O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 18.69-guruh talabasi J.Ergashevning
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK
FANIDAN
“Abu Mansur as-Saolibiy va uning “Yatimat ad-daxr asari”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O.V.Mahmudov
Fаrg‘оnа shahri – 2021 – 2022-o‘quv yili
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………....1-4
I BOB. ABU MANSUR AS-SAOLIBIY VA U YASHAGAN DAVR………………………………………………………………………….5-13
II BOB. AS-SAOLIBIY ILMIY MEROSI VA UNDA “YATIMAT AD-DAXR ASARI”……………………………………………….....................................14-20
III BOB. YATIMAT AD-DAXR ASARINING TARKIBI VA MANBAVIY ASOSI………………………………………………………………………...21-26
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`rta Osiyoda qadimdan madaniyat yaxshi rivojlanganligi va bu yerda yashaydigan xalqlarning yuksak taraqqiyot bosqichida turganligidan guvohlik beradi. O`rta Osiyo halqlari madaniyatining rivojlanishi tarixi bu mamlakatlarda sinfiy jamiyatning shakllanishi arab va Sharq xalqlari madaniyatning o`zaro ta`siri jarayoni bilan bog`liqdir. Shunday ekan xar bir tarixchi uchun tarixiy shaxslar va ularning ijodlarini o`rganish muhim vazifa hisoblanadi. IX-XI asrlarda O`rta Osiyoda madaniyatining gullab- yashnaganligining asosiy sababi o`sha davr madaniyatida inson tomonidan jamiyat hayoti va tabiatning sir- asrorlarini o`rganishda uning erki va aqli, tafakkurining madh etilishiga alohida e`tibor berganligi bilan izohlanadi.1
X asr va XI asr birinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan va madaniyat misli kо‘rilmagan darajada taraqqiy etdi. Buxoro, Kot, Urganch, Marv, Nishopur, Samarqand, Roy, Hamadon, Isfahon kabi shaharlar zamonasining yirik madaniy markazlari sifatida shuhrat qozondi. Buxoro allomalar beshigiga aylanishida unda mavjud bо‘lgan juda katta kitob bozori ham ulkan rol о‘ynagan. Bu yerga uzoq о‘lkalar (Misr, Ispaniya va boshqa mamlakatlar)dan kitoblar olib kelinar, Somoniylar saroyida esa dunyoda eng boy kutubxona joylashgan edi. Buxoroda forsiy tilda ijod etgan shoirlar bilan bir qatorda 50 ga yaqin arab tilida ijod etgan arabiynavis shoirlar yashagan.2 Mashhur tarixchi olim va shoirlar Abu Nasr Utbiy, Abu Nasr Javhariy, Abu Bakr al-Xorazmiylar ham shu davrda yashab ijod etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |