir va yozuvchilar uchun ham yordam bernshi mumkin. Ma'lumki, shoir va yozuvchilarimiz fikrni obrazli qilib bayon etish hamda stilietik bo'yoqni kuchli qilib ifodalashda badiiy priyomlardan biri —antiteza usulidan keng foydalanadilar. Nutqning ifodaliligi, ixchamligi va o'tkirligi asar qimmatini oshiradi. Bu borada ham antonimlar lug'ati foydadan holi bo'lmaydi.
O’zbek tili antonimlari lug'atini tuzishda, tilshunoslikda ma'lum bo'lgan antonim lug'atlarini tuzish tajribalarini o'rganish lozim. Bulardan: V. N. Komisarovning «Hozirgi ingliz tili antonimlari lug'ati» katta qiziqish tug'diradi.Lug'at asosan so'z boshi, tub antonimlar lug'ati va affiksli antonimlar lug'ati kabi qismlarga bo'linadi.Atonimlarni quyidagicha izohlaydi: «To'la antonimlarda ham ikki tomon—inkor qilish ham, belgilar zidligi ham mavjud. Bundan tashhari, ularni birga-juft holda olinar ekan, bir umumiy tushuncha kelib chiqadi.
Bunday umumiy tushuncha yo biron olmosh bilan yoki ma'no hajmi keng bo'lgan boshqa bir so'z bilan ifodalanishi mumkin. Solishtiring: Yaxsh-yomon — hamma, do'st-dushman — hamma, erta-kech — har vast, oshna-begona -hamma, eski-yangi — har xil, ostin-ustin — to'polon, olish-berish — aloqa, bordi-keldi — aloqa.
Yarim antonimlarni tilshunos quyidagncha tushuntiradi: «Yarim antonimlarda belgilarning zidligi asosiy o'rinda turadi. Inkor qilish, yuqorida aytilganidek, kuchsiz, sezilar-sezilmas bo'lib, ularni juft holda olib, biror umumiy tushunchaga to'la ravishda tenglashtirish har vaqt mumkin bo'la bermaydi. Masalan: er-xotin — oila (ammo oila ersiz yoki xotinsiz bo'lnshi mumkin), opa-singil — hamshiralar (ulardan biri «hamshira» deyish mumkin), o'gil-qiz — bolalar (ulardan birini, ko'pligini ham «bolalar» deyish mumkin) yigit-qiz. chol-kampir, kuz-bahor, aka-uka kabilar uchun ham xuddi shunday bir umumiy tushunchaga tenglik xarakterli emas.
1. To'la antonimlar mustaqil bo'lib, ularning qarama-qarshi ma'no bildirishi uchui koitekst bo'lishi shart emas: qurmoq-bizmoq, tirik-o'lik, ko'pchilik-ozchilik, past-baland, yorug'-qorong'i va shu ko’rinishda.
2. Antovimik juftlikdagi so'zlarning biri, ikkinchisi bilan o'rin almashtira oladi: arzon-qimmat yok qimmat-arzon kabi. O’zbek tilida ko'pgina antonim so'zlarni stili talabiga ko'ra almashtirib bo'lmaydi. katta-kichik, yaxshi-yomon; -u, -yu yuklamalari bog'lovchi vazifasida qo'llanganda ham antonim so'zlarning o'rni o’zgarmaydi. Kunu tun katta-yu kichik. Ammo: kichik-u katta tarzida qo'llanmaydi.
3. Bir semantik zanjirga aloqador bo'ladi: kun-tun(vaqt) o'ng-chap (tomon) kabi.
4. Antonimik juftlikni tashkil etuvchi to'la antonimlarning har biri o'z sinonimlariga, ya'ni to'liqsiz antonimlarga ega bo'lishi mumkin: sovuq-issiq, sovuq-qaynoq, sovuq-jazira, sovuq-qizib ketgan (qizigan) kabi.
5. To'la antonimlardan yangi, hatto boshqa turkumdagi so'zlar yasalganda ham (ular o'zak e'tibori bilan) o'zaro ma'no zidligini saqlaydi: yosh-qari (sifat), yoshlik-qarilik (ot) yosharmoq-qartaymoq (fe'l) kabi.
6. Ular ko'p ishlatiladi, kishilarning xotirasida chuqur o'rnashgan bo'ladi. Shuning uchun ularning birini aytish bilan ikkinchisi esga kelaveradi: er-osmon, olmoq-sotmoq va shu ko’rinishda.
7. Antonimik juftlikdagi so'zlar hamma yoki bir necha ma'nosi bilan o'zaro antonim bo'lib keladi.
8. Antonimik juftlikdagi so'zlar grammatik bir so'z turkumiga oid bo'ladi: hayot-o'lim (ot), yaxshi-yomon(sifat) va shu ko’rinishda.
Tilshunoslar to'liqsiz antonimlarni quyidagi belgilar asosida ko'rsatadi.
1. To'liqsiz antonimlar asosan fikrni aniq ifodalash, yorqin obrazlar yaratish uchun ishlatilib, ular ko'pincha nutq jarayonida, kutilmaganda yuzaga keladi, doim yangilikdek sezilib turadi.
2. Antonimik juftlikdagi so'zlardan biri ikkinchisining ta'sirida qo'shimcha ma'no nozikligiga ega bo'ladi.
3. To'liqsiz antonimlarning hosil bo'lishida bir so'zga teng bo'lgan frazeologik birliklar ishtirok etishi mumkin.
Keltirilgan misollardan ko'rinadiki, antonimlarning to'la va yarim yoki to'liqsiz antonimlarga ajratishda, asosan, ularning nutqda qo’llanilishidagi xususiyatlari, bir semantik zanjirga, bir so'z turkumiga oidligi, stilistik farqlar, emodionallik kabi xislatlar nazarda tutiladi. M. R. Livov bunda antonimik juftlikdagi so'zlarning leksik ma'nolari miqdorini tilga olgan bo'lsa-da (7-punkt), biroq u ko'p ma'noli so'zlar hamma ma'nolari bilan yoki faqat bir necha ma'nosi bilan bir-biriga zid qo'yiladimi bunga befarq qarab, ularni har ikki holda ham to'la antonimlar qatoriga kiritadi.
Fikrimizcha, antonimlarning to'la va to'liqsiz guruhlarga ajratishda antonimik juftlik komponentlarining leksik ma'nolari miqdoriga hamalohida e'tibor berish lozim. O’zbek tilidagi antonimik guruhlari ular tashkil etuvchi so'zlarning o'zaro antonimik munosabatga kirisha oladigan leksik ma'nolari miqdori jihatidan to'la va to'liqsiz antonimlarga ajratish mumkin.
O’z mundarijasi yoki hamma ma'nosi bilan o'zaro antonimik munosabatga kirishadigan so'zlar to’la antonimlar deyiladi. To'la antonimlar ko'pincha o'zaro qarama-qarshi ma'no anglatuvchi monosemantik so'zlardan tashkil topadi: adabli-adabsiz, abjir-bo'shang, arzon-qimmat, bavosita-bevosita, ishchan-dangasa, rahmdil-berahm, fahmli-befahm, hayoli-behayo.
Ba'zi tilshunoslar to'la antonimlar faqatgina o'z sinonimiga ega bo'lmagan yakka ma'noli so'zlardangina hosil bo'lishi mumkin degan fikrni bayon qiladilar.
Biz to'plagan material o'zbek tilida ko'p ma'noli (polisemantik) so'zlardan ham to'la antonimik guruhi hosil bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu asosiy qismlardan keyin, tub antonimlar ko'rsatkichi, affiksli antonimlar ko'rsatkichi hamda sitata olingan adabiyotlar ro'yxati ilova qilinadi. Lug'atda antonim so'zlar vertikali tartibda, misollar esa gorizontali tartibda berilgan bo'lib. lug'atda 1000 dan ortiq antonimik juftlik berilgan.
O’zbek tili antonimlari lug'atini tuzishda mazkur ko’rinishlardan ijodiy foydalanildi. Bundan tashhari, o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlari ham hisobga olindi. Masalan, ingliz tili lug'atida tub va yasama antonimlar ikkiga ajratib berilgan. O’zbek tili lug'atida esa ularni ajratmay, birgalikda alifbo tartibida berildi. Chunki tub va yasama antonimlarni ikki bo'limga ajratib lug'at qilish tub-yasama, tub-qo'shma, tub-juft kabi sxemalarda yasaladigan juda ko'p antonimik guruhlarni lug'atga kiritish imkonidan mahrum qilar edi.
Lug'at tuzishda antonim lug'atlaridan tashqari, A. Hojievning «O’zbek tili sinonimlarining qisqacha lug'ati» (Toshkent— 1963), Sh. Rahmatullaevning «O’zbek tilining qisqacha frazeologik lug'ati»dan (Toshkent — 1964) foydalanildi. Lug'atdan foydalanuvchilarga oson bo'lish uchun, lug'atni quyidagicha tuzish ma'qul topildi.
I.Lug'at so'zligining tartibi 'antonimik gruppadagi birinchi o'rinda keluvchi dominantning alfaviti bo'yicha tuzildi. Dominantlarni tanlashda so'zlarning ishlatilish va aktivligi hisobga olindi.
II.Dominantlarning o'rni shu antonimik juftlikning alfaviti tartibi bo'yicha belgilandi.
III.Dominant antonimlarning sinonimlari vertikali tartibda birin-ketin berildi. Bunda har bir sinonimning ishlatilish darajasi hisobga olindi. Masalan:
Azob- rohat
Uqubat-huzur
Zahmat -farog'at
Kulfat -halovat
Dominant antonimning sinonimlari sostavida dublet so'zlar yoki ularning ayrim variantlari ham uchraydi.
IV.Antonimik gruppadagi dominant so'zlarning asosiy bosh ma'nosini ko'zda tutgan holda izohlandi. Ko’p ma'noli so'zlarning ma'nolariga e'tibor berildi va izohlandi.
Ayirmoq
Ajratmoq
1. Biror narsadan bir qismini alohida qilmoq, undan olib, miqdorini kamaytirmoq.
2. Biror son yoki miqdordan undan kichik bo'lgan boshqa son yoki miqdorni olmoq.
3. ko'chma: ahil, ittifoq kishilar orasida nizo, nifoq solib, bir-biridan uzoqlashtirmoq, begona yoki dushman qilib qo'ymoq.
1. Biror narsaga ega, yoniga tirkamoq, bilan birlashtirib, miqdorini ko'paytirmoq.
2. Biror son yoki. miqdorni boshqa son yokm miqdor bilan birlashtirmoq. 3. ko'chma: notanish yokk uzoq kishilarni do'st, ittifoq qilib birlashtirmoq.
V.Frazeologik antonimlar so'z antonimlardan keyin berildi.
VI.Ko'p ma'noli bir so'z, turli antonimik guruhlarda takror uchrashi mumkin. Masalan, og'ir so'zi lug’atda to'rt joyda, engil so'zi uch joyda turli lug'at maqolalarida, xilma-xil sinonimlar bilan birga kelib yangi-yangi ma'nolarda qo'llanadi.
Yengil: vazmin emas, tosh bosmaydigan.
Yengil:yengiltak, yengiltabiat .
Og'ir:Vazmin, vazni katta bo'lgan, tosh bosadigan, vaznli.
Og'ir :hazm bo'lishi oson, tez hazm bo'ladigan, singishli, kuchsiz.
VII.Ushbu lug'atda antonimlarning asosiy formasi, masalan sifatning oddiy darajasi berildi, ammo orttirma, qiyosiy darajalar (kap-katta — kichkina, kattaroq-kichikroq) kiritilmadi.
VIII.Lug'atda antonimik juftliklar ko'rsatkichi berildi. Bunda sinonimsiz antonimik juftliklar o'z holicha yozildi. Ammo bir necha sinonimlarga ega bo'lgan antonimik gruppa ko'plab antonimik juftliklarga ega bo'ldi. Masalan: antonimik guruhida: boy-kambag'al, boy-faqir, boy-qashshoq, boy-bechorahol, badavlat-kambag'al, badavlat-faqir, badavlat-qashshoq badavlat-bechorahol, davlatmand-kambag'al, davlatmand-faqir, davlatmand-qashshoq, davlatmand-bechorahol, davlatli-kambag'al, davlatli-faqir, davlatli-qashshoq, davlatli-bechorahol kabi 16 ta antonimik juftlik mavjud.
IX .Lug'atga u yoki bu antonimning kirgan kirmaganligini bilishni engillashtirish maqsadida, antonimlarning alfavit ko'rsatkichi ham berildi.
Biz yuqorida ayrim so'z kategoriyalarining antonimligini ko'rsatuvchi ba'zi belgilar haqida so'zlab o'tgan edik. Masalan, baxtli-baxtsiz kabi bir o'zakli yasama sifatlarning, pishgan-pishmagan kabi bo'lishli-bo'lishsiz sifatdoshlarning antonim bo'lishi uchun ularning shu tilda sinonimlariga ega bo'lishi, boshqa tilga so'z holdagi sifat bilan tarjima etilishi, keldi-ketdi kabi fe'llarning esa bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan harakatni bildirishi kabi beltilar o'rni bilan aytilgan edi.
Bundan tashqari, so'zlarni qanday o'zakdan yoki qaysi so'z turkumiga xos ekanligidan qat'i nazar, bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi mumkin bo'lgan har qanday so'zlarning antonim bo'la olish yo olmasligini ko'rsatuvchi umumiy belgilar ham mavjuddir.
Ikki so'zning bir-biriga nisbatan zid ma'no bildirishining o'zi antonimlar uchun umumiy belgi bo'la oladi. Biroq bu belgi unga muayyan aniqliklar kiritishni talab qiladi. Ana shuning uchun ham qarama-qarshi fikrni har qanday so'zlar ham, masalan, ayrim tilshunoslar tomonidan antonim hisoblab kelingan keldi-kelmadi, aka-uka, tovuq-xo'roz kabi so'zlar aslida antonim bo'lavermaydi.
So'zlarning antonimligini ko'rsatuvchi belgilardan biri, fikrimizcha, antonimik juftlik hosil qiluvchi komponentlar orasida oraliq tushunchalarning mavjud bo'lishidir.
Ma'lumki, antonimlar haqida gap borganda, bir hodisa, bir munosabatga doir bo'lgan ikki qarama-qarshi qism nazarda tutiladi. Bu ikki qismning o'rtasida doimo qandaydir oraliq tushunchalar yotadi. Professor S. Usmonovbunday oraliq tushunchalarni faqat to'la antonimlarga xos deb ataydi. Kuzatish, deyarli barcha antonimik juftliklar komponentlari orasida oraliq tushunchalar mavjud |bo'l,ishini ko'rsatadi. Masalan, yaxshi, o'rta, yomon kabi. Biz bunday oraliq tushunchalarni mantiqiy markaz deb atadik. Mantiqiy markaz so'zlarning antonim bo'lish-bo'lmasligini aniqlashda muhim omil bo'lib xizmat qilishi mumkin. Masalan,
kechagi, bugungi, ertagi; o'tgan, hozirgi, kelasi kabi so'zlardan bugu.ngi hamda hozirgi so'zlari mantiqiy markaz hisoblanadi:
Kechagi bugungi ertagi
o'tgan hozirgi kelasi
Demak, chizmadan ko'rinadiki, kechagi-ertagi va o'tgan-kelasi so'zlari mantiqiy markazdan teng uzoqlikdagi ikki qarama-qarshi. qutbda yotganligi uchun ular o'zaro antonimlyk munosabatiga ega bo'ladi. Ko'pincha ikki qarama-Qarshi qutb oraligida bir necha tushunchalar yotadi. Bunday hollarda mantiqiy markazdan dan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar va ularni ifodalovchi so'zlar bir-biri bilan antonim bo'lishi mumkin.
Ayrim hollarda, masalan, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, ochiq-yopiq kabi antonimik juftlik komponentlari orasida mantiqiy markaz yo'qday, uni belgilash ham mumkin emasday ko'rinadi. Bunday hollarda oraliq hodisaning yoki mantihiy markazning shu tilda o'z ifodasini topmaganligi, reallashganligi sabab bo'ladi. Biroq, bunday antonimik juftliklarni atroflicha, chuqurroq o'rganish tufayli ularning komponentlari orasida (ularni) birlashtiruvchi oraliq hodisa mavjudligini aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, «issiq», «sovuq» deb ataladigan yoki shartli ravishda + , — bilan ko'rsatiladigan haroratlar o'rtasida O belgisi bilan belgilanadigan kritik harorat mavjuddir.
Mantiqiy markazni hisobga olmaslik tufayli antonim komponentlarini belgilashda ayrim xatoliklar ro'y berishi mumkin. Masalan, ayrim ishlarda antonim sifatida qish-bahor, yoz-kuz so'zlari tavsiya etiladi. Holbuki, fasllar doirasiga ko'ra qish-yoz antonim bo'lib, bunda bahor oraliq hodisa hisoblanadi. Shuningdek, bahor-kuz antonim bo'lib ularga nisbatan bunda yoz mantiqiy markaz rolini bajaradi.
Yana bir misol: Ba'zi ilmiy ishlarda hayot va o'lim so'zlari antonim sifatida tilga olinadi. Holbuki, bu ikki so'zni bildirgan tushunchalar orasida mantiqiy markaz yoki oraliq hodisa yo'q. Bu nuqtai nazardan qaraganda haqiqiy antonimlar hayot va o'lim emas, balki tug'ilish va o'lish bo'lishi mumkin, chunki, bu ikki tushuncha o'rtasida oraliq hodisa (mantiqiy markaz) — yashash, hayot tushunchasi mavjud. Bu qoidaga izchillik bilan amal qilinsa, sayoz-chuqur so'zlari ham antonim bo'la olmay qoladi, chunki, ularning har ikkisi ham suv sathiga nisbatan olingan. Suv sathi mantiqiy markaz deb faraz qilinsa, natijada ularni bir-biriga tom ma'noda qarama-qarshi qo'yib bo'lmay qoladi. Shuningdek, baland-past so'zlarini ham antonim sifatida tekislik ustidagi bo'yi turlicha narsalarga nisbatan emas, balki tekislikning ustki va ostki tomonlaridagi tushunchalarga nisbatangina qo'llash mumkin. Mantiqiy markaz qoidasi tilshunoslikda yangi bir hodisa bo'lib, hali uni atroflicha o'rganishga to'g'ri keladi.
XULOSA.
O’zbek tilida antonimlarning leksik-semantik tuzilIshini o'rganish quyidagn xulosalarni chiqarishga imkon beradi.
1. Ayrim asarlarda ko'rsatilganidek antonimlar faqat turli o'zakli so'zlardan emas, balki bir xil o'zakli so'zlardan ham yasaladi. Bunday antonimlar asosan sifat kategoriyasiga xos bo'lib, ularning ko'pi -li, -siz, -bo, -be, -no kabi yasovchi affiks (suffiks va nrefiks)lar, tabiiy, inqilobiy tipidagi asli arabcha sifatlarga -g'ayri, -aksil kabi elementlar qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi.
Internasional so'zlar doirasida ot va sifatlarga -anti,-an,-kontr kabi element (prefiks)lar ko'shnsh bilan zid ma'noli so'zlar hosil hilinadi: fashist-anti-fashist, organik-anorganik, revolyusiya-kontrrevolyusiya kabi.
1. Ba'zi asarlarda -li, -siz affikslari vositasidaantonimlar hosil bo'lishi93 ta'kidlangan bo'lishiga qaramasdan, keyiigi ayrim asarlarda bunday affikslar vositasida antonimlar yasalishi inkor etiladi.Kuzatish, -li, -siz affikslari vositasida ham antonimlar yasalishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu ishda -li, -siz affikslari vositasida yasalgan sifatlar hay hol larda antonimlar yasashi mumkinligini ko'rsatuvchi kriteriyalarni belgilashga haraqat.qildik.
3. Nutq jarayonida bir-biriga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi mumkin bo'lgan har qanday so'zlar ham antonim bo'lavermaydi. Masalan. ayrim tilshunoslar antonim hisoblab kelgan ota-ona, aka-uka kabi qarindoshlik nomlari, o'qidi-o'qimadi kabi fe'lning bo'lishli va bo'lishsiz formalari antonim bo'lolmaydi.
Chunki aka-uka tipidagi otlar bir-birini inkor etmaydigan, bir vaqtda parallel mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan predmetlarni bildiradi. Shuningdek, o'qidi-o'qimadi tipidagi fe'llar bir-biriga qarama-qarshi yo'nalmagan harakatni bildiradi.
4. Ko'pgina so'zlarning antonimik darajasini belgilashda mantiqiy markaz deb atalgan qoida katta yordam beradi. Ma'lumki, antonimlar bir-biriga qarama-qarshi turadigan ikki qutbdagi tushunchalarni bildiradi, binobarin, bu ikki qarama-qarshi qutb orasida qandaydir bir oraliq hodisa (tushuncha)— mantiqiy markaz bo'lishi kerak. Masalan, (juda) yaxshi— (juda) yomon o'rtalig'ida o'rta, qoniqarli kabi tushuncha, chap-o'ng oralig'ida o'rta, to'g'ri kabi, pastlik yoki chuqurlik (jarlik) bilan balandlik yoki do'nglik, tepalik kabi tushunchalar markazida tekislik tushunchalari mavjud. Bu qoidaga ko'ra qish-bahor, yoz-kuz kabi yonma-yon yoki birin-ketin keladigan hodisalarning nomi emas, balki ularning har birida teng uzoqlikdagi tushunchalarni bildiradigan nomlar o'zaro antonim bo'lishi mumkin. Masalan, qish va yoz, bahor va kuz so'zlari bir-biriga nisbatan antonim bo'ladi. Chunki bu fasllar orasida keladigan fasllarning nomlari ularga nisbatan mantiqiy markaz vazifasini o'taydi.
Issiq-sovuq, yaqin-uzoq, ochmoq-yopmoq kabi ayrim antonimlarda mantiqiy markaz reallashmagan bo'ladi. Biroq bunday antonimik juftliklarni atroflicha, chuqurroq o'rganish tufayli ularda ham mantiqiy markaz mavjudligini aniqlash mumkin. Mantiqiy markazni topish mumkin bo'lmagan hollarda, so'zlarning antonimligi ularning boshqa umumiy belgilari asosida aniqlanadi.
5. Turkiy tillarda antonimlar maxsus o'rganilgan ilmiy ishlarda ularning tuzilish jihatdan turlari 6 xill bo'lishi ko'rsatilgap95. Biz to'plagan material antonimlarning morfologik strukturasi ancha murakkabligini va tuzilish jihatdai 30 xildai ortiq ekanligini_ ko'rsatdi. Gap shundaki, antopimlar hosil qilishda faqat tub yoki yasama so'zlargina emas, qo'shma, juft va takroriy so'zlar, shuningdek, frazeologik iboralar ham ishtirok etadi. Antonimlar hosil qilishda hamma leksik birliklarning qatnasha olishi antonimlarni tahlil qilishda va ularning lug'atini tuzishda faqat azob-rohat, boadab-beadab kabi tub-tub, yasama-yasama kabi antonimlar bilan cheklanmasdan96, balki tub-yasama, tub-qo'shma, tub-juft, tub-takroriy, tub-frazeologik iboralar (botir—chumchuq pirr etsa yuragi shirr etadigan) singari antonimik juftliklarni ham ko'zda tutish lozimligini taqozo qiladi.
Antonimik juftlikni hosil qilishda barcha leksik va frazeologik birliklarning ishtirok eta olishi o'zbek tilining antonimlarga g'oyat boy ekanligini ko'rsatadi.
6. Antonimiya hodisasi, boshqa til hodisalari kabi, o'ziga yaqin hodisalar bilan, ayniqsa sinonimiya hodisasi bilan yaqin bog'langan bo'ladi. Antonim hosil qiluvchi so'zlarning o'zini o'rganish bilan cheklanmasdan, bunday so'zlarning sinonimlari bilan taqqoslab o'rganish tilda antonimik juftliklardan tashqari antonimik gruppalar ham mavjudligini ko'rsatdi.
Ma'no jihatdan ikki qarama-qarshi sinonimik qator (yoki to'p)dagi so'zlar qarshi guruhdagi har bir so'z bilan, ayniqsa, dominant so'z bilan antonimik munosabatga kirisha olgan taqdirdagina ular antonimik guruh tarkibiga kira oladi.
7. Ba'zi asarlarda to'la antonimlar o'z sinonimiga ega bo'lmagan yakka ma'noli so'zlardan hosil bo'ladi deb ko'rsatilgan edi. Mavjud materiallarni o'rganish:
ta'sirli-ta'sirsiz, baxtli-baxtsiz kabi ko'p ma'noli so'zlar sinonimi bo'lish-bo'lmasligidan qat'i nazar to'la antonim bo'la olishini ko'rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |