Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi


Ishning maqsad va vazifalari



Download 197,85 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2022
Hajmi197,85 Kb.
#693232
1   2   3   4   5
Ishning maqsad va vazifalari. Har bir ishni boshlashda maqsad aniq bo`lishi kerak. Bizning maqsadimiz ham Abu Mnsur as-Saolibiy hayoti va ilmiy merosini o`rganib, uning Yatimat ad-daxr asari haqida ko`proq ma`lumotlarni berishni oldimizga vazifa qilib oldik. Jumladan, ko`plab rus va yevropa olimlari asarlarida As-Saolibiy haqida ma`lumotlar uchraydi. Shu ma`lumotlarni jamlashni va kamchiliklarni to`ldirishni oldimizga maqsad qilib oldik.
Kurs ishining predmeti va obyekti. Mazkur kurs ishi “Abu Mansur as-Saolibiy va Yatimat ad-dahr” asari hisoblanib bu kurs ishida muallifi ilmiy merosi va asari, ularni o`rganilishi kurs ishining asosiy obyekti hisoblanadi. Kurs ishining nazariy asosini o`rta asrlarga oid tarixiy manbalar, hamda mustaqillik davrida nashrdan chiqqan adabiyotlar, ilmiy ishlar, maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan.
Kurs ishining ilmiy yangililigi. Biz o`rganishni oldimizga maqsad qilib olgan mavzu Abu Mansur as-Saolibiy va uning Yatimat ad-daxr asari ko`plab tarixchilar tomonidan ko`plab murojaat qilingan. Ushbu kurs ishini tayyorlash jarayonida biz ko`proq tarixiy material va manbalarga, rus,arab,tojik tilida chiqarilgan dessertatsiyalarni tarjima qilib, tarixiy ma`lumotlarni to`g`riligini tahlil qilish asosida yoritishga harakat qildik.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati qismidan iborat.
I BOB. ABU MANSUR AS-SAOLIBIY VA U YASHAGAN DAVR

Olimning tо‘la ismi Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy an-Naysoburiy (an Nishopuriy). Uning nomi zamondoshlari va о‘zidan keyingi juda kо‘p Sharq olimlari tomonidan faxr bilan tilga olingan va uiing ijodiga yuksak baho berilgan. Saolibiyning boy ilmiy merosidan hozirgacha keng istifoda etilib kelinmoqda.


Saolibiy nomini birinchi tilga olgan olim uning dо‘sti va zamondoshi Abu Nasr Utbiy (961—1036) Mahmud G‘aznaviy tarixiga bagishlangan "Tarix al-Yaminiy” nomli asarining bir necha sahifasida Saolibiy sherlaridan namunalar keltirgan. Saolibiydan biroz keyin yashagan Abul-Hasan Ali al-Boxarziy (vafoti 1074 y.) о‘zining "Dumyat al-qasri Qasr tasviri”) nomli asarida uiing tarjimai holini keltirib, sherlaridan parchalar bergan. Boxarziy Saolibiyni Nishopurdan chiqqan al Johiz, deb ataydi va uni xuddi kuyoshdek ma’lum va mashhur kishiligini e’tirof etib, otasi Saolibiy bilan Nishopurda qо‘shni bо‘lganini ta’kidlaydi.
Mashhur arab sayyohi va qomuschi olimi Yoqut ibn Abdulloh al-Hamaviy (1179—1229) о‘zining "Mujam al-udabo" ("Adiblar lug‘ati") nomli kо‘p jildli asarining bir necha joyida Saolibiy nomini tilga olgan va uning asarlaridan samarali foydalangan3
Arab tarixchi va tarjimaiholnavis olimi Ibn Xallikon (1210—1282) "Vafayot al-ayon” (“Ayonlar vafotlari") asarida Saolibiy haqida ma’lumot bergan va uning she’rlaridan namunalar keltirgan. Ibn Xallikon о‘z ma’lumotini shunday sо‘zlar bilan boshlaydi: ”U о‘z davrida ilm yaylovlarida о‘tlovchi, nasr va nazm ustozlarining majmuasi, zamona mualliflarining toji va musanniflarining imomi edi, о‘zi bilan raqobatlashuvchi kishilar ustidan hukm yuritardi, uning tomoniga (doim) tuyalar (karvoni) yо‘l olardi, uning (she’riy) devonlari zulmatda nur sochgan yulduz kabi Mashrih va Mag‘ribda nur sochib turardi. Uning asarlari yaxshi narsalarning eng mashhuri, yorituvchi narsalarning eng nurlisi va eng muqaddamidir"4.
Yuqorida kо‘rsatilganlardan tashqari Ibn Shokir al Kunonaning "Uni at-tavorix" ("Tarixchilar chashmasi”), Ibn Shahbaning "Tabaqot an-nuhot va-l-lug‘avin" ("Grammatika va lug‘at olimlari tabahalari"), al-Anboriyning "Nuzhat al-albob" ("Donolarning orom olishi"), Ibn al-Imyudning "Shazarot az-zahob” ("Oltin zarrachalar"), al-Yofiyning "Mir’at al-jinon" ("Jannatlar kо‘zgulari"), Abul Fidoning (1283—1331) "Muxtasar fi axbor al-bashar" Bashariyat xabarlari hahida hishacha tarix”), Tosh Kо‘priyning "Miftoh as-saodat” ("Saodat kaliti"), Muhammad Kurd Alining "Kunuz al-ajdod" ("Ajdodlar xazinalari"), al-Bag‘dodiyning "Hadiyat al-orifin” ("Ma’rifatlilar uchun hadya”) al-Xuvansoriyning "Ravzat al-jannot” ("Jannatlar bog‘i"), Xoji Xalifa nomi bilan mashhur bо‘lgan turk olimi va bibliografi Kotib Chalabiniyning kо‘p jildli "Kashf az-zunun" ("Shubhalarning yechilishi") asarida va boshha juda kо‘p manbalarda Saolibiy hahida ma’lumotlar berilgan, uning asarlari zikr qilingan, ulardan namunalar keltirilgai, ayrimlarida uning she’rlaridan baytlar ilova hilingan. Hozirgi zamon arab olimi Umar Rizo Kahhola о‘zining "Mu’jam al-muallifin" ("Mualliflar lug‘ati") nomli kо‘p jildli asarida Saolibiy haqida qisqa ma’lumot beradi; uning ayrim asarlarini zikr qilib, u haqidagi manbalarni eslatib о‘tgan. О‘zining mualliflar haqidagi bir qancha ma’lumotlarini Saolibiy asarlaridan olgan Misr olimi Hanno al-Foxuriy "Arab adabiyoti tarixi" nomli asarida ham Saolibiy haqida alohida tо‘xtalib о‘tgan5.
Turk olimi Shamsuddin Somiy ham о‘zining turk tilida yozilgan "Qomus al-a’lom" nomli kitobida Saolibiyning qisqa tarjimai holini berib, asarlariniig ba’zilariii kо‘rsatib ketgan va olimning tо‘rt misra she’rini ilova kilgan.
Saolibiy hayoti va ijodi Sharq olimlari tomonidan ancha о‘rganilgan bо‘lsa ham, uning butun hayoti va ijodiy faoliyatini tо‘la qamrab oladigan mukammal asar yozilmagan edi.
Bu borada hozirgi zamon Iroq olimi Mahmud Abdulloh al-Jodirning hijriy 1392 (1976 milodiy) yili Bag‘dodda arab tilida nashr etilgan as-Saolibiy “Nohid va adib” nomli yirik tadqiqiy asari muhim ilmiy ahamiyatga egadir.
Asar musulmon olimlariga xos "mehribon va rahmli Alloh nomi bilan" iborasi bilan boshlangan bо‘lib, u sо‘z boshi, uchta yirik bob, sо‘nggi sо‘z, foydalanilgan manbalar rо‘yxati; ismlar, kitoblar, joylar, xalqlar va toifalar, hofiyalar, oyat va hadislar kо‘rsatkichlaridan iboratdir. Kitob hajmi 618 bet.
Birinchi bob Saolibiyning hayoti va madaniy merosiga bag‘ishlanib, ikki fasldan iborat: uning hayoti va madaniy merosi.
Ikkinchi bob uning tanqidiy qarashlari. Ikki fasldan iborat: uning iqlimiy qarashlari va fanga oid qarashlari.
Uchinchi bob esa allomaning adabiy merosiga bag‘ishlangan. Bu ham ikki fasldan iborag: nasrii asarlari va sherlari.
Kitobda fasllarning har qaysisi bir necha bо‘limlarga bо‘lingan bо‘lib, ularda Saolibiy hayoti va ijodining hamma tomonlari tо‘la qamrab olingan va ilmiy asosda tahlil qilingan.
Mahmud Abdulloh о‘z asarini yozishda Sharq va G‘arbning kutubxonalarida mavjud bо‘lgan Saolibiy haqida ma’lumot beruvchi deyarli hamma qо‘lyozma va bosma manbalardan, shuningdek, Saolibiyning bizgacha saqlanib holgan asarlaridan foydalangan. Ammo sovet olimlarining, shu jumladan bizning jumhuriyatimiz olimlarining Saolibiy haqidagi ilmiy tadqiqotlari va Saolibiy asarlaridan о‘zbek tiliga qilingan tarjimalar Mahmud Abdulloh diqqatidan chetda qolib ketgan.
Abu Mansur Saolibiy haqida yozilgan yana bir muhim yirik tadqiqot 1976 yili Bagdodda nashr etilgan 517 betdan iborat. "al-Adab al-arabiy fi ihlimi Xorazm" ("Xorazm diyorida arab adabiyoti") nomli kitob bо‘lib, uning muallifi falastinlik olima Hind Husayn Tahadir.
Bu asar asosan Xorazm arablar tomonidan fath etilgan 712 yildan to Xorazmshohlar davlati tugatilgan 1230 yilgacha bо‘lgan davr adabiy hayoti xususnsa bо‘lib, mazkur kitobda shu davr ichida Xorazmda yozilgan arab tilidagi she’riy va nasriy asarlarga keng о‘rin berilgan. Hind Husayn Taha sharhshunoslikda birinchi bо‘lib Xorazm adabiyotining 550 yildan iborat davrini mukammal ilmiy о‘rgandi. Asarda Saolibiy hayoti va uning "Yatimat ad-dahr” tazkirasi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Kitobning Abu Bakr al-Xorazmiy, Muhammad ibn Homid, Abu Muhammad. ar-Rahqoshiy kabi shoirlar hahidagi bо‘limlari "Yatimat ad-dahr" ma’lumotlar asosida yozilgan. Arab olimasining ushbu asari VIII—XIII asrlarda Xorazmda arab tilida yaratilgan badiiy adabiyotni chuhur tahlil etgan muhim tadqiqotdir. Ushbu asarda Xorazm sо‘zining talqini, Xorazmning jug‘rofiy tuzilishi, uning tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayoti haqida ham alohida tо‘xtab о‘tilgan.
Saolibiy haqida Ovrupo olimlarining kо‘pgina asarlarida ma’lumot berilgan. Jumladan nemis olimi Karl Brokkelmanning "Arab adabiyoti tarixi", Gibning "Arab adabiyoti" kabi asarlarini kо‘rsatish mumkin. Saolibiy asarlari Da Slan, Ryo, Alvardt va boshqa G‘arb olimlarining qо‘lyozmalar xususidagi kataloglariga kiritilgan va ularda Saolibiy haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Bizning mamlakatimizda Saolibiy hayoti va ilmiy merosi haqida birinchi marta mashhur sharhshunos olimlar V. V. Bartold, YE. E. Bertels, I. Y. Krachkovskiy kabilar qimmatli fikrlarni aytib о‘tganlar.
О‘zbekistonda Saolibiy ilmiy merosini о‘rganish 60-yillardan boshlandi. Ushbu asarlar muallifining ham Saolibiy asarlari asosida bir necha ilmiy maqolalari va "Buxoroning arabiynavis shoirlari" (1965 y.), ”Abu Mansur as-Saolibiy" (1972 y.), "Beruniyga zamondosh shoirlar" (1975 y.) risolalari va rus tilida "О‘rta Osiyo va Xurosonda X—XI asrlardagi arab tilidagi she’riyat (1984) degan asarimiz nashr etildi.
Saolibiyning mashhur "Yatimat ad-dahr" nomli tazkirasining Xuroson va О‘rta Osiyo arabiynavis shoirlari hahida ma’lumot beruvchi tо‘rtinchi qismi, uning "Latoif al Maorif" va "Tatimmat al-Yatima" asarlari о‘zbek tilidagi tarjimasi tadqiqot hamda izohlari bilan nashr etildi. Yuhorida zikr hilganimiz manba va adabiyotlar asosida Saolibiy hayoti haqida quyidagilarni aytish mumkin.
Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad as-Saolibiy hijriy 350 (milodiy 961) yili Nishopurda tug‘ilgan, shuning uchun an-Nishopuriy (arabcha an-Naysoburiy) nisbasi bilan yuritiladi. U vahtda Nishopur Sharhda ilmu-fan markazlaridan biri edi. Olim shu yerda yaxshigina ma’lumot oladi, arab tili va arab adabiyotini nihoyatda chuqur va puxta egallaydi. Tarix fani bilan qiziqadi, ayniqsa Eron va О‘rta Osiyo xalqlari tarixini mukammal о‘rganadi. Nishopurlik yirik olim va adiblar bilan yahindan aloqada bо‘ladi. Yoqut Hamaviyning yozishicha, hirotlik shoir Abu Sulaymon al-Xattobiy (931 — 998) Saolibiyning muallimi bо‘lgan. ("Mu’jam al-udabo", 2-j., 31-6) Saolibiy о‘z ustozi bо‘lmish bu shoirningijodiy namunalarink о‘zining "Yatimat ad-dahr" tazkirasiga kiritgan va uning nomini zо‘r hurmat bilan tilga olgan. Suriyalik adib va tarixchi Kurd Ali Muhammad (1876—1953) Saolibiy Nishopurda mashhur xorazmlik shoir Abu Bakr al-Xorazmiydan (935—993) ham dars olganini yozadi va u buyuk shoir hamda taniqli adib bо‘lgan edi, deb ta’kidlaydi ("Kunduz al-ajdod", 233-bet). Saolibiy Nishopurda Abu Bakr al-Xorazmiy bilan mashhur shoir va adib Badiuzzamon al-Hamadoniy (969—1007) о‘rtasida bо‘lib о‘tgan adabiy tortishuvlarda ishtirok etgan. Uning asarlaridan ma’lum bо‘lishicha, Saolibiy Nishopurda о‘sha davrning mashhur olim va shoirlari Abu-l-Husayn al-Forisiy (vafoti 1030 y.), Abu nasr al-Utbiy (961—1036 yoki 1040), Abu Nasr al-Javhariy (vafoti 1008 y.)lar bilan yahin munosabatda bо‘lgan. "Yatimat ad-dahr" va "Fiqh al-luga" asarlaridagi ma’lumotlar Saolibiy Nishopurda amir Abu-l-Fazl Ubaydulloh al-Mekoliy (vafoti 1044 y.) hokimligi davrida yashab, undan kо‘p iltifotlar kо‘rganidan dalolat beradi. Saolibiy "Fihh al-lug‘a" kitobining muhaddimasida al-Mekoliyni nihoyatda mahtaydi, uiing qо‘l ostida yashaganini, majlis va suhbatlaridan kechasiyu kunduzi bahramand bо‘lganini yozadi Fihh al-lug‘a", 10-6). Mahmud Abdulloh ma’lumotlariga haraganda, Saolibiy Isfaroin shahrida yashab, Abu-l-Abbos al-Fazl ibn Ali huzuridagi shoirlar davrasida bо‘lgan, Hirotda Abu Ahmad Mansur ibn Muhammad al-Hiraviy al-Yazdiy huzurida yashab, unga о‘zining "al-Latif fi-t-tayyib" ("Yohimli narsalarda noziklik”) va "al-Iyjoz va-le’joz" ("Nodir sо‘zlar va hisha iboralar") asarlarini tahdim etgan.
Shunday qilib, Nishopurda savod chiqarib, ilmini kamolatga yetkazgan olim hayot hiyinchiliklari tufayli savdogarlik bilan ham shug‘ullanadi. Ibn Xallikonning "Vafayot al-Ayon" asarida kо‘rsatilishicha, Saolibiy asosan tulki terisi bilan savdo hilgan va undan turli narsalar tikish bilan shug‘ullangan. Shuning uchun u "as-Saolibiy” (sa’lab—tulki, saolib—uning kо‘pligi) lahabini oldi va shu lahab bilan mashhur bо‘lib ketdi. Mahmud Abdulloh al-Jodir esa "Abu Mansurning bo laligi kambag‘al oilada о‘ttan, uning otasi tulki terisi tikish va undan mо‘ynalar ishlash bilan kun kechirgan" deb yozadi va dalil sifatida talaygina manbalarni keltiradi1. Savdogarlik bilan shug‘ullanish tufayli Saolibiy kо‘p shahar va mamlakatlarni kezadi, u yerlarving davlat arboblari, amiru vazirlari, olim va shoiryaari bilan tanishib, ularning suhbatlarida bо‘ladi. U Arab yarim orolining kо‘p shaharlari (Makka, Madiia), Iroh, Ispaniya, Xuroson, Movarounnahr, Xorazm va boshha joylarda bо‘lgan. О‘zining "Yatimat ad-dahr” tazxirasida yozidshcha, Saolibiy 382 hijriy (992—993 milodiy) yili Buxoroga kelib, ushbu shaharda bir necha oy turgan va juda kо‘p olim va shoirlar suhbatida bо‘lgan6.
Mashhur tarixchi Abu-l-Fayz Bayhahiyning (995— 1078) "Tarixi masudiy" kitobidagi ma’lumotlarga kо‘ra, Saolibiy Xorazmda ham bir necha vaht istihomat hilgan, xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma’mun ibn Ma’mun (1009—1017) suhbatida bо‘lgan va unga atab asarlar ham yozgan7. Saolibiy о‘zining "at-Tamsil va-l-muhozarat" va "Mubhkj" nomli nkkita asarini Ziyoriylar amiri Shamsul Maoliy Qobus ibn Vushmgirga bag‘ishlagan va unga tahdim etgan. Demak, olim Kaspiy oldi viloyatlari hoximi Qobus ibn Vushmgir (978—1012) saroyida Jurjoida ham yashagan.
Saolibiy Mahmud G‘aznaviyning birodari Abu Muzaffar Nasr ibn Sabuktashn (vafoti 1021) himoyasi ostida bir necha ynl G‘aznada ham istihomat qilgan va uning buyrug‘i bilan "Shohnomai Saolibiy" nomi bilan mashhur bо‘lgan Turar axbor muluk al-furs va siyarihum” asarini yozgan.
Mahmud Abdulloh al-Jodir о‘z asarida Saolibiyning ustoz va rahnamolariyai ham batafsil tavsiflab о‘tgan. Ulardan eng mashhurlari Abu Bakr al-Xorazmiy, Abual-Fath Busgiy, Abu Ali Muhammad az-Zohir, Abu Tohir Maymun al-VOsitiy, Abu Nasr al-Utbiy, Abu Bakr al Kо‘hisloniylar alohida zikr hilivgan. О‘sha asarda Saolibiyning shogirdlari ham tilga olinib: "Hozirgi kunimizgacha ham u о‘e xazinasi bilan bizga foyda keltirmohda va shundayligicha holadi”,— deb yozilgai. Mahmud Abdulloh о‘z asarining "Uning shaxsiyati va axlohi” degan bо‘limidz Saolibiyning oliyjanob xislatlari; kamtarliga, dunyo boyliga bilan ishi bо‘lmagani, fahirona hayot kechirgani, mо‘min, e’tihodli, zamonasining ilgor kishisi bо‘lgani, juda kо‘p adib, olim va mansabdorlar unga dо‘st bо‘lib, hurmat va izzatini о‘rniga hо‘yishgani, olim ularning halbidan joy olgani hahida ham aytib о‘tgan.
Kо‘pgina mamlakatlarni kezish, mashhur olim, shoir va adiblar bilan uchrashish Saolibiy uchun katta bilim manbai bо‘ldi. U о‘z taassurotlari asosida bir hancha asarlar yozdi. Abu Mansur Saolibny 429 hijriy (1038 milodiy) yili Nishopurda vafot etdi. Ba’zi manbalarda uning vafoti 430 (1039) yil deb kо‘rsatilar edi, lekin Mahmud Abdulloh 429 (1038) yil tо‘g‘ri ekanligani ilmiy asoslab berdi.
Uch buyuk siymo — Saolibiy, Ibi Sino va Abu Rayhon Beruniylar bir davrda va bir davlat hududida yashadilar, lekin ular bir-birlari bilan bevosita alohada bо‘lgani haqida hozircha hech handay ma’lumotga ega emasmiz. Aynihsa Saolibiy Beruniy bilan uchrashmagan deyish hiyin. Saolibiy Beruniydan 12 yil avval tug‘ilib, 10 yil oldin vafot ettan. Beruniy bо‘lgan joylarning deyarli hammasida Saolibiy ham bо‘lgan, buyuk mutafakkir bilgan kishilarning kо‘pchiligani Saolibiy ham bilgan. Beruniy ham, Saolibiy ham Ziyornylar sulolasi amiri Shameu-l-Maoliy Qobus ibn Vushmgir (978—1012) hо‘l ostida bir necha yil Jurjon shahrida yashaganlar. Abu Rayhon Beruniy о‘zining mashhur "al-Osor al-bohiya an-al-qurun al-xoliya" ("Qadimga xalhlardan qolgan yodgorliklar") asarini Qobus ibn Vushmgirga bagashlab yozgan va ung‘a hadya hilgan. Saolibiy ham "at-Tamsnl va-l-muhozarat” ("Nodir sо‘zlar va suhbat”) va "Mubhij" ("Kо‘ngil ochuvchi") degan kitoblarini Qobus ibn Vushmgirga hadya qilgan va unga bagashlab bir qancha she’rlar ham yozgan. Beruniy bir qancha olimlar hatori xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma’mun ibn Ma’mun (997—1017) huzurida bir necha yil istiqomat qilgan, Saolibiy ham Ma’mun saroyida bо‘lib, u bilan kо‘p suhbatlashgan.
Yukorida aytganimizdek, Saolibiy Mahmud G‘aznaviyning birodari Abu Muzaffar Nasr ibn Sabuktagin hо‘li ostida yashagan, Mahmud Gaznaviyni ham yaxshi bilgan. Beruniy ham bnr necha vaht Mahmud Gaznaviy saroyida istihomat hilgan. Mashhur shoir va kotib Abu-l-Fath al-Bustiy (971—1010) Saolibiyiing eng yahin dо‘stlaridan bо‘lgan. Olim unga "Yatimat ad-dahr" tazkirasidan deyarli butun bir bobni ajratgan, uning nasriy va nazmiy asarlaridan namunalar keltirib, iste’dod va ijodiga tahsinlar aytgan. Saolibiy о‘zining boshqa asarlarida ham Abu-l-Fath Bustiy nomini hurmat bilan tilga olgan va asarlaridan namunalar berib ketgan. Abu-l-Fath Bustiy ham о‘z navbatida Saolibiyni о‘ziga eng yaqin dо‘st deb bilgan va unga atab bir qancha she’rlar yozgan. Bunday she’rlarni Saolibiyning "Yatimat ad-dahr" tazkirasida uchratish mumkin8. Shuningdek Beruniy ham Abu-l-Fath Bustiyni yaxshi bilgan. Yohut Hamaviyning "Mо‘jam al-udabo" asarida Beruniyning Abu-l-Fath Bustiyga atab yozgan ikki bayt she’ri keltirilgan.
Beruniy о‘zining "Qimmatbaho toshlarni bilib olish uchun ma’lumotlar tо‘plami” asarida "Abu Mansur Saolibiy shoirlarning о‘xshatishlar qо‘llash odatiga ergashib, Ali ibn Muhla tо‘g‘risida ham gapiradi" deb yozadi va Ali ibn Muhlaning Saolibiy asaridan olingan ikki bayt she’rini keltiradi9. Saolibiyning "Yatimat addahr” asarida ma’lumot berilgan shoir Abu-l-Hasan al-Lahhomning ikki bayt hajviy she’rini Beruniy "Saydana" asarining moychechak bobiga kiritib ketgan3.
"Yatimat ad-dahr"ga kiritilgan shoirlardan al-Lah hom va as-Sallomiylarning nomlari ham Beruniyning "Mineralogiya" asarida tilga olingan. Beruniyning boshqa asarlarida ham bunday dalillarni kuplab topish mumkin. Demak, Beruniy о‘z zamondoshi Saolibiy asarlaridan samarali foydalangan. Lekin Beruniy va Saolibiylarning hozircha bizga ma’lum bо‘lgan asarlarining birortasida ular bir-birlarini shaxsan bilganliklari haqida aniq ma’lumot uchramaydi. Bir davr, bir davlatda yashab, bir xil amir va boshqa mashhur shaxslar bilan dо‘st bо‘lgan bu ikki alloma bir-birlarini bilmagan deb bо‘lmaydi, albatta. Ularning asarlarini о‘rganish orqali bu muammo xal bо‘lsa ajab emas. Zamondoshlari Saolibiyning ilmu fazilatiga juda katta baho berganlar.

Download 197,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish