Lug`aviy ma’noning turlari Ilmiy adabiyotlarda ko`p ma’noli leksemalar ifodalaydigan lug`aviy ma’nolar til taraqqiyotining qaysi davrida mavjudligiga qarab dastlab ikkita katta guruhga bo`linadi:10
I. Avvalgi lug`aviy ma’nolar til taraqqiyotining oldingi davrlariga tegishli bo`lgan ma’nolardir. Bu ma’nolar ham eskirish darajasiga qarab ikki turga bo`linadi:
1. Eski lug`aviy ma’no leksemaning hozirgi paytda arxaiklashgan ma’nosidir: qimron leksemasi aslida “qaynatilgan sut bilan suvning aralashmasi” degan ma’noni bildirgan. Bu ma’no shu leksemaning eski lug`aviy ma’nosidir. Uning hozirgi ma’nosi “tuya sutidan tayyorlanadigan qimiz” degan ma’nodir11.