Qisqa xulosalar
Monopol hokimiyatga ega bo`lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste′molchi ortiqchaligini egallash orqali qo`shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi. Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o`z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo`lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilishni ko`p hollarda to`xtab qolishini ham ko`rish mumkin.
Narxlar diversifikatsiyasi (narxlarni iste′molchilarning imkoniyatlariga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo`lishi mumkin: iste′molchi daromadiga ko`ra, iste`mol hajmiga va tovarlar turiga ko`ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |