18.3. Investitsiyani hisoblashda diskontlangan qiymat
Investitsiya qo`yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo`ladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat
mezoni ishlatiladi. Bu mezonga ko`ra, agar olinadigan daromad
investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo`lsa, investitsiya amalga oshiriladi.
Faraz qilaylik, investitsiya hajmi boshlang`ich ishlab chiqarish yili
uchun (t 0) I ga teng; - kutiladigan t -yildagi (t 1,2,...,T)
daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng:
-
NPV I
|
R1 C1
|
|
R2 C2
|
...
|
RT CT
|
,
|
(1 i)
|
(1 i)2
|
|
|
|
|
(1 i)T
|
bu yerda, i - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi i foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka bo`lishi mumkin. T - loyihani faoliyat ko`rsatish muddati.
Ba`zi hollarda diskont normasini asosiy kapitalga qo`yilgan al`ternativ xarajat sifatida qarash mumkin.
Agar NPV 0 bo`lsa, investitsiya o`zini oqlaydi, ya′ni keltirilgan foyda qo`yilgan investitsiya qiymatidan katta. Agar NPV 0 bo`lganda investitsiya o`zini oqlamaydi.
318
Loyihaning
|
ishlash
|
muddati cheksiz bo`lganda t , sof
|
keltirilgan qiymat quyidagicha hisoblanadi:
|
NPV I
|
R C
|
.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
i
|
Investitsiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga ko`ra,
|
investitsiya o`zini oqlaydi, agar
|
NPV I f (i) 0 bo`lsa.
|
|
|
T
|
R C
|
|
|
|
Bu yerda:
|
f (i)
|
t
|
|
t
|
.
|
|
|
|
1 i
|
t
|
|
|
|
|
t 1
|
|
|
|
|
|
Demak,
|
|
I f (i)
|
investitsiyaga
|
talab funksiyasi. Ushbu
|
funksiyaning grafigi kamayuvchi bo`lib, investitsiya "narxi" bilan, ya′ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar o`rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (18.3-rasm).
i
(i) I
-
18.3 -rasm. Investitsiyaga talab funktsiyasi grafigi
Investitsiyaga talab funktsiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablag` qo`yishi mumkin bo`lgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablag` qo`yish masshtabi kengayadi, ya′ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablag` bilan ta`minlanadi.
Inflyatsiyaning ta′siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o`sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag`lar nisbatini o`zgartiradi. Shuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e`tiborga olinishi zarur.
Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham) bo`lgan narxlarning darajasi o`sganda, ular o`rtasidagi
319
nisbat o`zgarmasa, bunday o`zgarishga balanslashgan inflyatsiya deyiladi. Bunday holda, ya′ni narxlarning o`sish sur`ati bir xil bo`lganda loyihani tahlil qilishda inflyatsiyani hisobga olmasa ham bo`ladi. Nominal narxlardan, nominal foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real foiz stavkasidan foydalanish kerak bo`ladi.
Agar har bir tovar, xizmat va resurs o`zining narx o`sish sur`atiga ega bo`lsa, inflyatsiya balanslashmagan bo`ladi. Balanslashmagan inflyatsiya loyiha bo`yicha hisob-kitoblarni murakkablashtirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |