Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet27/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

3-asosiy savol bayoni: O’zbekiston aholisi asosan tabiiy ko’payish natijasida oshib bormoqda. Bu omilning roli hamma vaqt ham yuqori bo’lgan. Eng so’nggi yillarda esa u aholi soni o’sishining birdan bir manbai bo’lib kelmoqda. Biroq, ta’kidlash joizki, 90-yillarda aholining takror barpo bo’lish jarayonida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Endilikda respublikamizni an’anaviy holatda tug’ilish yoki tabiiy ko’payish yuqori mamlakat sifatida ta’riflash uncha to’g’ri emas.
Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi. Masalan, tug’ilish 1990 yilda 33,7 promillega teng bo’lgan holda 1999 yilda u birdaniga 22,3 promillega tushib qolgan, ya’ni bu qisqa davrda mazkur ko’rsatkich 11,4 punktga yoki 1,5 martaga kamaygan. 1912 yil iyundagi holatda tug’ilish-18,2, o’lim-4,8 va tabiiy o’sish-13,4 promillega teng bo’lgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda tug’ilish darajasi ancha past.
Viloyatlar bo’yicha tug’ilish nisbatan yuqori ko’rsatkichlari Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Qoraqalpog’iston Respublikasida va Surxondaryoda, ularning past darajasi esa Xorazm va Buxoro viloyatlarida kuzatiladi. Tabiiy ko’payish esa yuqori Qoraqalpog’iston Respublikasida, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryoda, past ko’rsatkich esa Xorazm, Farg’ona, Buxoro, Toshkent viloyatlarida (5-6-jadvallar).
Respublika aholisining ko’payishida tashqi migratsiyaning ham roli bor. Ammo bu omilning ijobiy ta’siri ko’proq avvalgi yillarga to’g’ri kelgan. O’tgan asrning 70 va xususan 80-yillar oxiridan boshlab ushbu jarayon O’zbekiston uchun manfiy natijaga ega bo’lgan. O’zbekistondan tashqariga ketganlarning eng ko’p miqdori 1990 yilda kuzatiladi. Shu yili kelganlar soni ham nisbatan ko’p bo’lgan. Buning natijasida migratsiya qoldig’i 121 ming kishini tashkil qilgan. 1994 yilda ketganlar soni avvalgi yillarga qaraganda uncha ko’p bo’lmasada, ammo kelganlar juda ozchilikni tashkil qilgan (mos ravishda 179 va 38 ming k.), oqibatda migratsiya qoldig’i ko’rilayotgan davrda eng yuqori bo’lgan (-141 ming kishi).
L.P.Maksakova va O.B.Otamirzaev ma’lumotlariga qaraganda 1991-1997 yillarda Respublika shahar joylari bo’yicha netto-migratsiya, ya’ni sof salbiy migratsiya qoldig’i rus millatiga mansub bo’lganlarda 302 ming, tatarlarda 95, yahudiylarda 50, ukrainlarda 28, nemislarda 20 ming kishini tashkil etadi. Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, O’zbekiston Ukraina va Qozog’iston davlatlari bilan ham bo’lgan aholi aloqalarida ancha ko’p manfiy migratsiya qoldig’iga ega, uning musbat natijasi esa asosan qo’shni Tojikiston hisobidan yuzaga keladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish