Aholisi va mehnat resurslari. Aholi soni 1989—2002 yillarda 1211 ming kishidan 1541 mingga etgan, yoki shu davrda 127,3 foizga o’sgan (O’zbekiston Respublikasi bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha 127,0 foizga teng), jami aholi sonining 48,2 foizi shaxar joylarda yashaydi. Qolgan qismi 1200 ga yaqin ovul va qishloqlarga to’g’ri keladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida aholi zichligi 1 km2 ga atigi 9 kishidan iborat. Tabiiyki, bu «o’rtacha» ko’rsatkich Nukus shaxri atrofida hamda intensiv dexqonchilik rivojlangan hududlarda ancha yuqori.
Keyingi yillarda aholi joylashuvida janubga nisbatan «siljish» kuzatilmoqda. Bu asosan Orol bo’yi mintaqasidagi noxush ekologik vaziyat tufayli vujudga kelmoqda. Masalan, Mo’ynoq tumanida 1989 yilda 27,4 ming aholi yashagan bo’lsa, 2001 yilda u atigi 1,7 mingga ko’paygan, holos. Vaholanki, Beruniy, To’rtko’l, Amudaryo kabi tumanlarda demografik o’sish ancha yuqori bo’lgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi joylashuvi (zichligi) turli tumanlarda xar xil. Masalan, eng yuqori ko’rsatkich Amudaryo tumanida kuzatilsa (136 kishi), uning eng past darajasi Qo’ng’irot tumaniga to’g’ri keladi. Ushbu tuman nafaqat Qoraqalpog’istonda, balki O’zbekiston mamlakatida ham eng katta ma’muriy birlik hisoblanadi. Qo’ng’irot tumani Qoraqalpog’iston maydonining 46 foiz, Respublika hududining 16,6 foizini tashkil qilgan holda bu erda xar 1 ming kv. km. ga atigi 1,5 kishi to’g’ri keladi, holos. Chunonchi QR. bo’yicha tug’ilish 24,1 va o’lim 5,6 promillega teng. Ushbu demografik jarayonlarda hududiy farqlar uncha katta emas. Eng yuqori tug’ilish koeffitsienti Amudaryo tumanida, o’limning eng past darajasi esa Bo’zatovda kayd qilingan (2000 yil yakunlari bo’yicha). Ammo bolalar o’limi ko’rsatkichlarida sezilarli tafovutlar kuzatiladi. Masalan, 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi QR. bo’yicha xar ming tug’ilganlarga nisbatan 24,9 ni tashkil qilgan holda, u Chimboy shaxrida 49,3, Qorao’zak shaxarchasida 48,5, Taxtako’pir shaxarchasida 51,4 va Shumanay shaxarchasida 45,4 kishiga teng.
Ekologik vaziyatning noqulayligi sababli aholining migratsiya xarakatlari ham bu erda salbiy natijalarga ega. Jumladan, birgina 1998 yilda QR. ning shaxar joylarida migratsiya qoldig’i, ya’ni kelganlar bilan ketganlar nisbati minus 3 ming, qishloq joylarda esa—1750 kishiga barobar bo’lgan. 1997 yilda bu raqamlar, yuqoridagilarga mos holatda— 3168 va 1729 kishini tashkil qilgan.
Jami aholidan 738 ming kishi 15 shaxar va 16 shaxarchalarda va 789 ming kishi qishloq joylarda yashaydi. Eng katta shaxar — QR. poytaxti Nukus bo’lib, unda 211 ming aholi istiqomat qiladi. Xo’jayli, Beruniy va Taxiyatosh o’rta shaxarlar qatoriga kiradi. Chimboy, To’rtko’l, Mangit va Qo’ng’irot shaxarlarining xar biriga 30 — 50 ming aholi to’g’ri keladi. Qolgan shaxarlarda aholi soni bundan kam.
Nisbatan katta qishloqlar asosan qadimdan sug’orilgan hududlarda joylashgan. 2000 yil ma’lumotlariga ko’ra, QR.da mehnatga layoqatli yoshdagi aholining soni 753 ming kishi, ish bilan band bo’lganlar esa 489 ming kishi. Rasman ishsiz sifatida 8500 ga yaqin kishi kayd qilingan. Jami band bo’lgan aholining 34,7 foizi qishloq xo’jaligiga, 9,1 foizi sanoatga, 8,7 foizi qurilishga, 15,5 foizi ta’lim, madaniyat va san’at, fan va fan xizmatiga to’g’ri keladi. Bir yilda (2000 i.) qishloq xo’jaligidan taxminan 700 kishi bo’shagan, 14,5 ming kishilik yangi ish o’rinlari yaratilgan. Shu yili mehnat birjalariga ish surab 34,7 ming kishi murojaat qilgan, shundan 58 foizi ish bilan ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |