21-mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni iqtisodiy geografik o’rni.
2. Qoraqalpog’iston Respublikasi to’g’risida tushuncha.
3. Xorazm viloyati to’g’risida tushuncha.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, aholi, mehnat resurslari, xo’jalik, ixtisoslashuv, tashqi aloqalar, ma’muriy birliklar.
1-asosiy savol bayoni: O’zbekistonning Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni o’z tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatini oladi. Ushbu tarkibda uning maydoni 172,6 ming km2 yoki mamlakat hududining 38,4 foizini tashkil etadi. U bu jixatdan O’zbekiston Respublikasining eng katta iqtisodiy rayoni hisoblanadi.
Rayon aholisi, 2002 yil ma’lumotiga ko’ra, 2910 ming kishi bo’lib, bu mamlakat aholisining 11,6 foiziga teng. Aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km2 maydonga 17 kishi, umumiy urbanizatsiya darajasi 36,9 foiz.
Asosiy rayon hosil qiluvchi omil bo’lib uning iqtisodiy geografik o’rni xizmat qiladi. Rayon, o’z nomiga mos holda, Amudaryoning quyi oqimida, Orol dengizining janubiy qismi va O’zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbiy chekkasida, yaqin va «Uzoq» xorij mamlakatlarga chiqish joyida o’rnashgan. Quyi Amudaryo rayonining bunday iqtisodiy-geografik va geosiyosiy mavqei uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ichki investitsiya makonini yaratish hamda mamlakat iqtisodiyotini jahon xo’jaligi tizimida integratsiya (aloqa) qilishiga imkon beradi.
Ikkinchi rayon hosil qiluvchi omil uning gidrografik birligidir. Ushbu hududning tarixi, hozirgi holati va istiqboli ko’p jihatdan Amudaryoga borliq qadimda bu o’lkada sug’orma dexqonchilik madaniyatining rivojlanganligi va u bilan bog’lik fan, savdo kabi sohalarning yuqori darajada taraqqiy etganligi sir emas. Mintaqa iqtisodiyotining hozirgi holati ham aynan ana shu rayon «umurtqasi»—Amudaryoga asoslanadi. Zero, qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi, qayta ishlash sanoati eng avvalo mazkur gidrografik omil negizida vujudga kelgan. Ayni vaqtda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonning kelajagi, takdiri qam asosan suv, xususan Orol dengizi muammosi bilan bog’liq. Chunki bu rayon dengizning chekinayotgan, antropogen cho’llashuv jarayoni avj olayotgan qismida joylashgan.
Mamlakat mehnat taqsimotida rayon paxta, sholi, jun, o’simlik yog’i, gilam kabi mahsulotlarni etishtirishda muhim o’ringa ega. Binobarin, bu erda ixtisoslashgan, ya’ni rayon hosil qiluvchi xo’jalik tarmog’i sifatida paxtachilik, donchilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat, engil sanoatning ayrim tarmoqlari xizmat qiladi. So’nggi yillarda mintaqada tog’-kon kimyosi, qurilish materiallari va to’qimachilik sanoati rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga rayonda halqaro turizmni rivojlantirish imkoniyati ham mavjud.
Amudaryo iqtisodiy rayoni ichki jihatdan O’zbekistonning ikki, turli kattalikdagi ma’muriy hududiy birliklaridan iborat. Masalan. Qoraqalpog’iston Respublikasi o’zining maydoni bo’yicha qo’shni Xorazmdan 26,2 marta katta. Ayni vaqtda ularning aholi soni miqdorida bunday tufovut yuq.
Ushbu hududlar o’zlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari bilan ham tubdan farq qiladi. Agar Xorazm viloyatida qazilma boyliklar deyarli mavjud bo’lmasa, Qoraqalpog’iston bu borada ancha ajralib turadi. Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining demografik, tabiiy geografik va resurs salohiyatining bir xil emasligi ularda iqtisodiyotning o’ziga xos yo’nalishlarini shakllanishiga olib keladi. Ayni chog’da xuddi shu noo’xshashlik ushbu hududning iqtisodiy integratsiyasini, o’zaro hamkorlikda, yagona iqtisodiy makonda rivojlanishini taqozo etadi.
Iqtisodiy rayon O’zbekiston Respublikasi aholisining 1G’10 qismidan kuprog’ini tashkil qilgan holda uning 7,3 foiz yalpi ichki mahsuloti, 4,5 foiz sanoat hamda 8.8 foiz qishloq xo’jaligi mahsulotini beradi. Rayon tarkibida esa Xorazm viloyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari nisbatan yuqoriroq Chunonchi, uning xissasiga mintaqa sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xajmining 60—70 foizi to’g’ri keladi, vaholanki viloyatning hududiy va demografik salohiyati Qoraqalpog’istonga ko’ra ancha kamroq. Shu bilan birga Qoraqalpog’istonda umumiy ekin maydoni, investitsiya xajmi va tashqi savdo oboroti birmuncha ko’proq. Iqtisodiy rayonning shunga o’xshash ichki xususiyatlarini uni tashkil etuvchi ma’muriy birliklarning taxlilida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |