Yelka suyagi uzunchoq naysimon bo`lib, har ikkala uchi yo`g’onlashgan. Yelka suyagi o`zining proksimal uchidagi boshi orqali yelka kamarining biriktiruvchi chuqurchasiga kirib joylashadi. Uning distal uchida tirsak suyagi birikadigan chuqurcha bor. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar juft oyoqlarining skeleti quyidagi bo`limlarga bo`linadi:
Oldingi oyoq: I-bo`lim-yelka bitta yelka (humerus) suyagidan iborat,
II-bo`lim-bilak 2 ta suyakdan: bilak (radius) bilan tirsak (ulna)dan iborat, III bo`lim-panja uchta kenja bo`limdan iborat: 1-kenja bo`lim-bilaguzuk (carpus) 9-10 ta suyakchalardan tashkil topgan va uch qator bo`lib joylashgan, 2-kenja bo`lim-qo`l kafti (metacarpus) bir qator 5 ta uzunchoq suyaklardan iborat, 3-kenja bo`lim-barmoq falangalari (phalanges digitorum); har birida bir nechtadan suyak bor va uzunasiga o`rnashgan besh qatordan iborat. Keyingi oyoq skeletlarining qismlari ham oldingi oyoqlarinikiga o`xshash bo`ladi.
Keyingi oyoq: I-bo`lim-son suyagidan (femur) iborat, II-bo`lim-boldir 2 ta suyakdan: katta boldir suyagi (tibia) va kichik boldir suyagi (fibula)dan iborat,
III-bo`lim-tovon uchta kenja bo`limdan iborat: 1- kenja bo`lim- tovonoldi (tarsus)
9-10 ta suyakchadan tashkil topgan va uch qator bo`lib joylashgan, 2- kenja bo`lim-oyoq kafti (metatarsus) 5 ta uzun suyakdan iborat, 3-kenja bo`lim- barmoq falangalari (phalanges digitorum), har birida bir nechtadan suyak bo`lib, uzunasiga o`rnashgan besh qatordan iborat (94-rasm).
D
94-rasm. Baqaning orqa oyoq skeleti (A) va chanoq kamarining (B) yonbosh tomonidan ko`rinishi: 1-son suyagi, 2-sonning boshchasi,
3-boldir suyaklari, 4-katta boldir suyagi, 5-kichik boldir suyagi, 6-to-von suyaklari, 7-tibiale, 8-fibulare,
9-oyoq kafti, 10-barmoq falangalari, 11-VI-barmoqning qoldig`I (rudi-menti), 12-yonosh suyagi, 13-quy-mich suyagi, 14-qov tog`ayi,
15-quymich kosasi, I-V-barmoqlari.
B
umsiz amfibiyalarning oyoq skeleti yuqoridagi sxemadan farq qiladi: oldingi oyoqda tirsak va bilak suyaklari bir-biridan ajralmagan, keyingi oyoqda katta va kichik boldir suyaklari ham bir-biriga qo`shilib ketgan. Kaft va bilaguzuk qismi suyaklarining ko`pi o`zaro birikadi. Oyoq kaftining proksimal qatoridagi ikkita suyakcha uzayadi va qo`shimcha tayanch hosil qiladi. Bu, albatta dumsiz amfibiyalarning sakrab harakat qilishiga moslashgan belgilaridandir.
Keyingi oyoq kamari, ya`ni tos kamari sharoitga bir qancha moslashgan bo`lsada, boshqa quruqlikda yashovchi hayvonlar tos kamaridagi kabi uch juft elementdan tashkil topgan. Bu elementlarning proksimal uchlari qo`shilib, quymich kosasini tashkil etadi. Agar quymich kosasini yon tomondan kuzatsak, uning ustida yonbosh suyak joylashganini ko`ramiz. Kamarning qolgan ikkita elementidan biri qov qismi tog’ayligicha qolib, uning orqasidan quymich suyagi joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |