Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi jahon tarixi kafedrasi


II.BOB. Italiya va papalikni bo’y sundirishga German imperatorlarining harakatlari Germaniya XIV-XV asrlarda



Download 230 Kb.
bet4/6
Sana31.05.2022
Hajmi230 Kb.
#622894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J.T.GermaniyaSaksoniyaliklar davrida

II.BOB. Italiya va papalikni bo’y sundirishga German imperatorlarining harakatlari Germaniya XIV-XV asrlarda


2.1 Italiya va papalikni bo’y sundirishga German imperatorlarining harakatlari.

Nemis feodallarining Sharq yurishlaridan farqli ravishda Italiya va papalikni bo’y sundirishga shaxsan German imperatorlarining o’zi boshchilik qildi. Bu siyosatni faol darajada amalga oshirganlardan biri Gogenshtaufenlar sulolasidan bo’lgan (1138-1254) Fridrix I Barbarossa 1152-1190 hisoblanadi. U dastlab imperatorlik tojini kiyish maqsadida 1154 yilda Rimni egallaydi va u yerda tojni kiyadi8.


1158 yilda Ronnal vodiysida Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlari vakillarini to’playdi va ular orasidagi bir-biriga dushmanlik kayfiyatidan foydalanib seymda shaharlarni o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum etadi va uning o’rniga imperator tomonidan tasdiqlanadigan, saylab qo’yiladigan konsul amaldorlari – podesta boshqaruvi joriy qilinadi. Amalda bu Shimoliy Italiya shaharlarining to’liq imperatorga bo’y sunishini anglatar edi.
Fridrix I o’z hukmronligi o’rnatish maqsadida keskin choralar ko’radi. Bunga javoban Shimoliy Italiya shaharlaridan 22 tili birlashib, 1167 yilda Lombardiya ligasiga asos soladi va imperatorga qarshi kurash boshlaydi. Ligaga papa Aleksandr III ham faol yordam beradi. 1176 yildagi Ancha va imperator o’rtasidagi hal qiluvchi jangda nemis risarlari mag’lub etiladi. 1183 yilda Konstinsdagi sulh bilan imzolangan yarashuv amalda Shimoliy Italiya shaharlariga o’z-o’zini boshqarishni qaytarib berdi.
Italiyada o’z hokimiyatini o’rnatish uchun so’nggi urinishni Fridrix I nevarasi Fridrix II (1220-1250) amalga oshirdi. U o’z davrining mashhur imperatori edi. Sisiliyada ulg’aygan Fridrix II (Ayni paytda u Sisiliya qiroli edi, chunki uning otasi Genrix VI Sisiliya taxti vorisi bo’lgan malika uylangan bo’lib, undan meros tariqasida o’g’liga o’tgan edi) vizantiyalik, arab, yahudiy olimlari tarbiyasini oldi, Neopol universitetini tomomladi. U grek, Rim, arab mualliflari asarlarini bemalol mutoala qilar, ilmiy kuzatishlar bilan shug’ullanar va ayni paytda badiiy ijodni ham kanda qilmas edi. Undan tashqari u o’z davrida mohir diplomat va diniy masalalarni tushunib yetgan taniqli davlat arboblaridan edi. U ham bobosi singari Shimoliy va Markaziy Italiya ustidan hukmronlik qilishga urindi. Bunda Sisiliyada tayanch nuqta vazifasida foydalandi. Tanafuzlar bilan (davom etgan) 30 yil davom etgan italyan shaharlari va papa bilan davom etgan urush oxir – oqibat Gogenshtaufen Lar sulolasining inqirozi bilan tugadi9.
Imperatorlarning Italiya ishlari bilan chalg’ib qolishi Germaniyaning o’zida markazlashgan hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keldi. Masalan Fridrix II butun hukmronligi davomida bor yo’g’i 3 marta Germaniyaga kelgan va bu yerda jami hisoblaganda 9 yildan kamroq yashagan edi. Markazlashgan hokimiyat kuchsizligini hatto eng qudratli imperator ham o’z vorisi meros tariqasida qirollik tojini mustaqil ravishda topshira olmasligi ham ko’rsatib turibdi.
O’rganilayotgan davrga kelib mamlakatda feodalizasiya jarayonining yakunlanishi oldingi eski qabila gersogliklari o’rnida yuzga yaqin knyazliklar, ulardan 80 dan ortig’i diniy edi, paydo bo’lishiga olib keldi.
Undan tashqari XII asr oxiridan Germaniyada markaziy hokimiyat amalda qirollik tayanchi bo’lgan qirollik ministr komitetini ham yo’qota boshlaydi. Bu qirolnnig nufuzli amaldorlari yirik feodallarga aylanib, qirol bilan uzviy aloqadan chiqadilar.
Ba’zan German imperatorlarining o’zlari knyazlarga turli ko’rinishdagi imtiyozlar berib, ularni kuchayib ketishiga sababchi bo’lgan. Masalan Fridrix I Italiya yurishidagi yordami uchun Genrix Sherga Bavariya va bir qancha hududlarni bergan edi. Lekin boshqa knyazlarning bunga norozi bo’lishi imperatorning ularga qo’shilib Genrix Sher ustiga yurish qilishi olib keladi. Natijada Genrix Sher hukmronligiga gen qo’yiladi, undan qaytarib olingan yerlarni Fridrix I boshqa knyazlarga yana bo’lib beradi.
Imperator Fridrix II bo’lsa knyazlarni asosiy tabaqa sifatida ko’rib, ularga muhim vakolatlarni qonunlashtirib beradi. Endi knyazlar o’z hududida olib sud vazifasini bajargan, tangalar zarb qilgan, soliq va boj to’lovlarini undirgan, shaharlarga asos solganlar. Gogenshtaufenlar hukmronligi barham topgach hokimiyat uchun o’zaro urushlar (1254-1273) ham mamlakat siyosiy tarqoqligini yanada kuchaytirib yubordi. Imperatorlar endilikda o’zlari hududiy knyazlarga aylanib, o’z urug’lari hukmronligini kengaytirishga e’tibor qaratdilar. Xuddi shu siyosatni gabsburglar xonadoni vakili Rudolf (1273-1291) boshlab berdi. Elzas va Shveysariyadan hukmronlik qilgan Rudolf chex qiroli Pshemыsya II dan Avstriyani tortib oladi va o’z sulolasi qudratiga asos soladi. Lekin boshqa knyazlar bu sulola hukmronligi kuchayib ketishdan xavfsiragan knyazlar Rudolfdan so’ng taxtga uning o’g’lini o’tkazmaydilar. Shundan boshlab German taxtida Nassau, Lyusemburg, Vittalsbax, Gabsburglar sulolasi va xonadoni vakillari navbatma – navbat bir-birini ag’darib hukmronlik qila boshladilar. Bu knyazlarning imperator hokimiyatini kuchaytirmaslikka qaratilgan siyosati natijasi edi.
Knyazlar XIV – XV asrlar davomida ham imperator hokimiyatining mustahkamlanishiga yo’l qo’ymaslikka urindilar va alohida hududlar doirasida markazlashtirish siyosati davom ettirrib, qirollik taxtiga taniqli bo’lmagan Lyuksemburg grafligi hukmdori Genrix VII (1308-1313)ni o’tkazdilar. U ham o’zidan oldingi qirollar singari sulolasi hukmronligini kuchaytirish yo’lidan borib, o’g’li Chexiya qiroli vorisiga uylantirdi. Ikkinchi tomondan nemis hukmdorlarining eski an’analariga sodiq qolib, deyarli bir asrlik oraliqdan so’ng Italiyaga hujum qilib Rimda imperatorlik tojini kiyishga Musharraf bo’ladi.
Imperator huzuridagi vasallar kengashi XV asr oxiridan reyxstag deb atala boshlandi. Reyxstag ko’proq maslahat kengashi organi hisoblanib, unda biror darajada qudratga ega bo’lganlarning fikri asosan e’tiborga olingan. Reyxstag chiqargan qarorlarni ijro etish uchun Germaniyada hyech qanday muassasa bo’lmagan. Ayrim knyazliklarda Landtaglar faoliyat yuritsada, lekin ular doimiy bo’lmagan.



Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish