НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 3-сон
446
тысячами слов их разных языков. В последнее время не только практическая сторона
лексикографии, а также сформировано теоритическое направление объекта и предмета.
Практическое составление теоритической стороны словарей перешло в специальную
отрасль языкознания. Составление словарей является очень сложной и очень ответственной
отраслью языкознания, поэтому этим сложным направлением занимается группа ученых
патриотов, любящие свою национальность.
Ключевые слова:
музыкальные термины, словарь, лексикология, лексикография,
слово, анализ, искусство, комментарии, дойра.
“Ilm fansiz, ma’rifatsiz davlatning kelajagi yo’q”.
Shavkat Mirziyoyev
2017 yil 3 avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu tarixiy uchrashuvda
Prezidentimiz: “Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor va beqiyos boyligimiz bor.
Va men ishonaman, nasib qilsa, havas qilsa arziydigan
buyuk kelajagimiz bor, buyuk
adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi” [1] – deb mamlakat madaniyati va
san’atining rivojlanish jarayonlari, muammolar va uni bartaraf etish yo‘llari
haqida
atroflicha fikr yuritgan. O‘ylaymizki, san’atimizni rivojlantirish va uni butun dunyoga
tanitish uchun biz tilshunoslar ham o‘z hissamizni qo‘sha olamiz. Chunki o‘zbek musiqa
terminlarini tasnif qilish va ularni ikki tilda qiyoslash o‘ziga xos bilim va tajriba talab etadi.
Musiqa san’ati juda qadimiy bo‘lib, hozirda ham rivojlanib bormoqda. Shu bois musiqa
atamalarini to‘plash va ularni o‘rganishga talab katta. O‘zbek san’atini butun dunyoga
tanitishning yana bir usuli o‘zbek musiqasiga oid terminlarni yig‘ish, tahlil qilish, so‘ng esa
ikki tilli lug‘atlar ishlab chiqishdir.
Lug‘atning o‘zi nima? So’zlarning biror maqsadda to‘planib,
tartibga solingan
yig‘indisi lug‘at deyiladi. Lug’at tuzishning nazariy va amaliy tamoyillari haqidagi soha
leksikografiya (grekcha lexicon – lug‘at va grapho – yozaman) deb nomlanadi.
Lug‘at tilning xazinasi, undan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish inson
bilimini kengaytirish, lug‘at boyligini oshirishda hamda fikrni to‘g‘ri va ravon ifodalashda
muhim omildir.
Tilning lug‘at tuzilmasi tinimsiz boyib boradi. Masalan, eski so‘zlar o‘rnini
yangi
so‘zlar egallaydi, boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashib kiradi, yangi so‘zlar yasaladi, yangi
ma’nolar hosil qilinadi va hokazolar. Shuning uchun ham tilning lug‘at tuzilmasi cheksiz
xususiyatlarga egadir.
O‘z tilimizning imkoniyatlarini to‘laroq
egallashda, savodxonlikni oshirishda va
nutq madaniyatini yuksaltirishda ham lug‘atlar muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga
lug‘atshunoslik yetarli darajada mashaqqatli ish. Lug‘atshunoslikning tilshunoslikdagi eng
mashaqqatli sohaligini nazariy leksikografiyaning asoschilaridan biri mashhur tilshunos
akademik L.V.Sherba ham ta’kidlab o‘tgan [8]. L.V.Sherbaning lug‘at
turlarini ularning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zaro qiyoslab o‘rganish va tahlil qilish
nazariyasi hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.