2-asosiy savol bayoni: Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Respublikaning iqlimi, unumdor tuprog’i, sug’orma dehqonchilik sharoitlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkadan hosil olishga imkon beradi.
Bu tarmoqda sabzi, piyoz, lavlagi, sholg’om, turp, pomidor, karam, bodring, sarimsoq, baqlajon, qovun, tarvuz, qovoq, bargli sabzavotlar (kashnich, ukrop, petrushka va b.), kartoshka ekiladi.
O’zbekistonda sabzavot va polizchilik qishloq xo’jaligining qadimiy tarmog’idir. Asosiy poliz ekinlari bo’lgan qovun, tarvuz va qovoqning vatani O’rta Osiyo hisoblanadi. Xalq seleksionerlari tomonidan qovun va tarvuzning dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida mamlakat sabzavot va polizchiligida ekinlarning tur tarkibi boyib bordi. Masalan, 19 asrning 2 yarmidan Rossiya orqali pomidor, kartoshka, go’lkaram, chuchuk (bolgar) qalampiri, Xitoydan esa rediska va poliz ekinlarining ayrim turlari kirib keldi va asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
16-jadval. Ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish (ming t).
Yillar
Mahsulotlar
|
1993
|
1996
|
1997
|
2005
|
2012 iyun
|
Don
|
2142,4
|
3562,0
|
3775,6
|
6401,8
|
7800,0
|
Paxta
|
4234,5
|
3350,1
|
3645,0
|
3500,0
|
3360,0
|
Kartoshka
|
472,4
|
513,5
|
691,9
|
924,2
|
983,8
|
Sabzavot
|
3038,7
|
2497,4
|
2384,2
|
3517,5
|
1917,2
|
Poliz ekinlari
|
622,3
|
469,7
|
367,6
|
615,3
|
120,9
|
Meva
|
560,1
|
604,8
|
547,7
|
949,3
|
642,8
|
Uzum
|
381,0
|
478,3
|
511,5
|
|
17,6
|
Izoh:Don va paxtadan tashqari, qolgan mahsulotlar 2012 yil, iyun holatiga.
Ayni paytda O’zbekistonda har yili o’rtacha 5,0-5,5 mln tonna sabzavot va poliz ekinlari etishtiriladi. Jumladan, 2005 yilda respublikamizda 222,7 ming gektarga ushbu tarmoq ekinlari ekilib, 3517,5 ming t sabzavot, 615,3 ming t poliz ekinlari, 924,2 ming t kartoshka yetishtirilgan.
Sabzavot mahsulotlari etishtirishda Toshkent viloyati (716,5 ming t), Samarqand (625,0 ming t) va Andijon viloyatlari (461,7 ming t) etakchi. Qoraqalpog’iston Respublikasi va Navoiy viloyatlariga esa mamlakatda yetishtirilgan sabzavotlarning mos holda 1,4 va 2,4 foizi to’g’ri kelgan (2005 y). Polizchilik Sirdaryo (109,9 ming t) va Jizzax viloyatlarida (107,4 ming t) eng yaxshi rivojlangan. Umuman olganda, O’zbekistonda yetishtirilgan poliz mahsulotlarining 1G’3 qismidan ortiqrog’i Mirzacho’l iqtisodiy rayoniga to’g’ri keladi.
Kartoshka hosili bo’yicha Samarqand viloyati Respublikada 1-o’rinda turadi. 2005 yilda mamlakatda yetishtirilgan kartoshkaning 22,6 foizi (208,7 ming t) mazkur viloyat hissasiga to’g’ri kelgan. Shuningdek, Toshkent (15,5 %), Farg’ona (10,6 %), Surxondaryo viloyatlarida (9,4 %) ham kartoshka nisbatan ko’p ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |