III BOB. YATIMAT AD-DAXR ASARINING TARKIBI
VA MANBAVIY ASOSI
Abu Mansur Saolibiy nomini dunyoga tanitgan va unga shuhrat keltirgan eng yirik asari "Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi" nomli tazkirasidir. Bu kitob "Asr shoirlarining fazilatlari haqida zamonasining durdonasi" deb ham aytiladi.
Tazkira Saolibiyning muqaddimasi bilan boshlanib, unda kitobning maqsadi haqida shunday deyilgan: "Kitoblar mualliflari о‘tib ketgan shoirlar (haqidagi ma’lumotlar)ni tartibga solish, ularning tabaqa va darajalarini zikr qilish, sо‘zlarini bayon etish, qasida va qit’alaridan tanlab olishni avvaldan bajarib kelganlar. Ular bir qancha ajoyib kitoblar yaratdilar va shunday ajoyib shodalar tizdilarki, hozirgi vaqtda ular yangiligining eskirgani va libosining kiyilgani uchun ularni faqat kо‘zning mos kelmaydigan ayblashi, ular qayta eshitilgani uchun quloq ularni rad etishi va kо‘p takrorlangani uchun qalbga malol kelishi mumkin. Shu asr ahli yangi (narsa)larining eng yaxshilarini, toza (narsa)larining eng halovatlisi, zamonaning yaqin (narsa)larining eng lazzatlisi va foydalisining kо‘pligi tufayli ortib ketgan yuksakligini о‘z ichiga olgan fazilatlari biror kitobga tо‘planmadiki, ularning tarqalib ketgan narsalarini о‘ziga yig‘sa, sochilgan oltin zarralarini nazmga tersa va kuch-qudratini mustahkamlasa. Mualliflar haqida ularning nodir (sо‘z)lari qayd qilingan, foydali tomonlari abadiylashtirilgan birorta tо‘plam ham yо‘h. Shu ishni bajarishga umrimning baxtga erishgan navhironligida uch yuz sakson tо‘rtinchi yili kirishdim"10. Demak, Saolibiy о‘z asarini dastlabki nusxasini 384 (milodiy 994) yili yoza boshlagan. Asardagi bazi ma’lumotlarga haraganda uni 1000 yillari yozib tugatgan. Keyin olim yana kо‘p joylarga sayohat hilib, bir hancha olim, shoir va adiblar bilan uchrashgai va tazkirani 1011—1016 yillar orasida yangi shoirlar hahidagi ma’lumotlar bilan tо‘ldirilgan nusxasini yozgan. Tazkira tо‘rt qismdan iborat.
Birinchi qism. Hamdon xonadoni11 sherlarining eng yaxshilari, ularning shoirlari va ulardan tashhari Shom ahlidan bо‘lgan va unga hо‘shni bо‘lgan Misr va Mavsil (shoirlari) va ular xabardorlarining nur sochib turganlari hahida. Bu qism о‘n bobdan iborat.
Ikkinchi qism. Buvayhiylar xonadoni podshohlari va ularning shoirlari hahida.
Uchinchi qism. Jibol, Fors, Jurjon va Tabariston ahli shoirlarining malihi (she’rlari) ni о‘z ichiga olgan.
To`rtinchi qism. Xuroson va Movarounnahr ahlining fozillari hahida. "Yatimat ad-dahr"ning tо‘rt qismida X asrda XI asr boshlarida yashab, arab tilida ijod etgan 415 ta shoir haqida ma’lumotlar berilib, ularning she’rlari va nasriy asarlaridan namunalar keltirilgan. Asarning bevosita О‘rta Osiyo va Xuroson shoirlariga bag‘ishlangan tо‘rtinchi qismi О‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti uchun arab tilida yozilgan she’riyatni о‘rganishda yagona manba bо‘lib xizmat hiladi. Shuning uchun bu qism haqida tо‘xtab о‘tamiz.
Tо‘rtinchi qism о‘n bobga bо‘linadi: 1) hozirgi bizning (ya’ni Saolibiyning) asrimiz ahllaridan ozgina oldin yashab, ulardan salgina muhaddam о‘tgan qavmlar she’rlari va (ular hahidagi) xabarlarning eng gо‘zal va nafislaridan keltirish; 2) shu asrda Buxoroda yashagan (shoirlar) xabarlari hahida; 3) al-Ma’muniy va al-Vosihiy zikri, ular va ularning she’rlari hahida nafis xabarlar; 4) Xorazm fozillarining kо‘zga kо‘ringanlari hahida; 5) Abulfazl al-Hamadoniy; b) Abulfath Ali al-Kotib al-Bustiy va Bust ahlidan bо‘lgan boshha shoirlar zikri; 7) Nishopurdan tashhari Xuroson ahlining ayrim malih va gо‘zal she’rlari hahida; 8) Amir Abulfazl Ubaydulloh ibn Ahmad al-Mekoliy zikri hahida; 9) Turli mamlakatlardan har xil martabadagi kishilarning Nishopurga kelib holganlari zikri; 10) Nishopurliklar zikri haqida.
Tazkiraning tо‘rtinchi qismiga 124 ta Xuroson va Movarounnahrlik shoir hahidagi ma’lumotlar kiritilgan va ularning nazmiy ham nasriy asarlaridan namunalar berilgan. Shoirlarni tazkiraga joylashtirishda ularning haysi shaharda yashab ijod etishlari asos hilib atingan, ularning asl kelib chihhan joyi hisobga olinmagan. 124 shoirdan 47 tasi Buxoroda yashagan, yettitasi xorazmlik, bittasi hamadonlik, tо‘hhiztasi Bust shahrida yashagan (ulardan tо‘rttasi sijistonlik), 15 tasi Xurosonning turli shaharlarida yashagan shoirlar, 16 shoir turli tomonlardan Nishopurga kelib yashagan, 29 shoirni Saolibiy Nishopur shoirlari deb atagan. Buxoroda yashab ijod etgan shoirlardan Abu Muhammad al-Matroniy — toshkentlik, Abu-l-Fazl al-Marvaziy — marvlik, Abu Ahmad Muhammad an-Nasafiy-Nasab (Qarshilik) lik shoirlardir.
Tazkirada о‘sha vaqtda Xuroson va Movarounnahrda yuz bergan juda kо‘p tarixiy voqealar va turli tarixiy shaxslar haqida ham himmatli ma’lumotlar berilgan. Bu jihatdan "Yatimat ad-dahr" muhim tarixiy ahamiyatga ham molikdir.
Tazkiraning tо‘rtinchi qismida berilgan she’rlar hasida, vasfiy, hajviy sh ye’ rlar, marsiya, muzdavija (masnaviy), urjuza, g‘azallar, ixvoniyot (dо‘stlik, birodarlik hahidagi she’rlar), nujumiyot (vohea, hodisalarni munajjimlik ilmiga bog‘lab ifodalovchi she’rlar), xamriyot (may hahidagi sherlar), tibbiyot (tabobatga oid), adabiyot (adabga oid), fihhiyot (shariat yо‘l-yо‘rihlari — fihhga oid), falsafiyot (falsafiy mazmundagi) she’rlardan iboratdir.
Qasidalarning kо‘pchiligi amir, vazir, turli viloyat hokimlari va harbiy qо‘mondonlarga bag‘ishlab yozilgan. Shoirlar hasidalarini о‘z qalamkash dо‘stlariga ham bag‘ishlaganlar, bir-birlarining shon-shuhratini yuqori kо‘tarib, hurmat bilan tilga olganlar.
Vasfiy she’rlar. Vasf arabcha sо‘z bо‘lib, "tavsiflash", "tasvirlash", "sifatlash" kabi ma’nolarni anglatadi. She’riyatda biror voqea-hodisani yoki narsani chiroyli о‘xshatishlar, majoziy iboralar orqali badiiy tavsiflab berish vasf deb ataladi.
Vasf forsiy va turkiy tildagi adabiyotda ham benihoya rivoj topgan. "Yatimat ad-dahr"ning tо‘rtinchi qismida zikr etilgan shoirlar ijodida vasf alohida ahamiyatga egadir. Arabiynavis shoirlar orasida Buxoroda yashab, ijodining kо‘pchilik hismini vasfiy sherlar yozishga bag‘ishlagan va о‘z zamonasida sheriyatning bu turida tengsiz va benazir bо‘lgan Abu Tolib Ma’muniqdek mashhur shoir yetishib chiqdi. Hayvonlardan ot, hasharotlardan burga, pashsha, chivin ham vasf qilingan. Bulardan tashqari hasr, uy, hovuz, hovuzga о‘rnatilgan sha’m, minora, favvora (fontan), turli liboslar haqida ham ancha vasflar yozilgan. Shoir biror narsani tavsif hilar ekan, kо‘pincha uni о‘z nomi bilan atamay, boshha narsalarga о‘xshatib, majoziy yо‘llar bilan vasf hiladi. Shuning uchun vasfiy shs’rlar ma’nosini har vaht ham osonlik bilan anglab bо‘lmaydi, ular ba’zan she’riy topishmohlarga aylanib kstadi. Vasflar nafaqat badiiy hiymatga ega, balki ular muhim tarixiy-etnografik ahamiyatga ham egadir. Zero ularni sinchiklab о‘rganish orqali о‘sha davr xalqlarining kundalik hayotiga oid muhim voqea-hodisalarni anihlash mumkin. Vasflar bizga juda kо‘p taom va ichimliklar, ularni tayyorlash usuli haqida ma’lumotlar bsradi. Vasflarda hozirga hadar О‘rta Osiyoda stishtiriladigan juda kо‘p msva va sabzavotlar hahida himmatli ma’lumotlar bor. Shuningdek, ularning ayrimlarida ilm-fan masalalari oldinga surilgan. Turli yozuv qurollari, kitob, xat kabilarni tavsiflash orhali shoirlar fanning jamiyat tarahhiyotida tutgan о‘rnini kо‘rsatishga harakat qilganlar. Quyida shoir al-Ma’muniy halamiga mansub ayrim vasflarning о‘zbekcha tarjimasini berib kstamiz. Tazkiraga anchagina nasriy asarlar ham kiritilgan bо‘lib, bular о‘sha davr badiiy va tarixiy adabiyotida keng tarhalgan hofiyali nasr-saj’ bilan yozilgan.
Saj’ — arabcha sо‘z bо‘lib, lug‘avny ma’nosi bulbul, tо‘tiqush, kabutar, musicha kabi sayroqi qushlar ovozining har xil ohangda yangrashi demakdir. Adabiyotda esa u sо‘z san’atining badiiy usullaridan birini ifoda etadi. Saj’da jumlaning ayrim hismlari yoki undan bir necha sо‘z о‘zining vazni jihatidan hofiyalashni talab etadi. Saj’ bilan yozilgan asarlar tili oddiy nasrda yozilganlarga nisbatan ancha murakkab bо‘lib, ba’zan tushunish ham qiyinlashib ketadi. Sababi yozuvchilar saj’ qoidalariga rioya hilgan holda, ba’zan grammatika koidalaridan chetga chikarib kursatadilar. Arab adabiyotida saj’ning eng yuksak namunasi Qur’oni Karimdir. Muhammad alayhissalom hadislarining anchagina hismi saj’da yozilgan. X—XI asrlarda Movarounnahr va Xurosonda saj’ juda keng hо‘llandi. Saolibiy asarlarining kо‘pchiligi, Abu Nasr Utbiyning (361—1022) Mahmud G‘aznaviyga bagishlangan "Tarix al-Yaminiy" kitobi, Abu-l-Fazl al-Hamadoniy mahomlari saj’da yozilgan. Buyuk olim Zamaxshariyning "Atvoh az-zahab" ("Oltin shodalar") nomli kitobi va boshha ba’zi asarlari, mahomlari ham saj’ bilan yozilgan. "Yatimat ad-dahr"ga kiritilgan saj’da yozilgan nasriy asarlar Abu-l-Hasim Iskofiy, Abu Bakr Xorazmiy, Abu-l-Fazl al- Hamadoniy, Abu-l-Fath Bustiy, Abu-lFazl Mekoliylar ijodiga mansub risola, ruq’alari, maktublari, hikmatli sо‘zlari va boshhalardan iboratdir. Bu asarlarni о‘rganish juda kо‘p tarixiy shaxslar, vohealar va о‘sha davr hayotiga oid ma’lumotlar olish imkonini beradi. Saj’ bilan yozilgan asarlar orasida podshoh va amirlar, boylar, sudxо‘rlar ustidan yozilgan jumlalar ham kо‘plab uchraydi. Saj’da yozilgan nasriy asarlarda somoniylar va G‘aznaviylar о‘rtasidagi о‘zaro taxt uchun kurashlar, Mahmudning boshinchilik yurishlari, mamlakatdagi notinchliklar natijasida yuz bergan qahatchilik va ocharchilik tufayli mehnatkash xalh ommasining ahvoli nihoyatda ogirlashgani о‘z aksini topgan. Yana bir hancha hayotiy masalalar ham nasriy asarlar uchun dolzarb mavzu bо‘lgan. Endi "Yatimat ad-dahr" asarining tо‘rtinchi hismiga kiritilgan ayrim shoirlar haqidagi fikrlarimiz bilan о‘rtohlashamiz. Saolibiy "Yatimat ad-dahr”ning ikkinchi bobida Buxoroda yashagan shoirlar hahidagi ma’lumotini berar ekan, bu shahri azim haqida shunday yozadi: "Buxoro somoniylar hukmronligi (davrida) shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonaning ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va о‘z davrining fozil kishilari yigilgan (shahar) edi. Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Musaviy menga hikoya hilib shunday degan edi: "Mening otam Abu-lHasan amir as-Sa’id (Nasr ibn Ahmad) davrida Buxoroga da’vat etilgan edi. U yerga Abu-l-Hasan al-Lahhom, Abu Muhammad ibn Matron, Abu Ja’far ibn al-Abbos ibn al-Hasan, Abu Muhammad ibn Abu-s-Siyob, Abu Nasr al-Xuzaymiy, Abu Nasr az-Zarifiy, Rajo ibn al-Volid al-Isfahoniy, Ali ibn Horun ash-Shayboniy, Abu Ishoq al-Forisiy, Abu-l-Qosim ad_Dinavariy, Abu Ali az Zavzaniy va u (somoniy)lar xizmatida bо‘lgan eng fozil muhojirlar tо‘plangan edi. Ular hammalari u yerda yig‘ilishgach, dо‘stlik suhbatlari ularni bir-biri bilan yaqinlashtirgan edi. Ular ajoyib muzokaralar olib borishar, musohaba rayhonlari bilan almashishar, adab mushklarini sochishar, bir-birlariga marmarid durlarini sepishar, va sehr tuguniga dam solisharli. Otam menga shunday degan edi: "Ey о‘g‘lim, bu kо‘pchilik (atohli) kishilar tо‘plangan mashhur davrdir, uning tarixini eng mashhur fazilatli va zamonaning yagonasi bо‘lgan kishilar tо‘plangan (davr) hisobla va mendan keyin davrimizning hayitlarida va ularning eng yaxshi paytlarqda u (davr)ni eslab hо‘y. О‘ylaymanki, yillar davomida ana shunga о‘xshash yigilishni sen (haytib) kо‘rmaysan”. Haqiqatan ham ish (otam) aytganday bо‘ldi. О‘shanga о‘xshash yig‘ilishni kо‘zlarim (qaytib) kо‘rmadi". Saolibiyning bu sо‘zlari X asrda Buxoro yirik ilm-fan markazi bо‘lganini va bu yerga turli mamlakatlardan adib va shoirlar yig‘ilib ijod etganligini kо‘rsatib turibdi. Biz Saolibiy asarlari rо‘yxatini berish bilan bu olim jahon fani xazinasiga hanchalik hissa hо‘shganini ta’kidlamoqchi bо‘ldix. Bu asarlarning ba’zi birlari ikki nom bilan yuritilgan kitoblar bо‘lishi ham mumkin. Buni fahat olim asarlarini bir-biriga solishtirish orhaligina anihlash mumkin. Kitoblar dunyoning turli kutubxonalarida sahlanishi va bir hanchasi bizgacha yetib kelmaganligi uchun bunday imkoniyatdan mahrummiz. Mahmud Abdulloh Jadir yuhorida biz zikr hilgan asarlardan 11 tasining rо‘yxatini berib, bu asarlar xatolik va shubha bilan Saolibiyga nisbat berilgan, deydi. Ulardan yettitasi Saolibiyning "at-Tamsil va-lmuhozara” asariga Abdulfattoh al-Huluv yozgan sо‘z boshida Saolibiy asarlari qatorida sanab о‘tilgan. Biz ham ushbu rо‘yxatga kiritdik. Bu asarlar: "al-Maqsur va-l-mamdud", "Dur al-hikam", "Taroif at-turaf", "ashshakvo va-l-itob”, "Munis al-vohid", "al-Faroid va-lhaloid" va "Makorim al-axloh". Agar bu yetti asar chihib ketsa, Saolibiy asarlari 104 ta bо‘ladi. Mahmud Abdulloh Saolibiyning 95 asarini kо‘rsatib, 24 tasi nashr etilgani, 21 tasining qо‘lyozmasi hayerda mavjudligi, 50 tasi topilmaganini ta’kidlab ketgan. Biz Saolibiyning yuqorida zikr etilgan asarlaridan bevosita О‘rta Osiyo tarixi va madaniyatiga oid eng muhimlari haqida mukammalroq ma’lumot berishni lozim topdik.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo`lsak As-Saolibiy va u yashagan davr uning ilmiy merosini o`rgandik. Yatimat ad-daxr asari va As-Solibiy haqida o`zbeklardan Ismatulla Abdullayev o`rgangan. “Yatimat ad-dahr asar”ini o`rta asrlarning yuksak tarixiy asari sifatida talqin qilishimiz mumkin. Asar orqali shu davrdagi hukmdorlar ular olib borgan ishlar va shu davrda ijod qilgan olimlar haqida ko`plab ma`lumotlar olamiz.
"Yatimat ad-dahr"ning tо‘rt qismida X asrda XI asr boshlarida yashab, arab tilida ijod etgan 415 ta shoir haqida ma’lumotlar berilib, ularning she’rlari va nasriy asarlaridan namunalar keltirilgan. Asarning bevosita О‘rta Osiyo va Xuroson shoirlariga bag‘ishlangan tо‘rtinchi qismi О‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti uchun arab tilida yozilgan she’riyatni о‘rganishda yagona manba bо‘lib xizmat qiladi. Qasidalarning kо‘pchiligi amir, vazir, turli viloyat hokimlari va harbiy qо‘mondonlarga bag‘ishlab yozilgan. Shoirlar hasidalarini о‘z qalamkash dо‘stlariga ham bag‘ishlaganlar, bir-birlarining shon-shuhratini yuqori kо‘tarib, hurmat bilan tilga olganlar.
As-Saolibiy va u yaratgan tarixiy asar “Yatimat ad-dahr” hanuzgacha O`rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati sohasida beqiyos ilmiy meros bo`lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |