Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi


II BOB. AS-SAOLIBIY ILMIY MEROSI VA



Download 197,85 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2022
Hajmi197,85 Kb.
#693232
1   2   3   4   5
II BOB. AS-SAOLIBIY ILMIY MEROSI VA
UNDA “YATIMAT AD-DAXR ASARI”
Abu Mansur Saolibiy arab tilida ijod etgan iste’dodli shoir bо‘lgan. Zamondoshlari va undan keyin yashagan olimlar Saolibiyning she’riy devoni mavjudligini yozib ketganlar. Lekin afsuski, bizgacha Saolibiyning devoni tо‘lih holda yetib kelmagan. Uning she’rlari olimning turli asarlarida va boshqa olimlarning kitoblarida tarqoq holda uchraydi.
Manbalarni sinchiklab о‘rganish bizga ma’lum bо‘lgan asarlarni kо‘zdan kechirish natijasida uning 160 baytdan ortiqroq she’ri aniqlangan xolos. Shundan 66 bayti Abu Nasr al-Utbiyning "Tarix al-Yaminiy" kitobida, Saolibiyning asarlari sanalmish "Latoif al-maorif”da 33 bayt, "at-Tamsil va-l-muhozarat"ga misrlik olim Abdulfattoh al-Huluv yozgan sо‘z boshida 65 bayt berilgan. Mahmud Abdulloh al-Jodir Saolibiy ijodiga bag‘ishlangan kitobining "Uning she’riyati" bо‘limida shoirning bizga ma’lum bо‘lmagan juda kо‘p asarlarini sinchiklab о‘rganib, uning qalamiga mansub 251 bayt she’rini keltirgan. Ular asosida Saolibiy she’riyatining "о‘ziga xos xususiyatlari"ni (60 bayt), "maqsadlari"ni (5 bayt), "madhlar" (51 bayt), "vasf" (30 bayt), "g‘azal" (22 bayt), "ixvoniyot” (19 bayt), xzmriyot (11 bayt), shikoyatlar (36 bayt), hikmat (5 bayt), marsiyalar (12 bayt) kabi janr va turlarga bо‘lib tahlil qilgan. Bu keltirilgan 251 baytdan iborat she’riy parchalar Saolibiy she’riy merosining hammasini tashkil etmaydi albatta. Uning hali topilmagan boshqa yana о‘nlab she’rlari bо‘lishi shubhasiz. Saolibiyning bizga ma’lum bо‘lgan she’rlari asosan tarixiy vohealarga, ayrim hukmdorlarga bagishlangan hasidalardan, dо‘stlariga yozgan ixvoniyoglardan, vasfiyalardan, ishhiy she’rlardan, xamriyot (mayni kuylovchi she’rlar) va marsiyalardan iboratdir.
Abu Mansur Saolibiy asosan ijtimoiy fanlar sohasida ijod etgan va yuqori chо‘qqilarga kо‘tarilgan buyuk siymodir. О‘sha davrda islom olamida davlat va ilm-fan tili sifatida arab tili amal qilgan edi. Buyuk olimlar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabilar jahonshumul asarlarini shu tilda yaratdilar va dunyoga shu til orqali mashhur bо‘ldilar. Saolibiy ham arab tilida ijod etgan arabiynavis olimdir. Hoji Xalifa nomi bilan mashhur bо‘lgan turk jug‘rofiya va bibliograf olimi Mustofo ibn Abdulloh Kotib Chalabiy (1609— 1657) "Kashf az-zunun" ("Shubhalarning yechilishi") nomli mashhur kitobida Saolibiyning 19 ta asarini kо‘rsatib о‘tgan, nemis olimi Karl Brokkelmanning "Arab adabiyoti tarixi" kitobida olimning 51 ta asari kо‘rsatilgan. Saolibiyning "at-Tamsil va-l-muhozarat" asarini nashr hilgan hozirgi zamon Misr olimi Abdulfattoh al-Huluv uning 84 asari rо‘yxatini keltirgan. Yuqorida tilga olganimiz hozirgi zamon Iroh olimi Mahmud Abdulloh al-Jodir qalamiga mansub "as-Saolibiy. Nohid va adib" asarida uning 95 ta kitobi zikr hilinib, har qaysi qо‘lyozma haqida u dunyoning qaysi kutubxonasida saqlanishi va qayerda chop etilganligi, tо‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ta’kidlab ketilgan. Biz quyida Saolibiy asarlari rо‘yxatini tо‘la keltiramiz va uning ayrim yirik asarlari haqida mufassalroq ma’lumotlar berib, buyuk olim ijodi bilan imkon boricha tanishtirishga harakat qilamiz.
1. "Yatimat ad-dahr fi mahosin ahl al-asr" ("Asr ahlining fozillari hahiDa zamonasining durdonasi").
2. "Kitob latoif al-maorif" ("Ajoyib ma’lumotlar hahida kitob”).
3."Shams al-adab fi iste’mol-il-arab" ("Arab tilidan foydalanishda adab quyoshi"). Bu asari ikki hismdan iborat: 1) arab tilining sirlari va uning gо‘zal shaxobchalari; 2) arab tilida ishlatiladigan majoziy sо‘z va iboralar, ulardan grammatika va fleksiyaga taalluqli bо‘lganlari, ular aksariyatining Qur’on bо‘yicha talqin etilishi.
4. "Fihh al-lug‘ot va sirr al-arabiyya" ("Til honuni va arab tilining sirlari").
Bu kitob Saolibiyning eng yirik asarlaridan bо‘lib, katta muhaddima bilan boshlanadi. Kitobni yozishda Saolibiy о‘zidan avval yashagan va shuningdek о‘ziga zamondosh bо‘lgan mashhur arab adiblari, lug‘atshunoslari va shoirlarining asarlaridan foydalanganini mamnuniyat bilan gapirib, ulardan kо‘plarining nomini tilga olgan va adiblar hahida qisqa ma’lumot ham bergan.
"Til qonunlari” asari 30 bobdan iborat, har bir bob bir nechadan faslga bо‘linib, jami 600 ga yahin fasldan tashkil topgan.
"Fiqh al-lug‘at" asari qadimiy arab tili, lug‘ati va uning sо‘z boyligini, arab grammatikasini о‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Asar Misrda 1900, 1907 va 1959 yillari nashr etilgan.
5. "Kitob al-kinoya va-t-ta’riz" ("Kinoya va ishora kitobi"). Bu asar "Kitob an-nihoya fi-t-ta’riz val-kinoya" ("Ishora va kinoya hahida mukammal kitob") nomi bilan ham yuritiladi. Hoji Xalifa va K. Brokkelman buni ikkita asar deb kо‘rsatishgan. Asar muhaddimasida yozilishicha, bu kitob Nishopurda 400 hijriy (1009—1010) yili yozilgan..
Kitob yetti bobga bо‘linib, har qaysi bob bir necha faslga ajratilgan. Kitobning har bir bobida muallif о‘sha nomi qayd etilgan narsalar uchun kinoya tarihasida ishlatiladigan sо‘z va iboralarni arab adabiyoti, xalq og‘zaki ijodidan namunalaridan olib, sanab о‘tgan.
Shu bilan birga bu asar kо‘plab arab sо‘zlari singib ketgan forsiy va turkiy xalqlar tilini, shu jumladan qadimgi о‘zbek tilini о‘rganishda ham katta ahamiyatga egadir. Asar Makkada 1884, Misrda 1908, Bag‘dodda 1971 yili nashr etilgan.
6. "Ajnos at-tajnis" ("Tajnisning turlari"). Bu asar "Risola fi-t-tajnis" ("Tajnis hahida risola") nomi bilan ham yuritiladi.
Asar muqaddimasida Saolibiy bu kitobini Mahmud G‘aznaviyning birodari Abu Muzaffar nasr ibn Nasiruddin Sabuktaginga (vafoti 1021 y.) bag‘ishlaganini aytgan. Demak, bu risola 1021 yilgacha yozilgan.
7. "Sihr al-balog‘a va sirr al-baroa" (Notiqlik sehri va nutq san’atining siri"). Hoji Xalifaning yozishicha, muallif ushbu kitob muhaddimasida shunday degan: "Kitobning ba’zi qismlarida asrim notiqlaridan yer yuzi yulduzlarini-"' g‘ururi va fazilat egalari bо‘lgan ba’zi kishilarning lasrda (aytgan sо‘zlaridan) tо‘pladim, ba’zi hismlariga esa, "Yatimat ad-dahr" kitobimda malih she’rlarini keltirganim amir shoirlarning nazmiy (asarlari)ni joylashtirdim". Asarning qо‘lyozmalari Parij, Mavsil, Bag‘dod kutubxonalarida saqlanmoqda.
8. "Gurur al-balog‘a va zuraf al-baroa" ("Notiqlikning eng yaxshilari va nutq san’atining zarifliklari"). Bu asar 'Turur al-balog‘a fi-n-nazm va-n-nasr” ("Notiqlikning nazm va nasrdagi eng yaxshilari") "al-Laoliy va-d-durar" ("La’l va durlar") nomlari bilan qam yuritiladi.
Asar о‘nta katta-kichik boblarga ajratilgan. Bulardan tо‘qqiztasi nasr bilan yozilgan asarlardan namunalar bо‘lib, oxirgi bob she’riy parchalarni о‘z ichiga oladi. Asarning bir qо‘lyozma nusxasi SSSR Fanlar Akademiyasi Leningrad bо‘limi kutubxonasida saqlanmoqda (shifr A 29 (699).
9. "Simor al-qulub fi-l-muzaf va-l-mansub" ("Izofa qilingan va nisbat berilgan (sо‘z)lar hahida halblarning mevalari"). Asar 61 bobga bо‘lingan. Hoji Halifaning yozishicha, bu kitobga noma’lum adib tomonidan "Nafhat al-majlub min "Simor al-qulub" ("Qalblar mevalari"dan tarqalgan yoqimli hid") nomi bilan qisqartma (muxtasar) yozgan. Asarning muqaddimasi va tо‘rtinchi bobi 1900 yili Bayrutda "al-Mashrih" jurnalida bosilgan. Tо‘la nusxasi Misrda 1965 yil nashr etilgan.
10. "Kitob lutf va-l-latoif" ("Donolik va donolik bilan aytilgan sо‘zlar kitobi"). Asar 12 bobdan tashkil topgan. Bulardan 11 tasi nasriy asarlardan olingan, oxirgi bobi esa nazmiy asarlardan olingan hikmatlar bо‘lib, "shoirlarning nazm bilan aytgan hikmatli sо‘zlari" deb nomlangan. Uning hо‘lyozmalari Berlin, Vena, Misr va Leningradda mavjud.
11. "Nasr an-nazm va hal al-ihd" ("Nazm hilinganni sochib va shodani yechib yuborish"). Asar Xorazmshoh AbulAbbos Ma’munning podshohlik davrida (1017 yilga hadar) yozilgan va unga bagishlangan. Kitob nomidan ma’lum bо‘lishicha, u she’riy asarlardan tо‘plangan hikmatli sо‘zlardan iborat bо‘lishi kerak. Damashqda 1300 (1883 milodiy), 1301 (1884 milodiy), Misrda 1317 (1899—1900 milodiy) yillari bosilgan.
12. "Kitob man g‘oba anhu mutrib" ("Xursand qiladigani bо‘lmagan kishi uchun kitob"). Bu asar notiqlik haqida, yilning fasllari hahida, kecha va kunduz tavsifi hahida, ishq-muhabbat hahida, sharob haqida, dо‘stlik haqida va boshha turli mavzular haqida deb ataluvchi yettita bobga bо‘lindi. Unda arab adabiyoti va arabiynavis yozuvchi, shoirlar asarlaridan ana shu mavzular hahidagi nasriy va she’riy parchalar keltirilgan. Asar 1302 (1885 milodiy) yili Istambulda nashr etilgan.
13. "Bard al-akbod fi-l-a’dod" ("Ohin suvlar bilan yuraklarni sovutish"). Saolibiy bu asarda turli hikmatli sо‘zlar, asarlar va she’rlardan namunalar keltirgan. Uning bir hancha hо‘lyozmalari dunyo kutubxonalarida sahlanadi. Istambulda 1301 (1884 milodiy) yili nashr etilgan.
14. "at-Tavfih li-t-taflik" ("Narsalar mazmunini chahishga muvaffah bо‘lish"). Jamoat va shaxsiy kishilarga taalluhli sо‘zlar va mazmuni mavhum bо‘lgan turli narsalar hahida. Mazkur asar qо‘lyozmasi Berlinda sahlanadi.
15. "Mir’ot al-muruot va a’mol al-hasanot" ("Muruvvat va yaxshi ishlar kо‘zgusi"). Hoji Halifaning yozishicha, bu asarning qisqartmasi (muxtasari) 15 bobga bо‘lingan. 1898 yili nashr etilgan.
16. Kitob al-muhozarat va-t-tamsil" ("Suhbat va nodir sо‘zlar kitobi"). Bu asar "Kitob at-tamsil va-l-muhozarat" ("Nodir sо‘zlar va suhbat kitobi"), "Kitob at-tamassul va-l-muhozarat" ("О‘xshatishlar uchun olingan sо‘zlar va suhbat kitobi") nomlari bilan ham yuritiladi. Saolibiy bu asarini Shamsulmaoliy Qobus ibn Vushgirga bag‘ishlagan va unga atab yozgan. Demak, u 1012 yilga qadar yozilgan.
17. "Kitob al-g‘ilmon" ("G‘ulomlar uchun kitob"). Mazkur asar "G‘ilmon" nomi bilan ham ataladi. G‘ulomlar, ya’ni qullarning sifatlari va ishlari haqidagi qasidalar tо‘plami. Qо‘lyozmasi bor.
18. "Tuhfat al-vuzaro” Vazirlarga tuhfa"). Asar Xorazmshoh vaziri Abu Abdulloh al-Hamduniyga bag‘ishlab yozilgan. Uning bir qancha qо‘lyozmalari mavjud.
19. "Kanz al-kuttob" ("Kotiblar uchun hazina"). Bu asarda 250 shoirning she’rlaridan 2500 ga yaqin parchalar berilgan. "Kanz al-kuttob"ning bir qо‘lyozmasi О‘zbekiston FA Sharhshunoslik institutida sahlanmohda (inv. № 1848 (II).
20. "Kitob faroid va-l-haloid" ("Durlar va shodalar kitobi"). Bu asar "Kitob al-amsol" ("Mahollar kitobi"), "Uhd-an-nafis va nushata-al-jaliz ("Nafis shodalar va suhbatdoshlarning kо‘ngil ochishi") nomlari bilan ham yuritiladi. Kо‘proh "Kitob al-amsol" nomi bilan mashhur.
21. "Ahosin al-mahosin fi-l-muhozarot" ("Suhbatlardagi gо‘zal narsalarning eng gо‘zali"). Asar 24 bobga bо‘lingan bо‘lib, unda Saolibiy nazm va nasrda yozilgan eng yaxshi asarlarni tо‘plagan.
22. "Ahsanu mo sumi’a” ("Eshitilgan narsalarning eng yaxshisi") Bu asarni "Ahsanu mo sami’tu" ("Eshitganlarimning eng yaxshisi") deb ham atashadi. Hoji Halifa esa bu asarni "al-Laoliy va-d-durar" deb atagan. Kitob 1324 (1906 milodiy) yili Misrda nashr etilgan.
23. "Kitob al-mubhij" ("Kо‘ngil ochuvchi kitob”). Asarda zikr qilinishicha, Saolibiy Qobus ibn Vushmgir oldiga kelganda, bu kitobni unga tahdim etgan. Keyin uni qayta ishlab, kengaytirgan va о‘zgartirgan. Oqibatda, yetmish bobdan iborat boshha bir asar dunyoga kelgan. Boblar mavzui bо‘yicha adabiy, siyosiy, ijtimoiy kabi hayotiy masalalarga oid bо‘lib, ularning ayrimlariga muallif о‘z she’rlaridan ham kiritgan. Asar Misrda 1904 yili bosilgan.
24. "al-Latoif va-z-zaroif fi madhi-l-ashyo va azdoduha" ("Narsalarning madhi va ularning ziddi hahidagi latifalar va nodir sо‘zlar"). Asar "az-Zaroif va-l-Latoif" nomi bilan yuritiladi. Asar muhaddimasida yozilishicha, Saolibiy bu kitobni Urganchda yashagan davri oxirlarida Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga atab yozgan. Asar Qur’oni Karim, hadisi sharif, ayrim nasriy asarlar va she’riy parchalardan iborat. Uning hо‘lyozmalari Leyden, Mavsil kutubxonalarida sahlanadi. Kitob 1275 (1858—1859 milodiy) yili Misrda, 1282 (1865—1866 milodiy) yili Bag‘dodda, 1296 (1879 milodiy) va 1307 (1889—1890 milodiy) yillari Misrda hayta nashr qilingan.
25. "al-Yavohit va-l-mavohit fi madh-iy-shay’i va zammihi" ("Narsani maqtash va koyish hahida vaht yoqutlari”). Saolibiy ushbu asarini Nishopurda yozishga kirishib, Jurjon, Urganchda davom ettirgan va G‘aznada tugatgan. Bu asar Saolibiyning "az-Zaroif va-l-latoif" kitobiga ilova tariqasida yozilgan va uni muallif Mahmud G‘aznaviyning birodari amir Abu Muzaffar Nasr ibn Nasiruddinga taqdim etgan. Asar qо‘lyozmasi Tunisda "az-Zaroif va-l-latoif" bilan birga saqlanadi va har ikkisi birga nashr etilgan.
26. "Ahsanu kalim an-Nabiy sallallohu alayhi va sallam va-s-sahoba va-t-tobiiy va muluk al-johiliyya va muluk al-islom va-l-vuzaro va-l-kuttob va-l-bulag‘o va-l-hukamo va-l-ulamo" ("Payg‘ambarlar, sahobalar, (payg‘ambarlarning) tobe’lari, islomgacha о‘tgan podshohlar, islom podshohlari, vazirlar, kotiblar, notihlar, hokimlar va olimlarning eng yaxshi sо‘zlari"). Bu asarning arabcha matni va lotincha tarjimasi Valeten tomonidan Gollandiyada nashr etilgan.
27. "al-E’joz va-l-iyjoz" ("Nodir sо‘zlar va hisha iboralar"). Bu asar yuqorida tilga olganimiz "G‘urar al-balog‘a va zuraf al-baroa" kitobiga nihoyatda о‘xshash bо‘lib, xuddi uning boshhacha yozilgan nusxasi kabidir. Bu ham 'Turar al-balog‘a” kabi о‘nta bobga bо‘lingan. "Nodir sо‘zlar va qisha iboralar" kitobi 1897- yili Qohirada nashr etilgan.
28. "Muntaxab al-e’joz va iyjoz" ("Nodir sо‘zlar va hisha iboralar dan tanlab olinganlari"). Bundan avvalgi kitobning tanlab qisqartirib olingan nusxasi. Sо‘z boshida yozilishiga qaraganda, bu qisqartmani Saolibiyning о‘zi yozgan. "Muntaxab" ham asosiy asar kabi о‘nta bobga bо‘lingan, lekin bundagi ma’lumotlar tanlab olingan. Bu asarning 1727 yili kо‘chirilgan hо‘lyozma nusxasi О‘zbekiston FA Sharhshunoslik institutida saqlanmohda (inv. №1848/1). Bu kitob Saolibiy asarlari hahidagi biror bir manba katalogda uchramaydi.
29. "Munis al-vahid fi-l-muhozarot" ("Suhbatlar uchun yagona dо‘st"). Bu asarni Abdulloh al-Jadir Saolibiyga notо‘gri nisbat berilgan, deb yozadi.
30. "Hashsh al-hashsh" ("Bо‘ston bо‘stoni”). Bu asarda mashhur kotiblarning risola va xatlaridan namunalar berilgan.
Biz Saolibiy asarlari rо‘yxatini berish bilan bu olim jahon fani xazinasiga hanchalik hissa hо‘shganini ta’kidlamoqchi bо‘ldi. Bu asarlarning ba’zi birlari ikki nom bilan yuritilgan kitoblar bо‘lishi ham mumkin. Buni faqat olim asarlarini bir-biriga solishtirish orqaligina aniqlash mumkin. Kitoblar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanishi va bir qanchasi bizgacha yetib kelmagan.

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish