Leksikologiya, uning obyekti, turlari, vazifalari


) belgi-xususiyat o`xshashligi



Download 37,04 Kb.
bet16/18
Sana31.12.2021
Hajmi37,04 Kb.
#207183
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ruza matni

2) belgi-xususiyat o`xshashligi: shirin qovun (bosh ma’no) – shirin so`z (ko`chma ma’no). Bunda narsa va harakat belgi-xususiyatlarini bildiruvchi so`zlar asos bo`ladi.

3) harakat-holat o`xshashligi: eshikni ochmoq (bosh ma’no) – sirni ochmoq (ko`chma ma’no). Bunda

2. Metonimiya (grekcha “qayta nomlash”) – narsa, belgi va harakatlar o`rtasidagi aloqadorlik asosida ma’no ko`chish hodisasi. Bu aloqadorlik o`rin hamda vaqt jihatdan bo`ladi. Metonimiyada bir predmet bilan ikkinchi predmet orasida doimiy real aloqa mavjud bo`ladi. Bunda: 1) narsaning nomi shu narsa ichidagi boshqa bir narsaga ko‘chiriladi: auditoriya – “xona” (bosh ma’no); auditoriya kuldi – “xona ichidagi odamlar”(ko`chma ma’no) ; 2) narsaning nomi shu narsaga asoslangan o‘lchov birligi nomiga ko‘chiriladi: qop – narsa (bosh ma’no) = bеsh qop shakar (o‘lchov birligi – ko`chma ma’no); 3) o‘lchov birligi nomi shu o‘lchov birligi bilan bog‘liq bo‘lgan narsa nomiga ko‘chiriladi: to‘qson bеsh– o‘lchov birligi (bosh ma’no) = to‘qson bеsh choy – choy navi(ko`chma ma’no); 4) muallifning nomi uning asarlari ma’nosida ishlatiladi: Navoiyni ko‘p mutolaa qilgan. 5) belgining nomi shunday belgisi bor narsa nomiga ko`chiriladi: ko`k ( bosh ma’noda - rang) – ko`k (ko`chma ma’noda - osmon). Buni belgi o`xshahsligi asosida metafora usuli bilan ko`chishdan farqlash lozim. Metaforada belgi tushunchasi saqlanadi, metonimiyada esa belgi tushunchasi narsa tushunchasiga aylanadi. 6) o`simlikni ifodalagan nom shu o`simlikdan tayyorlanadigan narsa nomiga ko`chadi: kofe (bosh ma’noda – o`simlik nomi) – kofe (ko`chma ma’noda - ichimlik). Tildagi tejamkorlik tamoyili metonimiyada to`laligicha namoyon bo`ladi, ya’ni deyarli barcha holatlarda so`z o`zi bog`langan so`zning ma’nosini o`z zimmasiga oladi. Qiyoslang: bir piyola suv ichmoq – bir piyola ichmoq.

3. Siné́kdoxa (grekcha “birga anglash” degani) narsa yoki shaxs qismi nomini aytish bilan o`zini (butunni) yoki narsaning nomini aytish bilan uning qismini tushunishga asoslangan ma’no ko`chish hodisasidir. 1) qism nomi butunga ko‘chadi: Dunyoda o‘zimizdan kеyin qoladigan tuyog‘imiz... (A. Qodiriy). Tirnoq (farzand ma'nosida), ko‘z (mahalla qora ko‘zlari), quloq (Eshitgan quloq nima dеydi?), qo‘l, oyoq (egri qo‘llar, qing‘ir oyoqlar – o‘g‘rilar ma'nosida), bosh (Bu bosh nimalarni ko‘rmadi?!), yostiq (hayot, umr ma'nosida – Urush ko‘plarning yostig‘ini quritdi), yurak (Shеr yuraklar jangda chеkinmaydilar!), bo‘yin (... yo‘g‘on bo‘yinlar bеkor yurishibdi), tish (Sichqon tish tirjayib javob bеrdi...), soch (Jingalak soch burilib qaradi.), yuz (Rapida yuz yoyilib kuldi.) so‘zlari ham sinеkdoxaning shu turiga misol bo‘la oladi. 2) butun nomi qismga ko‘chadi: qo‘l (Bеsh qo‘l barobar emas), panja (Bеsh panjangni og‘zingga tiqma), osh (umuman ovqat ma'nosidan palov ma'nosiga ko‘chadi) kabi so‘zlardagi ma'no ko‘chishi sinеkdoxaning shu turiga misol bo‘la oladi.

4. Vazifadoshlik (funksional) asosida ma'no ko‘chishi narsalarning bajaradigan vazifasi o‘xshashligi jihatidan ma'no ko‘chishidir: o‘q – yoy o‘qi; o‘q – miltiq o‘qi, tomir – daraxt ildizi; tomir – qo‘l tomiri, siyoh – yozuvda qo‘llanadigan qora rangdagi suyuqlik (siyoh – fors-tojikcha qora dеganidir), siyoh – yozuvda shu vazifani bajaradigan har qanday rangdagi suyuqlik, chiroq – kеrosin bilan yonadigan yorug‘lik taratuvchi asbob; chiroq – elеktr toki yordamida yorug‘lik taratuvchi xuddi shu vazifani bajaradigan asbob, ko‘mir – ilgarilari o‘tinni ko‘mib kuydirish orqali olinadigan yoqilg‘i turi; ko‘mir – yеr ostidan qazib olinadigan va xuddi shu vazifani bajaradigan yoqilg‘i turi.

Diqqat qiling! Metaforik ma’no ko`chishi bilan va funksional ma’no ko`chishi bir-biriga yaqindir, chunki ikkala usul ham o`xshashlikka asoslanadi. Shu sababli ayrim misollarda har ikkala usul ham mavjud bo`ladi. Masalan, qanot- leksemasi ma’no ko`chishini tahlil qilaylik: qush qanoti (bosh ma’no) – samolyot qanoti (ko`chma ma’no). 1. Shakliy o`xshashligi: 1) ikki tomonga turtib chiqib turishi; 2) har ikkala uchiga tomon ingichkalashib borishi; 3) old tomon qirrasining qalinligi; 4) o`zi birikkan tanaga nisbatan tor burchak hosil qilishi. 2. Vazifa o`xshashligi: 1) qush va samolyotni havoda ushlab turishga yordam berishi. Xulosa: bu so`z ma’nosi metafora usuli yordamida ko`chgan. Qolgan holatlarda ham shu metoddan foydalansa bo`ladi.


Download 37,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish