2.Davolash jismoniy tarbiyasi asoslari
Geterexronik - bu faoliyatning turli xili va o'lchamlarining qayta tiklanishini bir vaqtda amalga oshmasligini anglatadi.
Getexronizm - birorta hodisani o'z vaqtida boMmasligi (nerv va mushak xronaksiyasini tayyorlanishning turli bosqichlari va sharoit-larda).
Tabiiy qayta tiklanish jarayoniga:
sportning har xil turlari;
turli ifodali ishlar;
turli yoshda va turli darajada chiniqqanlik kiradi. Tayyorlanishni ilmiy asosda rejalashtirish uchun quyidagi
ma'lumotlar juda muhim: Qayta tiklanishni me'yorlashni unumli tizimining ahamiyati ayniqsa, zamonaviy sport mashqlari, ularga xos katta yukiamalar, sport kurashining oshib borishL, yosh chegaralarining kengayishi, ish qobiliyatni qayta tiklash vositalarini qo'llash sharoitida, каш emas.Tananing qayta tiklanish qobiliyatini mashq qilsa bo'ladi. Shu boisdan qayta taklanish tezligi yuklamaga bo'lgan javobni va chiniqqanlikni baholashning tashxisiy mezoni ekanligi tasodifiy emas. Toliqishni, tanada yuklama ta'sirida kelib chiqqan sezgilarga barham berishni tezlatish maqsadida, qayta tiklanish jarayonlariga faol ravishda ma'lum yo'nalishda ta'sir o'tkazish imkoniyati isbotlangan. Bunday harakat, sportchilarni tayyorlanishini boshqarish uchun kuchli vositalardan biri bo*lib xizmat qiladi.
Qayta tiklanish jarayonini me'yorlashning asosiy yo'liga quyidagilar oid:
unumli mashq qilish va tartib;
sog'lom turmush tarzi;
gigiena qoidalariga rioya qilish.
Ayrim yordamchi vositalar qayta tiklanish jarayonini tabiiy kechishiga, uni muslahkamlashga va tananing chidamliligi hamda qaishilik ko'rsatish qobiliyatini oshirishga, o'ta darajadagi zo'riqishning oldini olishga ko'maklashadi.
2. Giperbarik oksigenatsiya ~ bu kislorod bilan davolash usuli bo'lib, kislorodlash jarayoni bosim xonalarida havo bosimini va kislorod miqdorini orttirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Nafas olish kislorod bilan yoki kislorodli omixtalar bilan bajariladi. Jarayon, havo bosimidan ortiq bosim ostida olib boriladi. Ayni maqsadda, bir o'rinli va ko'p o'rinii xonalar tashkil etiladi. Usulni davriy ravishda qo'llanilsa, samarasi eng yaxshi bo'iadi. Ishlash tartibi quyidagicha: kislorodning bosimi 0,9-1,0 atmosfera, muolajaning davomiyligi - 45-60 daqiqa (L.A.loffe va boshqalar).
Oyoqlarning mahalliy mushaklarining sezilarli darajadagi toliqishi, hamda qayta tiklanishni amalga osiiirish, tayanch-harakat apparatining shikastlanishi va kasalliklari paytida, reabiliatsiya tizimida, katta yutuqlar bilan mahalliy salbiy bosim, Kravchenko ishlab chiqqan bosim xonasida yoki uning turli yangilangan shakllarida ishlatiladi.
Ta'sir sohasiga qonning kuchli oqimini yo'naltirib, mahalliy salbiy bosim, to'qimalardagi kislorod kamomadini kamayishiga, moddalar almashinuvini va lo'qimalarni kisloroddan foydalanishga, nerv-mushak faoliyatini sezilarli darajada yaxshilanishiga ko'maklashadi.
Me'yoriy tartib quyidagicha: repani o'lchash (высотометр) ko'rsatkichlari bo'yicha, 2-3 daqiqa mobaynida, 1200-1500 metr balandlikka mos keladigan dekompressiya bosimni birdan pasayishi amali bajariladi. Keyinchalik bosim 0,3-0,5 atmosferaga tushirilib (ko'tarilib) (10-0 soniya mobaynida) va yana dekompressiyaning birinchi tartibi qaytariladi.
Mushaklarning mahalliy toliqishiga tez orada barham berish uchun, ayniqsa, zo'riqish hollarida turli issiqlik muolajalari ham qo'llaniladi. Bularga sollyuks, parafinli, loyli va ozokeritli aplikatsiya-lar, mahalliy xanilar va boshqa muolajalar oid. Keyingi paytlarda, sport tibbiyoti amaliyotida qayta tikJanish jarayonini tezlatish maqsadida, elektromuolajalarning turli xillari qo'llanila boshlandi: past chastotali, impulsli toklar, bosliqacha ayt-ganda sinusoidal modulirlangan toklar va o'ta yuqori chastotali toklar.
Sinusoidal modulirlangan toklar, o'zgaruvchan tok bo'iib, to'qima-larning chuqur qismigacha kirib, simpato-adrenal tizimi, gemodinamika. bosh miyaning sensor qismiga ta'sir etib, moddalar almashinuvini to'qimalarda qon - limfa aylanishini yaxshilaydi., toliqish sezgisiga barham berishga, miofibrillarning muskul to'qimasini qisqarish zarrachalari tuzilishi va faoliyatiga qayta tiklanishiga yordamlashadi.
Mazkur muolajani mashqlar va musobaqalar paytida (qayta-lanuvchi startlar, taymlari orasida va h.k.) qo'llash tavsiya qilinadi. Uning davolash muddati, chiniqishning eng yuklamali davrlarida olib borilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'ta yuqori chastotali toklar santimelrli va detsimetrli tartiblarda qayta tiklanish uchun chidamlilikni oshirishga yo'naltirilgan yukla-malardan so'ng tavsiya etiladi. Bu toklar detsimetrli tartibda yumshoq to'qimalar va oyoq-qo'llarning mushak-bog'lam apparati shikast-langanda reabilitatsiya - asl holga qaytish uchun muvaffaqiyat bilan qo'llaniladi.
Elektr uyqu - bosh miya po'stlog'iga elektr toki bilan ta'sir etish -nervni o'ta darajadagi qo'zg'afuvchanligini va toliqishni kamaytirib, tinchlantirib, vegetativ faoliyatni boshqarishni me'yorholatiga keltiradi.
Aytarli darajadagi toliqish tufayli, uyqu jarayoni izdan chiqqanida elektr uyqu ishlatiladi.
Elektr rag'batlantirish ish qobiliyatni oshishiga, qayta tiklanish jarayonlarini tezlatishga, tayanch-harakat apparatini shikastlanishlar va kasalliklardan keyin asl holatiga qaytishga qo'maklashadi. Elektr impulslari mushaklarni tetanik (uzoq vaqt ichida) qisqartirib, keyin esa, ularni bo'shashtiradi, limfa va qon oqiinlarini yaxshilaydi, qisqarish jihatini oshiradi, og'riqlarga barham beradi.
Qo'l va apparat yordamida amalga oshiriladigan kuchli vosita, u ham bo'lsa, massajdir. Massaj charchash sezgisi va nervni o'ta darajada zo'riqishiga, og'riqli sezgilarga barham berishga, mushaklardagi qon aylanish va bo'shashishni yaxshilab, sportchiga ish qobiliyatni qayta tiklanishi va ko'tarilishiga imkon beradi.
Massaj umumiy va mahalliy (mazkur faoliyat paytida. asosiy yuklamani bajaradigan mushaklar guruhiga urg'u berib) bo'lishi mumkin.
Massaj - bu uqalash - bemor badaniga mexanik ta'sir ko'rsatib, davolash usuiidir.
Mashqiy massajga nisbatan qayta tiklovchi massajda zarb berish usullariga barham berilib, unda ezg'ilash, ishqalash va silkitish usullari ko'proq uchraydi. Bu massaj chuqur ayovchi, og'riqsiz bo'lishi kerak. Mushaklarning birikkan joylari va nafas olishda qatnashadigan hiushaklarga alohida e'tibor ko'rsatish shart. Massajni yaxshisi, iliq xonada o'tkazish kerak. Uni amalga oshirishdan awal iliq dushni qabul qilish, tugagach esa, qaynoq dushni qabul qilish, xaniga yoki hammomga tushish lozim.
Sport amaliyotida, keyingi vaqtlarda segmentar va nuqtali massajlar va igna sanchishlar ko'proq ishlatilmoqda.
Segmentar massajning fiziologik asosi - bu ichki a'zolar va mushaklarning biriktimvchi to'qirnaning va h.k hamda terming ma'lum qismiari orasida reflektor aloqaning mavjudligidir (Zaxarin-Ged sohalari).
3. So’gliq-odamning jismoniy va ma’naviy hususiyatlari yig’indi,uning uzoq umr ko’rishining va jamiyatimiz baxt-saodat uchun yuqori mehnat unumdorligi,mustaxkam ahil oila yaratish,bolalarning tugilishi va tarbiyasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblanadi.Xaqqoniy maqol bor: ”Sog’liging-boyliging”, ”Sog’liqni yoqatsang-hammasini yo’qatasan”. Kundalik aniq rejim sogliqni mustahkamlovchi yordam beradi. Ovqatlanish,uyqu,gigienik prosedura va boshqalarni odat bolib qolgan muayan bir vaqtda o’tkazgan maqul.Aniq rejim tufayli organizm normal nagruzka his etadi,sarflangan kuch tezroq va to’liqroq tiklanadi,organizm kamroq ishdan chiqadi. Aktiv harakatchanlik organizmni mustahkamlaydi.Sanoatda va qishloq ho’jaligida mehnatning ulishi borgan sari qisqarib bormoqda,transport vositalari rivojlanmoqda,televideniya odamning tomoshaga bo’lgan ehtiyojini ma’lum darajada ta’minlamoqda. Rejimga riyo qilmaslik,kam harakat qilish,shaxsiy gigienasi qoidalariga amal qilmaslik, vaqtida ovqatlanmaslik,chekish,ichish va boshqa zararli odatlar sog’likni zaiflashtiradi.Buning uchun o’zini nazorat qilish malakasini egallashi,har qanday sharoitda odatlangan rejimga riyoya qilishi,bir turdagi faoliyatdan ikkinchisiga o’z vaqtida o’tish malakasini hosil qilishi kerak.Organizmning sog`lomligi bilan kasalligi hayotda bir-biri bilan almashinib turadi. kasal odam sog`ayishi, aksincha, sog`lom organizm kasalga chalinishi mumkin. sog`lom odam xamisha mehnat qilishi, jamiyat ishida qatnashib turishi bilan kasal organizmdan farqlanadi. sog` odam bakuvvat va ruhiy tetik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |