Lim vazirligi guliston davlat universiteti


-jadval. O’zbekiston Respublikasi viloyatlar bo’yicha aholining tabiiy harakati koeffitsienti (har 1000 aholi soniga nisbatan) (2012 yil iyun



Download 2,96 Mb.
bet28/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

5-jadval. O’zbekiston Respublikasi viloyatlar bo’yicha aholining tabiiy harakati koeffitsienti (har 1000 aholi soniga nisbatan) (2012 yil iyun)




Tug’ilganlar

O’lganlar

Aholining tabiiy o’sishi

Qoraqalpog’iston Respublikasi

19,2

4,4

14,8

Andijon

17,7

5,1

12,6

Buxoro

16,0

4,2

11,8

Jizzax

19,7

3,8

15,9

Qashqadaryo

19,5

3,9

15,6

Navoiy

18,1

4,6

13,5

Namangan

18,0

4,8

13,2

Samarqand

18,9

4,4

14,5

Surxondaryo

20,6

4,2

16,4

Sirdaryo

19,8

4,8

15,0

Toshkent

18,4

6,0

12,4

Farg’ona

17,6

5,0

12,6

Xorazm

15,6

4,4

11,2

Toshkent shahri

15,9

7,1

8,8

Respublika bo’yicha

18,2

4,8

13,4



6-jadval. Respublikamizda tug’ilish, o’lim va aholining tabiiy o’sishi (ming kishi)

Yillar

Tug’ilganlar soni

O’lganlar soni

Tabiiy o’sish

Har 1000 aholi hisobiga

Tug’ilish

O’lim

Tabiiy o’sish

1980

540,0

118,9

421,1

33,9

7,5

26,4

1985

679,1

131,7

547,4

37,4

7,3

30,1

1986

708,7

132,2

576,5

37,9

7,1

30,8

1987

714,4

133,8

580,6

37,3

7,0

30,3

1988

694,1

134,4

559,4

35,3

6,8

28,5

1989

668,8

126,9

541,9

33,3

6,3

27,0

1990

691,6

124,5

567,1

33,7

6,1

27,6

2000

531,0

136,3

394,7

21,5

5,5

16,0

2003

508,4

135,9

372,5

19,8

5,3

14,5

2004

533,1

130,0

403,2

20,5

5,0

15,5

2013

675

145

530

18,2

4,8

13,4

Tashqi migratsiyada asosan shahar aholisi qatnashadi. Shu sababli, asosan rusiyzabon aholi yashaydigan sanoat markazlari (Angren, Chirchiq, Olmaliq)da 1991 yilga nisbatan aholi kamaygan. Qolaversa, Toshkent shahrida ham aholi soni oxirgi o’n yillikda deyarli o’smagan. 2012 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo’yicha ko’chib kelganlar soni 68,6 ming kishini tashkil qildi. Shu davrda ko’chib ketganlar 84,8 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya qoldig’i minus 16,2 ming kishini tashkil qilgan. 2013 yil immigratsiya (mamlakatga ko’chib kelish) 4,5 va emigratsiya (mamlakatdan ko’chib ketish) 45 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, qoldiq -40,5 ming kishiga to’g’ri kelmoqda.


4-asosiy savol bayoni: Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi o’zgarishlar uning milliy, jinsiy va yosh tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston ko’p millatli mamlakat, bu erda 100 dan ortiq millat va elat vakillari teng huquqli bo’lib yashaydilar. 1989 yilgi aholi ro’yxatiga muvofiq o’zbeklar jami aholining 71,4 foizini tashkil etgan. Hozirgi kunga kelib tashqi migratsiya natijasida o’zbeklarning ulushi yanada ko’payib 2013 yilga kelib 82,9 foizga etdi.
O’zbekistonda Qoraqalpoqlar ikkinchi tub aholi hisoblanadi. Ularning umumiy soni 562,8 ming kishi bo’lib, mamlakat aholisining 2,5 foizini tashkil qiladi. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi (95 foiz) Qoraqalpog’iston Respublikasida yashaydi. Respublikada qadimdan tojiklar ham juda ko’p, ular mamlakatimiz aholisining 4,8 foizini tashkil etadi. Tojiklar asosan Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlarida joylashgan. Tojiklar shuningdek, qisman Surxondaryo, Farg’ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar-4,0 foiz ko’proq Qoraqalpogistonda, Toshkent va Navoiy viloyatlarida.
Sobiq Ittifoq davrida mamlakatimizda ruslarning soni ancha ko’p edi. 1989 yilgi aholi ro’yxatiga ko’ra ruslar O’zbekiston aholisining 8,2 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilga kelib bu raqam 2,7 foizgacha kamaydi. Ayni paytda ham ruslarning Respublikamizdan tashqariga ko’chib ketishi davom etmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizda qirg’iz, turkman, ukrain, tatar, boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning ko’pchiligi shahar joylarida istiqomat qiladi.
Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko’rsatkich hisoblanadi. Bunda mehnat resursining, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning, nafaqaxo’rlarning hozirgi va kelajakdagi soni ayniqsa, ahamiyatlidir. Aholining jinsiy va yosh tarkibi istiqbolni belgilash, aholini takror barpo qilish uchun ham zarur ko’rsatkich. Masalan, agar jinslar nisbatan teng yoki yaqin bo’lsa, aholining tarkibida yosh avlod salmog’i katta bo’lsa, nikohlanish va tug’ilish (va binobarin, tabiiy o’sish) imkoniyati katta bo’ladi.
Mamlakatda aholining jinsiy va yosh tarkibi ham ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ob’ektiv sabablarga ko’ra o’zgarib turdi. 1989 yilda o’tqazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonda aholining 51,6 foizini erkaklar va 48,4 foizini ayollar tashkil qilgan edi. Biroq, bu nisbat ikkinchi jahon urushi yillarida buzildi, ya’ni erkaklar soni ob’ektiv sabablarga ko’ra ancha kamaydi.
2 jahon urushiga erkaklarni safarbar qilish natijasida aholining mutlaq miqdori bir million kishiga kamaydi va 1959 yilda o’tkazilgan aholi ro’yxati bo’yicha erkaklar soni 48 foizga tushib qoldi, ayni paytda ayollar umumiy aholining 52 foizini tashkil qildi.
Urushdan keyingi yillarida respublikamiz aholisining jinsiy tarkibidagi nomutanosiblik asta-sekin barham topa bordi. 1989 yilga kelib xotin-qizlar erkaklarga nisbatan 242 ming kishi ortiq edi xolos. Ya’ni shu yilda O’zbekiston aholisining 49,4 foizini erkaklarga, 50,6 foizi ayollarga to’g’ri kelgan. Hozirda aholi tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli o’zaro tenglashdi.
Mustaqillik yillarida mamlakat aholisida ayollar bilan erkaklarni ulushi tobora bir-biriga yaqinlashib kelmoqda. Masalan, 2003 yilda mamlakat aholisining 49,8 foizini erkaklar 50,2 foizini ayollar tashkil qildi, ya’ni 1000 erkakka 1026 ayol to’g’ri keldi. 2006 yilda kelib ayollar bilan erkaklar orasidagi farq deyarli tenglashdi. Shu yilda mamlakatimizda 13167,6 ming ayollar, 13145,1 ming erkaklar ro’yxatga olingan, ya’ni, ayollar atigi 22,5 ming kishi ortiq, xolos.
Mamlakatimizda tabiiy o’sishning yuqoriligi aholining yosh tarkibiga katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Shuning uchun ham aholi nisbatida yosh bolalar va o’smirlarning salmog’i katta. 1989 yilda o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlari bo’yicha mamlakatimiz aholisining 40,8 foizini 0-14 yoshdagi bolalar va o’smirlar, 28,3 foizini 15-29 yoshdagilar, ya’ni umumiy aholining 69,1 foizini bolalar, o’smirlar va mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan yoshdagilar tashkil etgan.
Biroq, O.Otamirzaev va A.Qayumovlarning ma’lumotlariga qaraganda, urush va undan keyingi dastlabki davrlarda tug’ilish nisbatan kam bo’lgan. Mamlakat aholisining hozirgi soni va tarkibida 1950 yillardan keyin tug’ilgan kishilarning umumiy soni 16,7 million kishi (umumiy aholining 84,5 foizi) ga teng. Shundan 44,6 foizi esa bolalar va o’smirlarga to’g’ri keladi. Tug’ilish va tabiiy ko’payish 1980-1990 yillarda birmuncha barqarorlashdi. Bu shahar bilan qishloq joylarda bir xil kechmayapti, albatta. Masalan, qishloq joylarda respublikadagi jami bolalar va o’smirlarning 80 foizidan ortig’i yashamoqda.
Istiqlol davrida O’zbekistonda aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi aholining ulushi ortib bormoqda. Chunonchi, 1991 yilda mamlakatimiz aholisining 43,1 foizini 15 yoshgacha bo’lganlar, 49,1 foizini mehnat yoshidagi aholi qolgan 7,8 foizini qariyalar tashkil etgan. 2003 yilga kelib yoshlar-37,8, mehnat yoshidagilar-55,0, keksalar esa 7,2 foizga teng bo’lgan. Shunday qilib, aholi yosh tarkibidagi yuqori ko’rsatkichlar mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning istiqbollarini belgilab beradi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish