Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko`ra zarar ko`rish ehtimoli bilan bog`liq bo`lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub′ektlar o`rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub′ektning kutiladigan yo`qotishi nisbatan kichik bo`ladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo`rqmasdan moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta′minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto`g`ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo`lib, uni olish uchun haq to`lash kerak, ya′ni axborot olish xarajat bilan bog`liq, ba′zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo`lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko`rish kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |