Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Byudjet va pul-kredit siyosati 
 
Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil 
byudjet va pul-kredit siyosati ajratib ko‘rsatiladi. 
Byudjet siyosati
deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi: 
– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini; 
– byudjet xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini; 
– byudjetning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan balanslashmaslik 
chegaralarini; 
– byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini; 
– byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning tamoyillarini. 


23 
O‘z navbatida, byudjet siyosati tarkibida soliq siyosati, inves-
tision siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, byudjet yaxlitligi 
siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati 
soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq 
turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida 
soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga 
soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi. 
Pul-kredit siyosati 
– emissiyani boshqarish, inflyasiyani va 
milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi 
barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va 
tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli 
bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini 
ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi 
va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va 
sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan 
qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali 
moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi. Pul-kredit siyosati 
tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit 
siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investision 
siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash 
kerakki, byudjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda 
asosiy vositalarni o‘stirish va modernizasiya qilishni moliyalashtirish 
tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli 
qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi. 
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit 
orqali muvofiqlashtirish bu davlatning iqtisodiy siyosatining tarkibiy 
qismi hisoblanib, o‘zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining 
muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, hisob-foiz stavkalari va 
boshqa ko‘rsatkichlarini bevosita va bilvosita tartibga solishi 
tushuniladi. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning asosiy pirovard 
maqsadi bu aholi farovonligini oshirish va maksimal ravishda aholi 
bandligini ta’minlash hisoblanadi. 
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit 
orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab 
chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizmi 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish