Lider ayollar qatlami qanday yaratiladi? Aziza Umarova bilan suhbat


Ayollarning turli muammolarga duch kelishiga ko‘p hollarda ulardagi huquqiy savodxonlikning pastligi sabab bo‘lmasmikan?



Download 19,66 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2022
Hajmi19,66 Kb.
#673866
1   2   3   4
Bog'liq
lider ayol

Ayollarning turli muammolarga duch kelishiga ko‘p hollarda ulardagi huquqiy savodxonlikning pastligi sabab bo‘lmasmikan?
− Bu ta'lim masalasiga borib taqaladi. Davlat uzoq vaqt shunday qildiki, oliy ta'lim olish dabdaba edi. Ta'lim olish imkoniyatining yo‘qligi katta vakuumni hosil qildi.
Agar ayollarimiz biz istayotgan darajaga chiqishini istasak, viloyatlarda universitetlar ochilishi uchun barcha harakatni qilishimiz kerak. Ularga ayollar ham, erkaklar ham, qizlar ham, yigitlar ham kira olishi kerak.
Men qachondir bizda qishloq qizlari uchun stipendiya dasturi paydo bo‘lishini orzu qilaman. O‘qishga puli bo‘lmagan qizlar yashab turgan joyida ham ta'lim uchun grant ola bilishi kerak. Ular nima uchun bu imkoniyatdan mahrum? Davlat ularni qidirib topishi, imtihon va olimpiadalar orqali kashf etib, ulardan yangi intellektual elitani hosil qilishga qiziqish bildirishi kerak. Ertaga nimagadir erishishga qodir bo‘lgan insonlarni tayyorlashi kerak.
O‘z tajribangizdan kelib chiqqan holda, shaxsiy rivojlanish uchun qanday adabiyotlarni tavsiya qilasiz?
− O‘zimda katta taassurot qoldirgan kitoblar bu  Chingiz Aytmatovning barcha asarlari. Ularning deyarli barchasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Shuningdek, Orxon Pamuq ijodi yoqadi. «Muzey nevinnosti» («Ma'sumiyat muzeyi») kitobi. Bu kitob odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Kurt Vonnegut asarlarini ham tavsiya qilgan bo‘lardim. Menimcha, o‘zbek tilida tarjimasi yo‘q, rus tarjimasi bor. «Boynya nomer pyat» («Beshinchi raqamli kushxona»), «Kolybel dlya koshki» («Mushuk belanchagi») va boshqa qiziqarli kitoblari bor.
Fikrimcha, yuzaki asarlarni kamroq o‘qish kerak. Ichki olamni o‘zgartirishga yordam beradigan kitoblarnigina topib mutolaa qilish kerak.
− Hayotdagi shioringiz nima?
− Shiorim... Menimcha, inson shunchaki o‘ziga ishonishi kerak. Atrofdagi og‘ir vaziyatlarga e'tibor bermaslik kerak. Agar odamlar taslim bo‘lishsa, ular ortiq harakat qila olishmaydi.
Bu o‘rinda yaqin insonlarning qo‘llab-quvvatlashi ham juda muhim, hammaslaklar bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, doim ichki tiklanish uchun kuch topa olish kerak. Qandaydir zarba kelib tushganda qiyin bo‘ladi, faqat qayta kuch topib, harakatda davom eta bilish kerak. Bu juda ham muhim xususiyat. Hammaga ichki kuch, zaxiraga ega bo‘lishni tilayman.

Download 19,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish