Lgan bolalar reabilitatsiyasi fanidan



Download 0,54 Mb.
bet29/40
Sana24.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#507581
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
MAJMUA RNB 1-КУРСOZB Microsoft Office Word

Tayanch iboralar: Ontogonez, anamnez, katamnez, diagnostika, kommunikativ faoliyat, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar, integrativ yondashuv,endogen, ekzogen, sensorika, motorika.
Ontogonez jarayonda hulq va kommunikativ (muloqot) faoliyatining shakllanishi о‘zaro bog‘liqdir.Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar (RNBB) ga integrativ yondashuvda talablarni hisoobga olgan holda nuqson tarkibini kompleks baholash zarur. Bu jarayon rivojlanishda nuqsoni mavjud bolaning rо‘xiyatini buzilgan va saqlangan komponentlarini, intellektual-bilimi buzilishlarini о‘zaro aloqadorligi, shaxs va kommunikativ faol-iyat emotsional-iroda doirasining xususiyatlarini hisobga olishni kо‘zda tutadi.
Nutqiy va (nutqiy) kommunikativ faoliyatni shakllanishi о‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Xususan hayotining birinchi yilida atrofdagilarga tanlab murojaat qilish,kattalar bilan muloqatga kirishish,sо‘zli buyruqlarga bо‘sunish,yaqin odamlar bilan muloqatda xursandchilik xislari namoyon bо‘la boshlaydi.
Psixik va kommunikativ (muloqot) faoliyatni shakllanishida bolani oila a’zolari,onasi bilan emotsional-ijobiy muloqoti xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi.Ilk yoshda bolalarning emotsional bog‘langanligi 22 haftaligida 1 yoshgacha bqlgan davrida intensiv rivojlanadi.Bolalarni normal ijtimoiy - emotsional rivojlanishining 3 bosqichi tasniflanadi.
1-bosqich: (bola hayotining 1-5 oyligi) bolaga qarovchi shaxslarga differensial bog‘liqlikni rivojlanishi.
2-bosqich: (bola oyligining 5-6 oyligidan 1 yoshgacha) spetsifik bog‘liqlikni rivojlanishi. Bola unga g‘amhurlik qiluvchi shaxslardan biriga bog‘lana boshlaydi (uni kо‘zi bilan kuzatadi, unga boshqalarga nisbatan kо‘p kuladi,uning yonida ixtiyoriy muloqatga kirishadi).
3-bosqich: (1yoshiga yetganda)-bir qator bog‘liqliklarini rivojlantirish ( bola atrofidagi yaqin kishilaridan 2-3 shaxsni taniy boshlaydi, intiladi)
Ona oila bolaning tо‘g‘ri muloqatda bola о‘zini xotirjam ishonchli tutuvchi xavfsiz bog‘liqlik shakllanadi.Ijtimoiy-emotsional rivojlanishni buzulishi onaning bola bilan yetarli darajada emotsional bо‘lmasligida, bola kasalligi tufayli onaning uzoq asabiy xolatda bо‘lishi asosida ham namoyon bо‘ladi.
Muloqat ijtimoiy-emotsional о‘zaro munosabatini shakllanishi qiyinchiliklari serebral paralichi mavjud eshitish va kо‘rishda nuqsoni mavjud bolalarda uchraydi. Bolaning emotsional- ijtimoiy rivojlanishini buzilishi psixomotor funksiyalar, nonutqiy va nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Bola hayotining birinchi yilida psixomotor rivojlanishda uning nutqiy muloqatga munosabati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yil oxiriga borib, bolalar nutqiy muloqat va intonatsiyaga adekvat reaksiya qiladilar, mahsus tashkil etilgan ta’limda oddiy sо‘zli iltimos va buyruqlarni tushunadilar. RNBB da nutqqa adekvat munosabat kuzatilmasligi mumkin. Rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalar atrofdagi insonlar va predmetlarga zaif munosabatda bо‘ladilar, ”о‘ziniki” va “о‘zganiki” ajratmaydilar.
Rivojlanishda nuqsonlari bо‘lgan bolalar hayotining birinchi yilidanoq diagnostik ahamiyatga ega bо‘lgan maxsus tashkil etilgan korreksion ishga extiyoj sezadilar.
Motor alaliyaning diagnostikasida nutqiy rivojlanishining xarakterli xususiyatlarini hisobga olish zarur. Motor alaliyali bolada sо‘zlarni nomlashda, sо‘zlarni bо‘g‘in tarkibini shakllanishida kattalar orasida sо‘zlarni takrorlashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Nutqiy muloqatda pauzalar, sо‘zlarni aktualizatsiyasidagi qiyinchiliklar sabab tо‘xtashlar namoyon bо‘ladi. Alaliyada muloqat nutqiy jarayon avtomatizatsiyasini talab etganligi sababli kommunikativ qiyinchiliklar orta boradi.
Differinsial diagnostika sensor alaliya va eshitishi pasaygan bolalar uchun nazariy va amaliy axamiyat kasb etadi. Sensor alaliyada va eshitishni pasayish xolatlarida bola unga qaratilgan nutqni tushunmasligi sababli, о‘zini eshitmaganga soladi. Sensor alaliyaning eshitishni tekshirishni maxsus apparatlar yordamida 8-10 marta amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunda quyidagi diagnostik kо‘rsatmalar hisobga olinishi lozim:
- zaif eshituvchi bola qabul qilish doirasiga ega, sensor alalik bola eshitish funksiyasining qa’tiy emasligi kuzatiladi.

  • zaif eshituvchi bola eshitish apparati yordamida yaxshi eshitadi, sensor alaliklar eshituv apparatni qо‘llay olmaydi, quloqdagi og‘riqlargatpikoyat etadi.

  • Sensor alaliyada giperakuziya xolati tovushlarni kuchli sezuvchanligi ham kuzatiladi.

  • Sensor alaliyali bola ovozi jarangli, baland, zaif eshituvchi bolaning ovozi - past, jarangsiz bо‘ladi.

  • sensor alaliyali bolaga nisbatan zaif eshituvchi bola bilan muloqatga kirishish osonroq..

Alaliya va nutq rivojlanishning vaqtli tо‘xtashini farqlash uchun alaliyada diqqat, xotira, harakat malakalarini (umum, mayda va artikulyatsion motorika) optik-fazoviy ruxiy jarayonlar buzilishlarining mavjudligini hisobga olish darkor. Bu markaziy nerv tizimining organik buzilishi bilan asoslanadi.
Ekspressiv nutq shakllanishini baholashda nutqiy rivojlanishning 3 asosiy darajasi tasniflanadi:

  1. daraja: Nutq tushunish, bolaning faol lug‘ati, nutqiy taqlid imkoniyati, artikulyatsion apparatning tovush talaffuzining xususiyatlari bilan belgilanadi.

  2. daraja: Nutqni tushunish, gapning grammatik tuzilishi, sо‘zlarning bо‘g‘in tarkibi bilan aniqlanadi.

  3. daraja: Gapning tuzilishi, syujetli rasmlar asosida hikoya tuzish, qо‘shimchalarni qо‘llab sо‘z yasash, tovush talaffuzi va grammatik idrok asosida aniqlanadi.

Duduqlanishda nutq tempi, ritmi bir butunligi buziladi, bu kommunikativ xulq buzilishiga olib keladi. Diagnostika jarayonida nevrostikva nevroz duduqlanish, evolyutiv va poyatern duduqlanish tasniflanadi.
Dizartriyaning asosiy simptomlari artikulyatsion motorika va nutqiy nafas olish buzilishlari, ovoz va tovush talaffuzi nuqsonlari sanaladi. Artikulyatsion motorikaning buzilishida til, lab, yuz, bо‘yin muskullarini spastikligi; gipotoniya, tor til bо‘shashgan, tо‘liq jipslashmagan lablar, aniq ifodalangan gipersolivatsiya, nazalizatsiya, distoniya-muskul tovushini о‘zgaruvchan xarakterlari kuzatiladi. Dizartiriyaning xususiy belgisi oral sinkeziyalar va harakatlar mavjudligidir.
Rinolaliya ovoz tembrini va tovush talaffuzini buzilishi bilan farqlanadi. Rinolaliyaning uch shakli:

  1. .Ochiq.

  1. Yopiq.

  2. Aralash turlari tasniflanadi.

Etiologik bо‘yicha bu organik va funksional rinolaliya ajratiladi. Ochiq organik rinolaliyada yumshoq tanglayni kaltaligi, qattiq va yumshoq tanglayni tug‘ma yoriqliklar kuzatiladi. Bu holda til faolligi va holatini о‘zgaruvchanligi yuzaga keladi, yumshoq tanglay passiv, kam harakatchanligi og‘iz va burun bо‘shlig‘ini ajratmaydi; nutqiy nafas, tovush talaffuzi buzilganligi kuzatiladi.
Eshitishi buzilgan bolada kommunikativ faoliyatni quyidagi xususiyatlari kuzatiladi; nutqiy topshiriqlarni bajarmay, gapiruvchi yuziga qarab turadi. Nutqiy topshiriqlar imo-ishora va mimika bilan birga amalga oshirilsa, eshitishda nuqsoni mavjud bola tushunadi. Bola ovoz chiqarmay о‘ynaydi, о‘z harakatlari ovoz chiqarishlar bilan bog‘lamaydi.
Intellektual rivojlanmagan bolaning nutqiy faoliyati ham о‘ziga xosdir. Duduqlanishda nutq tempi, ritmi va yaxlitligi buziladi. Tashkil jarayonida nevrotik va nevroz, evolyutiv va poltern duduqlanish tasniflanadi.
Dizartriyaning asosiy simptomlari ovoz va tovush talaffuzi kamchiliklarini artikulyatsion motorika, nutqiy-nafas olish nuqsonlari bilan birga kechishi sanaladi. Artikulyatsion motorikaning buzilishida lab, yuz-bо‘yin muskullarining spastikligi, gipotoniya-distoniya-muskulni о‘zgaruvchan tonusga ega bо‘lishi kuzatiladi. Dizartriyaning xususiy belgilari asosiy harakatlar, orol sinkinziyalar sanaladi. Ranololiyada anatoma-fiziologik nuqsonlarga asoslanuvchi ovoz va tovush talaffuz nuqsonlari kuzatiladi. Rinolaliya ochiq-yopiq va aralash turlari tasniflanadi.
Psixik rivojlanishi sust bolalarning kommunikativ hulqi xususiyatlari atrof-olamni anglash, odamlar bilan muloqotga extiyojni kamligi bilan asoslanadi. Bolalar muloqatga zaif undash sababli savollarga javob beramaydi, ovoz chiqarmay о‘ynashadi, lekin muloqotga undash keng doirada о‘z fikrini bayon etishga olib keladi.
Ilk bolalar autizmida kommunikativning hulq-atvorning qa’tiy va о‘ziga xos buzilishlar, verbal va noverbal muloqotning barcha shakllarini nuqsonlari uchraydi. Autizmli bola normal eshitishga ega bо‘lsa ham, kattalarning nutqiy topshiriqlariga javob bermaydi, ochiq negativlikni namoyon qiladi. Autizmli bola uchun odamlar muloqatidan qochish, suhbatdoshiga qaramaslik, undan qochish, psixomotor buzilishlari xosdir. Bola nutqni muloqot vositasi sifatida qо‘llamaydi, shu bilan birga unda nutqning potologik hususiyatlari (exologiya, nutqni skandirlash, prosodikaning buzilishi) kuzatiladi. Alaliyadan farqli ravishda, autizmda nutq 18-30 oylar davomida rivojlanishi mumkin, sо‘ng uning kommunikativ funksiyasi buziladi, bola atrofidagilar bilan muloqatni yо‘qotadi, ifodali artikulyatsiya jarayoni buziladi.
M. A. Povalyayeva (2001) bolalar nutqiy rivojlanish darajasini о‘rganib, diagnostik metodikalar nafaqat vrachlar balki defektolog, psixolog va logopedlar bilan olib borilishi kerak deb ta’kidlanadi. Qо‘llanilayotgan diagnostika samarasizligi, zaifligi klinik, pedagogik, logopedik tekshiruv ma’lumotlari bilan asoslanadi. Mavjud amaliyotda nutq nuqsonlarining differensial diagnostikasi tavsiya etilayotgan metodlar verballigi uchun murakkablashadi.
Diagnostik va korreksion metodikalarga quydagi talablar qо‘yiladi: bolalarga barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha bо‘lgan material tanlanadi, vazifalar bir-hil topshiriqlardan iborat bо‘ladi.
M.A Povalyayeva tomonidan qо‘yilgan talablarga asosan nutq diagnostikasi va korreksiyasi bо‘yicha metodika tanlanadi, moslashtirildi va modifikatsiya qilindi. Diagnostik va korreksion metodikalar о‘zaro bog‘langan bloklardan tashkil topuvchi sistem ta’sirga ega. Uning har biri о‘z maqsadi, metodi, vazifa, usul strategiyasiga ega.


  1. Download 0,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish