5-mavzu: Ilmiy tadqiqotning yo‘nalishini tanlash
va mavzuni asoslash.
Fan - inson faoliyati sohasi, borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan sistemalashtirish uning vazifasi hisoblanadi.Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi: - ilmiy tushunchalar, tamoyillar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, empirik ilmiy faktlar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar sistemasi.
6-mavzu: Ilmiy informasiyani izlash, jamlash va qayta ishlash.
Ilmiy-texnikaviy informasiyani o’rganish va tahlil qilish -masalani mavzu bo’yicha ahvolini yoritish, ilmiy-tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asos. Informasiya samarali ishlab chiqilishiga erishish (O’rganish, yodda saqlab qolish va taxlil) uchun bir qator shartlarga amal qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |