Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet65/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Sement sanoati. Resupblikadagi qurilish indo’striyasining birinchi korxonasi 1913 yil qurila boshlagan Xilkova sement zavodi (hozirgi Bekobod sement kombinati)dir. 1927 yili O’zbekistonda hammasi bo’lib 7,7 ming t. sement olishga muvaffaq bo’lingan. Respublikaning sementga bo’lgan ehtiyojini ortishi tufayli 1932 yilda Quvasoy sement zavodi ishga tushurildi.
Urushdan keyingi yillarda Angren (1947 y.) keyinchalik Ohangaron (1962 y.) va Navoiy (1977 y.) sement kombinatlari ishga tushurildi. Hozirda respublika sement tarmog’ida yiliga 5 mln. t. dan ko’proq sement ishlab chiqaradigan 5 yirik korxona ishlaydi. Sement korxonalarida sementning hamma turlari, shifer, asbosement quvurlar, mineral paxta (vata) va undan tayyorlangan buyumlar, sement qum cherepitsalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublikada yiliga 470 mln. shartli taxta (plita) hisobida shifer ishlab chiqariladi. Tekis va to’lqinsimon shiferlar Ohangaron, Quvasoy, Bekobod sement kombinatlarida tayyorlanadi.
Toshtaroshlik (toshga sayqal berish) ham qurilish materiallari sanoatida alohida ahamiyat kasb etadi. Bir tomoni tog’lar bilan tutashib ketgan aksariyat viloyatlarimiz hududlarida toshtaroshlik yaxshi rivojlangan. Sanoatning mazkur turi, ayniqsa, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida rivojlangan. Tabiiy toshlar (marmar va granitdan) ishlangan qoplama materiallari va bloklar Markaziy Osiyo meO’morchiligida ko’p ishlatilgan. Qoplama toshlar zahiralari, xilma-xilligi va rangli bo’yicha O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida etakchi o’rinda. Buni O’zbekiston Respublikasi prezindenti I.A.Karimovning ushbu so’zlari ham tasdiqlaydi: "Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbob toshlar olinadigan ko’plab konlar noyob tabiiy omborlar bo’lib, ular butun Evrosiyo zonasidagi eng yirik konlardir.
Qoplama toshlarning (bezakbop toshlarning) umumiy zaxirasi 85 mln. kubometrdan ortib ketadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuz yillar davomida xom ashyo bilan ta’minlaydi. 3
Respublikada 30 dan ortiq marmar, granit, travertin (g’ovak ohaktosh), tuf (g’ovak tog’ jinsi) va boshqa tog’ jinsi konlari topilgan. Mamlakatimiz tabiiy toshlari zavod va kombinatlarda sayqal berilishi bilan ishlab chiqarishga jo’natiladi. Ayniqsa, bu borada G’ozg’on marmarining dovrig’i juda mashhur. Respublikamizning ko’pgina shaharlarida, shuningdek, Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Novosibirsk, Boku, Bishkek va Dushanbe shaharlarida qurilgan arxitektura inshootlari hamda metro stantsiyalarida G’ozg’on marmaridan bezak sifatida foydalanilgan. Ayni paytda marmar G’ozg’ondan tashqari, Nurota, Zarband va Orkutsoydan, granit Langar, Sevasoy, Chorkesardan, travertin Chustdan qazib olinadi.
Tarmoqning yirik korxonalari sirasiga 1970 yilda ishga tushgan G’azalkent toshga ishlov berish kombinati (yillik quvvati 150 ming m² tosh plita), 1976-95 yilda tashkil etilgan Toshkent toshga ishlov berish kombinati (quvvati 88 ming m²), Nukus granit-marmar zavodi (70 ming m²), "Qashqadaryomarmar" (quvvati 25 ming m²) "Samarqandmarmar" (quvvati 22 ming m²) birlashmalari va Surxondaryoda "Konpurtepa" granit kombinati kabilar kiradi. Bu korxonada ishlab chiqrailgan mahsulotlar respublika ehtiyojlarini to’la qondirib, bir qismi eksportga ham chiqariladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish