Sanoati. Qashqadaryo viloyati O’zbekiston Respublika sanoati mahsulotining 8,3 foizini beradi. Bu erda xususan yoqilg’i-energetika va engil sanoat yaxshiroq rivojlangan. Masalan, viloyat mamlakatning 1G’3 qismidan ortiqroq yoqilg’i sanoati hamda 12 foiz paxta tozalash sanoati maxsulotini ta’minlaydi.
Viloyat sanoatining ichki tuzilishida ham aynan ana shu tarmoqlar etakchilik qiladi: yoqilg’i sanoatining ulushi (mahsulot qiymati bo’yicha) 56,4 foiz, engil sanoat—18,1, oziq-ovqat 9,2, un-krupa, omuxita em sanoati —7,1 foiz. Ayni vaqtda sanoatning boshqa tarmoqlari, masalan, mashinasozlik sust rivojlangan. Yaqin kelajakda kimyo va elektr energetika sanoati mavqeining ancha ko’tarilishi kutilmoqda. Hozirgi davrda viloyatning elektr energegikasi Muborak markazlashgan issiqlik elektr stantsiyasiga hamda qurilayotgan, mamlakatda eng yirik Tollimarjon IESiga asoslanadi (2004 yilda ishga tushirilishi mo’ljalangan). 2000 yilda sanoat mahsuloti 3,4 foiz ga ko’paydi. Ana shu yilda viloyatda 93 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasida band bo’lgan ishchi xodimlar 27,4 ming kishini tashkil qilgan. Bir yilda taxminan 0.5 mln. kVtG’s elektr energiyasi, 3,8—4,3 mln.t. neft, 3,5 mln. t. atrofida gaz kondensati (suyultirilgan gaz), 300 ming tonnaga yaqin oltingugurt, 5,2 mln. m2 ip-gazlama, 110 ming tonna paxta tolasi, 20 ming tonnadan ziyodroq o’simlik yog’i, 75 mln. shartli banka konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Nisbiy ko’rsatkichlarda hisoblaganda Qashqadaryoga O’zbekistonda qazib olinadigan neftning (gaz kondensati bilan birga) 95 foizi, tabiiy gazning 92 va oltingugurtning deyarli 100 foizi to’g’ri keladi.
Sanoatning hududiy tashkil etilishida Qarshi, Shaxrisabz tugunlari katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga Muborak (IEM, gaz-kimyo majmuasi), Kosoy (yog’-ekstrakt, paxta tozalash, g’isht zavodi), Sho’rtan (gaz-kimyo), Tollimarjon (IES), Ko’kdumaloq (neft sanoati), Chiroqchi (konserva zavodi) va boshqa sanoat punktlarining axamiyati ham oshib bormoqda. Qarshi va Qamashida to’qimachilik korxonalari, Shaxrisabzda konserva, ipakchilik, aksariyat tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari mavjud.
Jami sanoat mahsulotining 27 foizi viloyat markazi-qarshi shaxriga to’g’ri keladi. Muborak tumanida sanoat mujassamlashuv ko’rsatkichi bundan ham yuqori—52 foiz. Demak, ushbu tuman viloyat sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Shaxrisabz, Kosoy tumanlari o’rtacha mavqega ega, biroq Dexqonobod va Baxoriston tumanlarida sanoat nixoyatda sust rivojlangan. Ushbu muammo jumladan, G’uzor, Kitob, Chiroqchi Nishon va Kamashi tumanlariga ham taalluklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |