2.2 Germaniyada dehqonlar urushi va uning tarixiy ahamiyati. Dehqonlar urushi mag‘lubiyatidan keyin reformatsiyaning rivojlanishi
Germaniyaning shimoli va shimoli-sharqiy yerlari, shuningdek, Markaziy Germaniyaning ham ba’zi bir knyazliklari lyuteranlikni qabul qildilar, janub esa katolikligicha qoldi. Keyinchalik bu diniy urushlarga olib keldi. 1524 yilga kelib katolik cherkoviga qarshi boshlangan harakat dehqonlarning krepostnoylik (krepostnoylik, feodal davlatlarda dehqonlar qaramligining tо‘liq va mash’um kо‘rinishini mustahkamlagan huquqiy hujjat) zulmiga qarshi urushga aylanib ketdi. Qо‘zg‘olonning yetakchisi ruhoniy Tomas Myunser (1493-1525 yillarda yashagan) edi.
Myunserning g‘oyalari о‘z ustozi Lyuternikiga nisbatan ancha xalqchil bо‘lib, u ezilgan omma manfaatlarini kо‘zlardi. Myunser “hokimiyat oddiy xalqqa berilishi kerak”, chunki xudoning irodasi shu der edi. U о‘z targ‘ibotida xudo haqiqiy dindorlar bilan, tanlanganlar bilan gaplashadi va xalq poplarga emas xudoga quloq solmog‘i kerak, deydi. Qachon qо‘rg‘on va monastrlar hamda “boylar va kambag‘allar dushmanlari” yо‘qolsa, xususiy mulk bо‘lmasa, о‘shandagina Germaniya baxtli bо‘ladi, deydi Myunser. Myunser xalqni о‘z hukmini о‘tkazishga, hokimlarni ag‘darishga chaqirdi. U reformatsiyani shunday tushungan; reformatsiyaning asosiy vazifasi dinning yangi kо‘rinishini yaratish emas, balki dehqon va shahar kambag‘allari yordamida ijtimoiy-siyosiy tо‘ntarish qilish deb tushunardi. Uning ma’ruzalarida “Yerdagi hayotni yaxshilash, yovuzlikni yо‘qotib, jannatni Yerda yaratish” zarurligini targ‘ibot qilar edi. Myunserning g‘oyalarida dehqonlarning kichik mulklarini yaratish, ularni feodallar zulmidan ozod qilish mujassamlashgan edi. Myunser 1525 yilgi dehqonlar uru¬shi vaqtida Myulgauzen shahridagi inqilobiy harakatga boshchilik qildi12.
Lyuterning cherkovga qarshi isyonga chaqirishi 2 ta siyosiy qо‘zg‘olonga sabab bо‘ldi; 1 chisi, 1523-yilda Frans fon Zikkengen boshchiligidagi dvoryanlar qо‘zg‘oloni; 2 chisi, 1525-yildagi dehqonlar urushidir. Ritsarlar qо‘zg‘oloni Reyn viloyatida bо‘ldi. Bu viloyatga qо‘shni bо‘lgan Frankoniya, Shvabiyadagi ritsar¬lar 1522 yil avgustida Landau shahrida sezdga tо‘planib, 6 yil muddatga ittifoq tuzdilar. Bunga qasr egasi Frans fon Zikkengen (1481—1523) bosh bо‘ldi.1522 yil sentabrda Zikkengen 6-7 ming kishilik ritsar¬lar otryadi bilan Trir arxiyepiskopi Rixardga qarshi otlandilar, qо‘shni knyazlar-Pfals kurfyursti (saylovchi-knyazlar.Muqaddas Rim imperiyasida XIII asrdan imperator saylash huquqiga ega knyazlar bо‘lib,1356 yilgi Karl IVning oltin bullasi bilan huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan) bilan Gessen landgrafi yordamga keladi va knyazlar ritsarlarni Trirdan uloqtirib tashladilar, ritsarlar qо‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchrab, ritsarlar siyosiy mustaqillikdan mahrum bо‘ldilar. 1524-1525 yillarga kelib, dehqonlar urushi uchta asosiy rayonga: 1) Shvabiya, 2) Frankoniya 3) Tyuringiya — Saksoniyaga yoyildi. Shvabiyadagi dehqonlar qо‘zg‘oloni Shveysariya chegarasidagi Shvarsfald okrugida 1524 yil yozida boshlangan edi. Qо‘z¬g‘olon kо‘targan dehqonlar 1524 yil 24 iyunda о‘z pomeshchik graflariga barshchina majburiyatini tо‘lashdan bosh tortdilar. Bularga qо‘shni Vlasiy monastri dehqonlari ham qо‘shildilar va ularning soni 3500 kishiga yetdi. Ular qurolli otryad tuzdilar va ilgari fransuzlarga qarshi urushda qatnashgan Gans Myuller degan dehqon boshchilik qildi. Janubiy Shvabiya feodallari о‘zlari yetarli darajada kuchli emasliklarichi sezib, bir necha oylar dehqonlar bilan tinch muzokara olib borib, qо‘zg‘olonning kengayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslikka harakat qildilar. 1525 yilning uch oyi mobaynida Shvabiyada qurolli otryadlar soni oltitaga yetdi qurollangan kishilar soni 30-40 mingtaga yetdi. 1525 yil 6-7 martda Memmingen shahrida Shvabiya dehqonlari oltita otryadi rahbarlarining sezdi bо‘lib, unda qо‘zg‘olonchilar yig‘ilishida yagona dastur tuzilib, u «12 modda» dasturi deb ataldi. Bu dasturda muhim hisoblangan 4, 5,10-moddalarda dehqonlardan tortib olingan jamoa mulklari; о‘rmon, о‘tloq, kо‘llarni qaytib berish talab qilingandi. Dasturning 3 moddasida “Bizni hozirgacha shaxsi qaram kishilar deb hisoblash odat bо‘lib qolgan, biz endi erkin kishilar bо‘lishni istaymiz!”-deb yozilgan edi. Dasturning qolgan moddalarida barshchina, soliqlar va cherkov ushrini kamaytirish, qishloq ruhoniysini jamoaning о‘zi saylash huquqlari talab qilindi. Dastur kitobcha shaklida nashr qilinib, dehqonlar orasida keng tarqaldi. Shvabiya ittifoqi qо‘shinlari qо‘mondoni Georg Truxzes dehqonlarga sulh muzokaralari boshlashni taklif qiladi va 1525 yil 2 aprelda «12 modda» ni muhokama qilishlarini aytadi. 2-aprel kuni Truxzes dehqonlarning Leyptem otryadiga hujum qiladi.Lekin dehqonlarning Boden va Konstans kо‘li qirg‘oqlarida joylashgan qо‘shinlariga hujum qilgan Truxzes jiddiy qarshilikka uchraydi. Shundan keyin Truxzes о‘z kuchlarini bu vaqtda qо‘zg‘olon avj olgan Frankoniyaga kо‘chirish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Frankoniyadagi qо‘zg‘olon 1525 yil mart oxirlaridan boshlanib, 1525 yil aprel boshlariga kelib kuchaydi. Bunda ham dehqonlarning birinchi qurolli otryadi tuzildi. Frankoniyadagi otryadlarning tarkibi Shvabiya otryadlariga qaraganda murakkabroq edi, dehqonlar bilan bir qatorda ritsarlar ham qо‘shildilar, ular komandirlik vazifasini bajarar edilar. Rottenburg, Geylbronn, Vyursburg kabi shaharlar ham qо‘zg‘olonchilarga qо‘shildi. Frankoniyadagi eng katta otryadlar: 1) Rottenburg rayonida tuzilib, Stefan fon Mensingen va Florian Geyer degan ritsarlar bosh bо‘lgan Taubertal lashkari uning nomi «Qora otryad» edi. 2) markazi Geylbronn shahrida bо‘lgan, Georg Metsler degan dehqon va Vendel Gipler degan dvoryan boshchilik qilgan Odenvald lashkari. 3) Yakov Rorbax degan dehqon boshchiligidagi (Nekkar daryosi vodiysida) tuzilgan Nekkar lashkari. 4) Vyurtemburgda byurger Feyerbaxer boshchi¬ligidagi «Porloq dehqon otryadi» edi. Odenvald va Nekkar lashkarlari 1525 yil aprel oyi о‘rtalarida «Porloq otryad» bilan birlashib, qо‘shinga Gets fon Berlixengen degan ritsar boshchilik qildi. Frankoniyadagi qо‘zg‘olonchilar yuzlab qasr va monastrlarni bosib oldilar va vayron qildilar, ular Vensberg qasrini bosib olib, о‘zlarini dasturlari bilan chiqdilar. «Geylbronn dasturi» deb atalgan 14 moddadan iborat dasturni Vendel Gipler tahrir qilgan edi. Bu dastur 1525 yil 9-12 may kunlari tuzilib, ritsarlar manfaati kо‘zlangan edi. Ritsarlar cherkov mulki fondidan yer bilan ta’minlanishi lozim edi, imperiya sudida о‘rin tutishi kerak edi. Dasturda hukumatga ichki bojxona chegaralarini yо‘q qilish, yagona pul, uzunlik va vazn о‘lchovini joriy qilish, savdodan boj olinishini bekor qilishni talab qilgan edi. Dehqonlar masalasida esa bu dasturda krepostnoy qaramlikdan tо‘lov berish baravariga ozod qilib, erkin yer egalariga aylantirishni talab qilgan edilar. Dasturning 5 moddasida, ruhoniylar dunyoviy ishlardan butunlay chetlatilishi kо‘zda tutilgan edi. Geylbronnda xuddi dastur muhokama qilinayotgan vaqtda, Truxzes Frankoniya qо‘zgolonini bostirishga kirishadi. 7-iyun kuni Truxzes “Qora otryad” qо‘shinlarini tor-mor qilib, Frankoniyaliklarning 5 mingga yaqin kishisi qolgan sо‘nggi otryadini ham qurolsizlantirdi. 1525 yil 6 dekabrda Yuqori Reyndagi qо‘zg‘olonning sо‘nggi tayanchi bо‘lgan Valdsgut shahri ham ishg‘ol qilindi. Janubiy Frankoniya va Shvabiyadagi qо‘zg‘olon alangasi Frankoniyaning shimoli-Saksoniya- Tyuringiya hududlariga tarqaldi. Bu qо‘zg‘olonga Tomas Myunser boshchilik qildi. Bu harakatning markazi Myunxauzen shahri bо‘lib, 1525 yil fevralida Myunserning bu yerga kelishi bilan shaharliklar eski Kengashni tarqatib yuborib, yangi “Adabiy Kengash” degan tashkilot tuzildi. Myunser va uning shogirdi Pfeyfer 8 mingga yaqin qurolli otryad tashkil qildilar. Myunserning о‘zi harbiy ishda tajribasiz edi. Kuchlarini birlashtirgan knyazlar Filipp Gessenskiy bilan Saksoniya gersogi Georg 1525 yil 16 mayda Frankengauzen shahriga yaqin joyda Myunser qо‘shinini tor-mor qiladi. 8 ming qо‘zg‘olonchidan 5 minggi jangda о‘ldirildi. Myunser asir olinib, qatl qilindi.¬ 25 may kuni Myulgauzen shahri shg‘ol qilindi. Hammasi bо‘lib 100 mingga yaqin kishi qatl qilindi. 1525 yilgi dehqonlar qо‘zg‘oloni Tirol, Shtiriya, Karintiya va Kraynaga yoyildi. Qо‘zg‘olon kо‘targan dehqonlar orasida nafaqat nemis dehqonlari balki slavyanlar dehqonlari ham bor edi, kо‘pgina qal’alar va monastirlarni egallab vayron qildilar.
Lekin qо‘zg‘olonchilar lashkarlari yagona qо‘shin bо‘lib birlashishmadi va uning umumiy rahbari ham yо‘q edi. Har qaysi viloyatning qо‘zg‘olonchi lashkarlari о‘z holicha harakat qildilar. Lekin qо‘zg‘olonchilar lashkarining harbiy tayyorgarligi zaif, intizomi bо‘sh edi. Dehqonlar lashkari tartibi ham doimo о‘zgarib turardi. Dehqonlarning bir qismi kelib lashkarga qо‘shilsa, boshqalari о‘z uylaridan xabar olish uchun ketib qolar edilar. Dehqonlarning soddaligi va ishonuvchanligi ham feodallarga qо‘l keldi. Dvoryanlarning hamma talablarni bajarish haqidagi va’dalariga ishongan qо‘zg‘olonchilarning bir qismi taslim bо‘lsa, boshqalari uylariga qaytib ketgan. Bundan foydalangan Georg Truxzes kо‘psonli bо‘lmagan qо‘shini bilan dehqon otryadlariga hujum qilib, ularni yakkama-yakka holda yenggan. Germaniyadagi dehqonlar urushi Yevropada feodal tuzumni inqilobiy yо‘l bilan yо‘q qilish uchun bо‘lgan birinchi urinish edi.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki Germaniyada XVI asr boshida nihoyat darajada keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar oqibatlari natijasida keng revolutsion harakatga aylandi. Reformatsiya, ya’ni papa katolik cherkoviga qarshi harakat bu revolutsion harakatning birinchi davri bo‘lib qoldi. “Har bir mamlakatda dunyoviy feodallar bilan alohida-alohida kurash boshlashdan avval uning bu muqaddas markazi tashkilotini yo‘q qilish lozim edi”. Germon reformatsiyasining boshlanishi Martin Lyuter nomi bilan bog‘liq. Reformatsiyaning boshlanishi 1517 yilning 31 oktyabr Martin Lyuter cherkov eshigiga qog‘ozni yopishtirishidan boshlandi. Bu voqeya “95 tezis” - indulgensiyalarni sotishga qarshi e’tirozlar bilan xarakterlanadi. Аslida faqat ilmiy
munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani to‘lqinlantirib yuborishga sababchi bo‘lib qoldi. Keng muhokamalar davomida Lyuterning qarashlari va pozisiyasi aniq bo‘lib bordi. 1520 yil 15 iyunida papa Lev X (1475–1521) Lyuterni cherkovdan haydashga tahdid qiluvchi bulla e’lon qildi. Papa vakillari bulla matnini Germaniya bo‘ylab tarqatib, Lyuter asarlarini yoqishni tashkil qildi. Bunga javoban Lyuter o‘z talabalari yordamida cherkov kitoblari va bulla matnini yoqadi. 1521 yil boshida Lyuter va uning tarafdorlari cherkovdan haydaldilar. Martin Lyuter Rim sudiga chaqirilganda u borishdan bosh tortdi va 1521 yilda Vorms shahridagi imperatorlik sudiga chaqirishga to‘g‘ri keldi. Lyuterning do‘stlari uning hayoti uchun xavotirlanib, Vormsga bormaslikni maslahat beradilar. “Mendan hamma narsani kutinglar, faqat qochishni va voz kechishni emas. Men qochmayman va eng so‘nggi kunimgacha tan oladiganim, o‘z ta‘limotimdan voz kechmayman!”, - Lyuter o‘z tarafdorlariga ana shunday javob berdi. Vormsga boradigan yo‘lda unga tantanali uchrashuvlar uyushtirdilar, ko‘plab xalq to‘plandi va u o‘z duolarini o‘qidi. Vorms seymi uning uchun eng sharafli onlar bo‘lib qoldi. Shahar ko‘chalari va maydonlarini xalq oqimi to‘ldirib yubordi. Imperator Lyuterdan o‘z ta’limotidan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga bo‘ysunishdan va indulgensiyalarning sotilishini ma’qullashdan bosh tortdi. Yig‘ilganlarga murojaat qilib, Lyuter o‘zining mashhur so‘zlarini aytdi: “Men shu so‘zimda turibman. Va boshqacha bo‘la olmayman. Xudo menga ko‘maklashadi. Omin”. Uning nutqi davomida zaldan ma’qullagan xitoblar eshitilib turardi. Suddan keyin ko‘pchilik Lyuterni ham Yan Gusning (1369-1415) taqdiri kutayapti, deb o‘ylagandi. Аmmo Saksoniya kurfyursti Fridrix III Donishmand (1463–1525) uning qochishiga yordam berdi, Lyuterni o‘z qasrlaridan biriga berkitdi. U erda Lyuter risar Georg nomi bilan yashadi hamda Injil va boshqa diniy yozuvlarni nemis tiliga tarjima qilishda davom etdi. Shu tariqa Germaniyada dehqonlar urushi boshlanishdi. 1524-1526 yillar oraligida dehqonlar harakati keng avj olib ketdi. 1522-1523 yillardagi ritserlar harakati tor soslobiychlik tusida bo‘lgan bo‘lsa, 1524-1525 yillardagi dehqonlar urushi bunga qarama-qarshi ravishda keng, ommabiy xalq harakati tusini oldi. Dehqonlar urushi uch asosiy tumanda Shvabiya, Frankoniya, TyuringiyaSaksoniyaga yoyilib ketdi. Qo’zg’olon boshqa hududlarda ham avj oldi. Xususan: g‘arbda - Elzas, sharqda – Tiroldagi Yuqori Avstriya, Shtiriya, Karintiya va Kraynadagi Alp to‘gi tumanlarida boshlandi. Sharqi tumanlarda 1526 yillarda ham, yani g‘arbiy tumanlardagi harakatlar bostrilgandan so‘ng ham davom etgan. 1525 yilgi dehqonlar urushi maglubiyatga uchradi, buning sabablari: dehqonlarning tarqoqligi, ularning partikulyarizmi, feodallarga ishonuvchanligi, o‘rtasida ho‘jayinlari bilan kelishuvga moyil bo’lganligi, ularning mag‘lubiyatini taminlab qo‘ydi. Bunga dehqonlar ittifoqi ham sababchi bo‘lgan. Garchand dehqonlar urushda yengilgan bo‘lsalar-da, u Germaniyada katolik cherkovi hukmronligining barham topishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1526 yilda Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Reyxstag bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 nafar knyazi protest (norozilik) bildirishdi. Ular “Protestatsiya” deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniylar va dunyoviy feodallarning lyuterchilikni cheklash haqidagi umumgerman yigdlishi qaroriga qarshi protestga imzo qo‘ydilar. Shu tariqa 5 nafar knyaz protestant (norozi) deb ataldi. Protestant knyazlar 1555 yilda Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq boddilar. Unga ko‘ra, endi har bir knyaz o‘z fuqarolari uchun istagan dinni, ya’ni yo protestantlikni yoki katoliklikni tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Shu davrdan boshlab Reformatsiyaning barcha tarafdorlari protestantlar, yangi cherkov esa protestant cherkovi deb atala boshlandi. Shunday qilib, xristianlikda uchinchi oqim - protestantlik vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |