O‘quv fani bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Algebra va sonlar nazariyasi fani bakalavriatning dastlabki ikki kursida o‘qitilib, mutaxassislik fanlarining asosiylaridan xisoblanadi. Bu kursda to‘plamlar nazariyasi elementlari, chiziqli tenglamalar sistemasi, -tartibli determinantlar, kompleks sonlar maydoni, sonlar nazariyasi elementlari, matritsalar algebrasi, ko‘phadlar, simmetrik ko‘phadlar, chiziqli, bichiziqli va kvadratik formalar, vektor va Evklid fazolari, vektor va Evklid fazolarining chiziqli almashtirishlari, algebraik tuzilmalar: gruppa, halqa, maydonlar o‘rganiladi.
Algebra va sonlar nazariyasi fani matematikaning boshqa bo‘limlaridan foydalanadi. Mazkur fan matematik analiz, analitik geometriya va differensial tenglamalar bilan chambarchas bog‘langan. Kurs mos ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda etakchi o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |