Leksikologiya va semasiologiya



Download 114 Kb.
bet1/8
Sana25.04.2022
Hajmi114 Kb.
#580759
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Leksikologiya va semasiologiya


Leksikologiya va semasiologiya

R e j a :



  1. Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha.

  2. So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni.

  3. So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi.

  4. Semasiologiya – so‘z va iboralarning ma`nolarini o‘rganuvchi soha.

  5. So‘z va uning ma`nosi.

  6. So‘z ma`nolari o‘rtasidagi munosabatlar.

  7. Omonimlar va ularning turlari.

  8. 5.Sinonimlar va ularning tiplari.

  9. Antonimlar.

  10. Tabu va evfemizmlar.



Tayanch iboralar: luғat tarkibi yoki leksika, leksikologiya, semasiologiya, tilning ifoda plani, tilning mazmun plani, nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologiya, leksik stilistika (uslubiyat), etimologiya, frazeologiya, onomastika, toponimika polisintetik tillar, minimal sintaktik birlik, semantik belgilar, so‘zning aktsent kurilishi, so‘zning morfemik tuzilishi, atama, so‘zning leksik ma`nosi, predmet va tushuncha, nominativ vazifa, kontekst (matn), nutk vaziyati, so‘zning grammatik ma`nosi, turdosh otlar, atoqli otlar, denotativ aloqa, segnifikat, struktural aloqa, semema, leksema, sema, konnotativ ma`no, semantik yoki tushuncha maydoni, kontekstologiya (matnshunoslik).
Leksik ma`no, luғaviy ma`no, so‘zning asosiy (to‘ғri) ma`nosi, so‘zning ko‘chma ma`nosi, polisemiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifaviy ko‘chish, so‘z ma`nolarining kengayishi yoki torayishi, omonimlar, haqiqiy omonimlar, omofonlar, omograflar, omoformalar, to‘liq omonimlar, to‘liq bo‘lmagan omonimlar, ekspressiv uslubiy bo‘yoqlar, sinonimiya, absolyut sinonimlar, semantik tip, matniy sinonimlar, uslubiy sinonimlar, sinonimik qator, sinonimika, antonimlar, leksik va grammatik antonimlar.


Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z tilning asosiy va markaziy birligi hisoblanib, tildagi so‘zlarning jami leksikani (luғat tarkibini) tashkil etadi. Tilshunoslik fanining til leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis-«so‘z»va logos-«ta`limot») deyiladi.
Tilning luғat tarkibiga aloqador barcha birliklar (mas., so‘zlar, frazeologizmlar) luғaviy birliklar deyiladi. Luғaviy birliklar anglatgan ma`nolarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma`lum tematik turlarga bo‘linadi. Bunda asosiy vazifani birliklarning luғaviy ma`nosi bajaradi. Leksik ma`no esa, yuqorida ta`kidlanganidek, umumlashtirish xususiyatiga egadir.
Leksikologiyada so‘zlar quyidagi xususiyatlari bo‘yicha o‘rganiladi:
1. So‘zning semantik qurilishi.
2. So‘zlarning shakl va ma`no munosabatlari.
3. Leksikadagi so‘zlarning o‘z yoki o‘zlashgan so‘z ekanligi.
4. Qo‘llanishiga ko‘ra so‘zlarning umumiy yoki chegaralanganligi.
5. Tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi.
6. So‘zlarning emotsional-ekspresiv bo‘yoq yoki stilga munosabati.
Boshqacha aytganda, tilning leksikologiyasini o‘rganish juda keng soha bo‘lib, u so‘zlarning hosil bo‘lishi, luғat tarkibining boyishi va nutqi, ishlatilishi, ma`nolarning o‘zgarishi, torayishi va kengayishi, turli atamalarning qo‘llanilishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. SHu tufayli leksikaning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud.
O‘zbek tilidagi luғaviy birliklarning ayrim tematik turlarini ko‘rib o‘tamiz.


Semasiologiya til birliklari (til ishoralari)ni ma`no jihatdan o‘rganadi. Til birliklarining, birinchi navbatda, leksik birliklarining semantik qurilishini va u bilan boғliq masalalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi. YA`ni u tilning barcha ma`no anglatuvchi birliklarini o‘rganadi.
Leksikografiya tilshunoslikning luғat tuzish ishi bilan, uning nazariy masalalari bilan shuғullanuvchi bo‘limi hisoblanib, unda til tarkibidagi so‘zlarni ma`lum tartib va maqsad asosida (alfavit tarkibida, nutqda ishlatilish darajasi va shu kabilarga ko‘ra) yozma ravishda to‘plab luғat tuzish masalalarni o‘rganadi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish